54
3-bob. BAYNALMINALLASHUV, TRANSMILLIYLASHUV VA
GLOBALLASHUV JARAYONLARI
Reja:
3.1. Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va uning
xususiyatlari
3.2. Globallashuv - taraqqiyotning yangi tarixiy davri
3.3. Jahon xo‗jaligining transmilliylashuvi
3.1. Baynalminallashuv va transmilliylashuv: rivojlanish tendensiyalari va
uning xususiyatlari
Jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvi – bu xalqaro mehnat taqsimotiga
asoslangan milliy iqtisodiyotlarning bir-biri bilan bog‗liqligi va o‗zaro
to‗ldiranchuvligi degandir.
Baynalminallashuv jarayonini rivojlanishi bir qator bosqichlardan iborat.
Birinchi bosqich:
Erkin raqobatning rivojlanishi davrida (XIX asrning ohirigacha)
jahon bozori
shakllandi, asosan xalqaro savdo shakldagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlandi.
Jahon xo‗jaligining shakllanishi davrida uzviy savdo aloqalari:
xom - ashyo kolonniyalari va sanoat metropoliyalari, hamda
qo‗shni davlatlar o‗rtasida rivojlandi.
Ikkinchi bosqich:
XIX asr ohiri - XX asr boshlarida jahon xo‗jaligining asosiy qismi - jahon
bozori shakllandi.
Ushbu davrda davlatlar o‗rtasida savdo munosabatlari qatorida ishlab chiqarish
aloqalari, kapitalni olib chiqib ketish, ko‗p turkumli moliyaviy aloqalar rivojlanadi.
Iqtisodiyotning baynalminallashuvida asosiy tendensiyalardan
biri kapitalning
markazdan qaram va kolonial hududlarga olib chiqib ketilishi bo‗ladi.
Shu
tariqa,
bozor
iqtisodiyoti
rivojlanishining
ushbu
davrida
―baynalminallashuv almashuv – kapital baynalminallashuvi bilan to‗ldiriladi.
Uchinchi bosqich:
55
50-60 yillar ohirida ilmiy-texnik inqilob ta‘sirida ishlab chiqarish kuchlarining
keskin o‗sishi qayd etildi.
Uning ta‘siri ostida jahon iqtisodiyotining tarkibida jiddiy o‗zgarishlar ro‗y
berdi.
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiya va ixtisoslashuvining dolzarbligi
oshdi.
Shu tariqa, iqtisodiyotning baynalminallashuvi –
jahon iqtisodiyotining
rivojlanishining ma‘lum bir bosqichi bo‗lib, tarkibiga ikkita o‗zaro aloqador
jarayonlarni mujassamlashtiradi:
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va rivojlanishi, hamda
xalqaro ishlab chiqarishning shakllanishi.
Ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvining yo‗nalishlari
va asosiy
shakllari quyidagilardir:
milliy chegaralardan mahsulot va xizmatlarning harakati;
ishchi kuchi va kapitalning xalqaro migratsiyasi;
dunyoning turli hududlarida integratsiya jarayonlari.
XX asrning oxirgi choragida jahon iqtisodiyotining baynalminallashuvini
belgilovchi omillar qatoriga quydagilar kiradi:
davlatning
tabiy zaxiralari, geografik joylashuvi,
ishlab chiqarish salohiyati
kabi xalqaro ixtisoslashuvning asosiy omillari pasayishi;
milliy mahsulotlarni sotish uchun xalq xo‗jaligi tizimlarining optimallashuvi;
xalqaro mehnat taqsimotining tarmoqlararo taqsimoti singari ichki
tarmoqlararo taqsimotining yanada rivojlanishi;
davlatlarning iqtisodiy rivojlanishida ilmiy-texnik salohiyatining o‗rni
tobora
oshishi.
Dostları ilə paylaş: