82
salbiy oqibatlarga – mamlakat iqtisodiy rivojlanishining izdan chiqishi, ikkiyoqlama
oqibatlarga esa – uning global iqtisodiyot kon‘yunkturasiga qaramligining kuchayishi
kiradi.
Globallashuvning faol ishtirokchilari bo‗lgan mamlakatlarda iqtisodiy
o‗sishning jadallashuvi, ular, jahon bozorida o‗z ustunliklaridan kuchliroq
foydalanishlari mumkinligi tufayli ro‗y beradi. Bu xalqaro mehnat taqsimoti va
xalqaro iqtisodiy resurslar
harakati konsepsiyalaridan, shuningdek mamlakatning
xalqaro raqobatbardoshligi nazariyasidan kelib chiqadi. Ularning xulosalariga
muvofiq, ochiq iqtisodiyotli mamlakatlar globallashuvdan eng ko‗p naf oladilar, va
shuning isboti sifatida iqtisodiyotning ochiqligi va iqtisodiy o‗sish sur‘atlari
o‗rtasidagi yuqori korrelyasiya (o‗zaro bog‗liqlik) keltiriladi. Biroq ushbu
korrelyasiyani boshqa mantiq bo‗yicha ko‗rib chiqish mumkin –
milliy
iqtisodiyotning yuqori o‗sish sur‘atlari odatda, uning xalqaro raqobatbardoshligining
oshishi bilan birga kechadi, va shu sababli u tobora ochiqlashib borishi mumkin. XIX
asrning eng ilg‗or iqtisodiyoti – Britaniya iqtisodiyoti shu bilan birga eng ochiq ham
edi, uni quvib etishga intilayotgan Amerika va Germaniya iqtisodiyotlari esa tayyor
mahsulotlarga bir necha o‗nlab foiz miqdoridagi import bojlariga ega bo‗lib, ular
ushbu bojlarni faqat o‗z raqobatbardoshligining o‗sib borishi bilan pasaytirib borar
edilar.
Mamlakat iqtisodiy o‗sishining izdan chiqishi, unda tashqi talab ta‘siri ostida
unchalik ilg‗or bo‗lmagan (lekin jahon bozoridagi raqobatbardosh)
tarmoqlarning
ilgarilab boruvchi rivojlanishi tufayli ro‗y berishi mumkin bo‗lib, buning natijasida
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi hatto pasayishi ham mumkin,
globallashuvdan esa faqat ushbu tarmoqlar bilan bog‗langan aholi qatlamlari va
mintaqalar naf ko‗radilar ( iqtisodiy nazariya buni ―golland kasalligi‖ tushunchasi
bilan ataydi). Bunga yaqqol misol bo‗lib Rossiya hisoblanadi.
6 -jadval ma‘lumotlariga ko‗ra Rossiyaning eksport
kvotasi boshqa yirik
iqtisodiyotlar darajasiga yaqin. Biroq, ushbu ko‗rsatkich asosan xomashyo
eksportidan iborat bo‗lib, va natijada u jahon bozori kon‘yunkturasining, tayyor,
83
ayniqsa ilmtalab mahsulotlar jahon narxlarining tebranishlariga qaraganda ancha
kuchli bo‗lgan tebranishlaridan aziyat chekadi.
Bunda tashqi iqtisodiy sektordan soliq tushumlari (ayniqsa, uglevodorodlarga
eksport bojlari) Rossiya jamlangan (konsolidatsiyalangan) byudjeti daromadlarining
uchdan bir qismini tashkil etishini hisobga olish zarur. Bundan tashqari Rossiyaning
ko‗pgina eksportga yo‗naltirilgan tarmoqlarida tashqi bozor, ushbu tarmoqlarni (neft
va gaz,
metallurgiya, o‗g‗itlar ishlab chiqarish) ichki kon‘yunktura emas, balki
ko‗proq tashqi kon‘yunkturaning hukmiga topshirib, ichki bozorni almashtirib
bormoqda. Bu, fond bozoridagi bitimlarning yarmisi chet ellik rezidentlarga, uzoq
muddatli kreditlarning uchdan bir qismi esa – xorijiy banklarga to‗g‗ri
keladigan
moliyaviy sektorda ham kuzatiladi. Bunday vaziyat, Rossiya kabi yirik iqtisodiyot
uchun tashqi bozorga qaraganda ichki bozorning ahamiyatini oshirish zarurligini
ko‗rsatadi. Mahalliy, ayniqsa, zamonaviy tarmoqlarga nisbatan kuchliroq (asosan
tarifli emas, balki davlat ko‗magi ko‗rinishidagi bilvosita)
proteksionizm ularning
modernizatsiya qilinishiga va pirovardida ular raqobatbardoshligining oshishiga
ko‗maklashishi va shu asosda – ilmtalab tovarlar hisobiga Rossiya eksportining
diversifikatsiyalashuviga yordam berishi mumkin. Bunga, iqtisodiyotni monetizatsiya
qilinishining ortishi hisobiga moliyaviy sektorning modernizatsiya qilinishi ham,
shuningdek, mamlakatda mulkchilik huquqlari himoyasining kuchayishi ham
ko‗maklashishi mumkin.
BSTga o‗n sakkiz yillik a‘zo bo‗lib kirish jarayoni davomida Rossiya asta-sekin
o‗z
raqobatbardoshligini oshirib, bir vaqtning o‗zida import bojlari darajasini
pasaytirib bordi. Shuning uchun, uning 2012- yilda BSTga a‘zo bo‗lib kirishi, yaqin
yillarda o‗rtacha torttirma import bojlarining ancha kam va asta-sekin
kamaytirilishiga olib keldi (sakkiz yillik o‗tish davrining yakunida, ya‘ni 2020- yilga
kelib taxminan 1,5 marta). Biroq, ayrim tovarlar uchun (masalan, samolyotlar, yuk
mashinalari, go‗sht, sut mahsulotlari uchun) bojlar jiddiy kamaytiriladi,
xolbuki
Rossiyada bojxona tarifi stavkasining 20 % bo‗yicha harakat erkinligi mavjud (ushbu
tovarlar bo‗yicha stavkalar BST oldidagi majburiyatlar bilan bog‗lanmagan). Rossiya
Fanlar Akademiyasi ekspertlarining fikricha, BSTda ishtirok etish, Rossiya uchun
84
yuksalish yillarida YaIM qo‗shimcha o‗sishini 1 foizli punktga va inqiroz davridagi
pasayishini 1 foizli punktga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: