38
Behush qiluvchi moddalar to‗g‗risidagi konvensiya (1971 yil) aqliy faoliyatiga
ta‘sir etadigan farmatsevtika dori-darmonlarni va boshqa moddalar ro‗yxati bo‗yicha
xalqaro nazorat tizimini o‗rnatdi.
BMTning giyohvand va behush qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishiga
qarshi bo‗yicha konvensiyasi (1988 yil) giyoo‗vand moddalar bilan noqonuniy savdo
qilish masalalari bilan shug‗ullanadi va o‗z ichiga bundan daromad olish hamda
noqonuniy giyohvand moddalar tayyorlash uchun foydalanilgan kimyoviy
moddalarni asrab qolish maslalri bilan shug‗ullanadi.
BMT bu muammoni hal etilishida nafaqat unga kurashish, balki giyohvand va
behush qiluvchi moddalarga bo‗lgan talabni ham qisqartirish yo‗llarini ishlab chiqdi.
Ekologik muammolar.
Atrof muhit muxofazasi borasidagi tashvish-xavotirlar
butun tarixda bir qizil ip kabi bo‗lsada,
ekologik tanazzul, turlar va ekotizimlarning
yo‗qolib borayotgani to‗g‗risidagi chaqiriqlar xalqaro sa‘y-xarakatlarni faqatgina
o‗tgan XX asrning 70 yillaridan boshlab jipslashishga olib keldi.
1972 yilda Stokgolm shahrida o‗tgan BMTning Atrof muhit borasidagi
konferensiyasi BMTning Atrof muhit bo‗yicha dasturini (YUNEP)
tuzish bilan
yakunlandi. 1992 yilda esa Braziliyaning Rio-de Janeyrodagi BMTning atrof muhitni
muhofaza qilish va taraqqiyot borasidagi konferensiyasida jahon rahbarlarining
tarixda eng yirik uchrashuvi bo‗ldi.
―Yer sammiti‖da bitimlarning tarixiy paketi, jumladan,
ikkita majburiy
kelishuv: karbonad angidrid singari sanoat va boshqa parnik gazlari ajralib
chiqishining kelgusidagi chegaralirini belgilab bergan Iqlim o‗zgarishlari
to‗g‗risidagi konvensiya va biologik rangbaranglikni saqlab qolish va undan barqaror
foydalanish bo‗yicha birinchi xalqaro bitim – Biologik rangbaranglik to‗g‗risidagi
konvensiya imzolandi.
Konvensiya quydagi uchta asosiy maqsadni belgilab beradi:
Biorangbaranglikni saqlash;
Biorangbarangliknining tarkibiy qismlaridan barqaror foydalanish;
Genetik resurslardan savdo-sotiq va boshqa sohalarda foydalanishdan paydo
bo‗ladigan foydani adolatli va teng saqsimlash.
39
Konvensiya tarixda birinchi bo‗lib, biologik rangbaranglikni saqlab qolish
―insoniyatning umumiy vazifasi‖ va taraqqiyot jarayonining
tarkibiy qismi ekanini
tan oladi. Globallashuv jarayonida Konvensiya biologik xavfsizlikka daxl qilgan
holda kengayib borayotgan biotexnologiya soxasini tez qamrab olmoqda.
Konvensiyada ko‗plab masalalar ko‗rib chiqiladi, jumladan:
biologik rangbaranglikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish;
genetik resurslardan tartibli xolda foydalanish;
texnologiyalardan bahramand bo‗lish va ularni almashlash, jumladan,
biotexnologiyalardan bahramand bo‗lish;
texnik va ilmiy hamkorlik;
ta‘sirning darajisini baholash;
ta‘lim va jamoatchilik tushunchasini kengaytirish;
moliyaviy resurslarni taqdim etish;
shartnoma bo‗yicha majburiyatni bajarilishi to‗g‗risidagi
milliy hisobotni
taqdim etish
18
.
Xalqaro shartnoma hisoblangan Biologik rangbaranglik bo‗yicha konvensiya
umumiy muammolarni belgilaydi, asosiy maqsadlarni va masalalarni,
siyosatni va
umumiy majburiyatlarni aniqlab beradi va texnik hamda moliyaviy hamkorlikni
tashkil etadi.
Konvensiyaga muvofiq hukumatlar biorangbaranglikni saqlab qolish bo‗yicha
milliy strategiyani va harakat rejalarini ishlab chiqishlari lozim va ularga atrof muhit
muxofazasi va taraqqiyotning yanada kengroq milliy rejalarini kiritishlari zarur. Bu
ayniqsa, o‗rmonchilik, qishloq xo‗jaligi, baliqchilik, energetika,
transport va
shaharlarni rejalashtirish singari sektorlar uchun ayniqsa muhimdir.
Shartnoma har qanday mamlakatni uning genetik resruslari ustidan
suverenitetini tan oladi va ko‗rsatib beradiki, qimmatbaho biologik resurslardan
Dostları ilə paylaş: