85
maqsadida 2019-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish
strategiyasini tasdiqlash to‗g‗risida 2018- yil 21- sentyabrda, PF-5544-sonli Farmoni
qabul qilindi. Farmonda Bosh maqsadga erishishda Strategiyaning asosiy vazifasi
sifatida mamlakatimizning 2030- yilga borib Global
innovatsion indeks reytingi
bo‗yicha jahonning 50 ilg‗or mamlakati qatoriga kirishiga erishish belgilangan.
Ekologik xavfsizlik, energiya samaradorligi va resurs tejamkorligining yuqori
darajasi tegishli innovatsion talabni shakllantirishni taqozo etmoqda. Muammoning
ushbu jihati qator xalqaro
reytinglar ham tasdiqlaydi, jumladan ulardan eng
nufuzlilaridan biri – Sof texnologiyalar global indeksi (The Global Cleantech
Innovation Index). Mazkur indeksni shakllantirishda atrof muhitni muhofaza qilish
sohasida innovatsiyalar bilan shug‗ullanuvchi kompaniyalar qaysi mamlakatlarda eng
faol harakat qilishi va ularning mahsuloti qanday qilib bozorda o‗z o‗rnini
topishi
masalasini tadqiq qiladi.
Tayanch so„zlar:
Indikator, barqaror iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy indikator,
ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish, iste‘mol xarakterini o‗zgarish,
moliyaviy resurs va
mexanizmlar, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, tashqi savdo, ilmiy-tadqiqot va
tajriba
konstruktorlik ishlari, transmilliylashuv, indeks, taraqqiyot, inson omili,
tahdid.
Dostları ilə paylaş: