3.2. Globallashuv - taraqqiyotning yangi tarixiy davri
Globallashuv – dunyo mintaqalari va mamlakatlarning o‗zaro iqtisodiy
munobatlarini chuqurlashtirish va kengaytirishning uzoq evolyusion jarayoni.
56
Xo‗jalik hayoti baynalminallashuvi 16-17 asrlarda ishlab chiqarish, 18-19
asrlarda ishlab chiqarishning mashinali usullarining (ular orqali xalqaro mehnat
taqsimoti rolining kuchayishiga olib keldi) paydo bo‗lishi xo‗jalik hayoti
internatsionallashuvining muhim dastlabki bosqichlaridir.
Tovarlar va xizmatlar eksportiga qo‗shimcha bo‗lib kapital chiqishi va 19 asr
oxirida TMK va ishlab chiqarish kooperativ aloqalarining shakllanishi boshidir.
Milliy va jahon iqtisodiyotlarining baynalminallashuv darajasi ko‗rsatkichlari
xalqaro savdo hajmi, kapitallarning, ishchi kuchining chegaralar bo‗ylab migratsiyasi
va ularning umumjahon va milliy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarga munosabati bilan
bog‗liqdir.
Globallashuv baynalminallashuvning paydo bo‗lishi kabi umumjahon
xususiyatga egadir. Jahon iqtisodiy hamjamiyatining butun, yagona xo‗jalik tizimiga
aylanishi, tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar, ishchi kuchi va boshqa ishlab chiqarish
omillari milliy bozorlarining umumlashishi globallashuv natijasidir.
Globallashuv jarayoni – umumiy bir atama bo‗lib, bu jismoniy shaxslar,
korxonalar, institut va bozorlar o‗rtasidagi murakkab aloqalar majmuasini anglatadi
va u tovarlar, texnologiyalar hamda moliyaviy mablag‗lar oqimining kengayishida,
shuningdek, fuqarolar jamiyati xalqaro institutlari ta‘sirining, transmilliy
korporatsiyalarning
global
faoliyatining
kuchayishi
va
doimiy
o‗sishida,
mintaqalararo kommunikatsiya va axborotlarning, eng avvalo internet orqali
almashish miqyosining, ahamiyatli tarzda kengayishida namoyon bo‗ladi.
Globallashuv jarayonining bir nechta jihatlari bilan farqlanadi. Eng kuchli
bog‗liqlik ayniqsa, iqtisodiy sohada namoyon bo‗ladi va globallashuv jarayoni
tushunchasining o‗zi ham iqtisodiy omillarga yaqinlashtiriladi.
Telekommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi xalqaro moliya tizimidagi jiddiy
o‗zgarishlar bilan birga amalga oshdi. Moliyaviy landshaft an‘anaviy institutsional
tizimdan ustuvor telekommunikatsion tizimga qarab o‗zgardi.
Yagona bir tarmoqqa bog‗langan fond bozorlarining ommalashuvi ko‗p
miqdordagi pul mablag‗larini masofaga bog‗liq bo‗lmagan ravishda bir lahzada
ko‗chirib o‗tkazishga imkon yaratdi. Kishilar qayerda bo‗lishlaridan qat‘i nazar
57
tezkor ravishda, bevosita moliyaviy kapitalni olishga, moliyaviy operatsiyalarni
bajara olish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. Internet banklar uchun mijozlarni
ko‗paytirish vositalaridan biriga aylandi.
Globallashuv jarayoni – butunjahon tarixining qonuniy bosqichidir. U ob‘ektiv
bo‗lib, inson-sub‘ekti ongiga bog‗liq bo‗lmagan holda ishlab chiqarish kuchlari
o‗sishidagi asosga egadir.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni, ya‘ni uzviy ravishda o‗zaro bog‗langan
bir butun jahon xo‗jaligining shakllanishi tez sur‘atlarda rivojlanmoqda.
Globallashuv jarayoni sharoitlarida har qanday mamlakat iqtisodiyoti jahon
iqtisodiyotiga bevosita bog‗liq bo‗lib qoladi. Shu sababli, milliy doiradagi iqtisodiy
rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalar bevosita bir-biriga uzviy bog‗lanib qoladi va
aynan bir jarayonning bo‗g‗inlarini tashkil etadi.
Texnik o‗zgarishlar, integratsiyalashuv jarayonlari, savdo va kapital
harakatlarining liberallashuvi, rivojlanayotgan bozorlarning yuzaga kelishi ta‘siri
ostida jahon iqtisodiyoti tobora milliy iqtisodiyotni o‗z domiga tortib boraveradi. Bu
yerda so‗z jahon savdosining kengayishi, kapitalning har xil shakldagi harakati, aholi
va ishchi kuchining migratsiyasi, axborot almashinuvining chuqurlashuvi to‗g‗risida
bormoqda.
Globallashuv jarayoni xalqaro maydonda hamkorlikni ham raqobatni
uyg‗unlashuvi va kuchayishi kabi birdek o‗zida namoyon etadi. Bundan tashqari,
raqobatlashayotgan guruhlar o‗rtasidagi kurashda o‗z mavqe‘ini mustahkamlash
bunday har bir guruh doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish va kuchlarni
birlashtirishni ham talab etadi.
Ba‘zi holatlarda shunday bir qiziq va mantiqqa to‗g‗ri kelmaydigan vaziyatlar
ham yuzaga keladiki, bunda jahon bozoridagi aynan bir sub‘ektlar bir sohada
raqobatdosh bo‗lsalar, boshqa bir sohada hamkorlik qiladilar.
Global sharoitlarga moslashuv natijasida rivojlangan mamlakatlar jahon
maydonidagi o‗z iqtisodiy va siyosiy holatlarini yanada mustahkamlab olish
imkoniyatlariga ko‗proq ega bo‗ldilar, kam rivojlangan mamlakatlar (periferiya va
58
yarim periferiyalar) esa bu imkoniyatlardan unumli foydalanish katta sayi
xarakatlarni talab qilmoqda.
Globallashuv jarayonlari milliy iqtisodiy siyosatga, uning imkoniyatlarini
cheklagan holda bevosita o‗z ta‘sirini o‗tkazadi, chunki xalqaro tashkilotlar bir qator
qonun, huquq va majburiyatlarni unifikatsiyalashtirish (bir xillashtirish)ga intiladilar.
Globallashuv jarayoni bu jarayonga kuchaytiruvchi ta‘sir ko‗rsatish maqsadida
dunyo sahnasiga yangi kuchlarni yetkazib beradi va bermoqda. Globallashuv jarayoni
raqobat kurashini keskinlashuvidan iborat bo‗lib, bunda ustunlik nisbatan kuchliroq
tarafda bo‗ladi, biroq u nisbatan kam rivojlangan mamlakatlar ahvolini
mustahkamlash va takomillashtirish imkoniyatlarini ham yaratib beradi.
Umuman olganda, jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini o‗zaro
aloqalarni chuqurlashtirishga qaratilgan va barcha milliy iqtisodiyotlarni olg‗a qarab
rivojlanishini ta‘minlovchi bir butun jahon iqtisodiyotini shakllantirish sifatida
ko‗rish mumkin.
Eng muhimi shundan iboratki, milliy iqtisodiyotlarni rivojlantirmay turib to‗liq
miqyosdagi globallashuvga erishib ham bo‗lmaydi. Bunda mamlakatni o‗z
manfaatlarini himoya qilish imkoniyatidan mahrum etmaslik juda muhim, balki
globallashuv jarayoni davomida ularni amalga oshirishga imkon yaratib berishga
yordam berish lozim.
Bu jarayon mamlakatlarning bir-biri bilan o‗zaro aloqasi va bog‗liqligini
kuchaytirish yo‗llarini avj oldirish bosqichidir.
Va nihoyat globallashuv jarayoni turli mamlakatlarning hamkorlikdagi
kelishilgan qarorlarini hal etishga, jahon iqtisodiyotining yetakchilarinigina emas,
balki globallashuv domiga tortilayotgan yer kurrasidagi barcha hududlarning turg‗un
rivojlanishini ta‘minlashga intiluvchi u yoki bu ijtimoiy manfaatlarni shakllantirishga
yetaklashi lozim.
Mazkur jarayon naqadar ziddiyatlarga to‗la bo‗lmasin, unda ijobiy va salbiy
taraflar naqadar chatishib ketmasin, u baribir insoniyat taraqqiyotini, uni bir
zinapoyadan boshqasiga harakatini aks ettirishini tan olish lozim.
Dostları ilə paylaş: |