O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

1.2.
 
Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari 
 
Agar fanning predmeti- u nimani o‗rganadi degan savolga javob 
bersa, u holda metod - bu fan qanday o‗rganiladi. 
Metod - bu ma'lum bir fan mavzusini o‗rganish usullari, shakllari 
to‗plami; maxsus tadqiqot vositasi. 
Makroiqtisodiyot, boshqa fanlar singari ham umumiy, ham maxsus 
tadqiqot usullaridan foydalanadi. 
Makroiqtisodiyot 
fanining 
tadqiqot 
usullariga 
ilmiy 
mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, 
iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. 
Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish 
o‗ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, 
minglab ko‗rsatkichlarni aloxida-aloxida o‗rganib chiqish va ular 
borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‗ta qiyin vazifadir. Shu 
sababli 
ham 
Makroiqtisodiyot 
fanida 
agregat 
kattaliklardan 
foydalanishga asoslangan tadqiqot usullaridan foydalaniladi. 


11 
Agregatlash, ya‘ni bir qancha iqtisodiy ko‗rsatkichlar va 
kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko‗rsatkich yoki kategoriyaga 
umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni 
tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi.. Agregat ko‗rsatkichlar 
yordamida minglab aloxida bozorlarni mamlakatning yagona bozori 
sifatida ko‗rib chiqish mumkin bo‗ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida 
alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo‗lgan talab va ularni 
taklif etish hajmlari ko‗rsatkichlari emas, balki agregat ko‗rsatkichlar
hisoblangan baholarning o‗rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif 
ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligasiyalari bo‗ycha foiz 
stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining 
kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to‗lov 
stavkalari umumlashtirilib ularning o‗rtacha miqdori bozor foiz stavkasi 
deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat 
ko‗rsatkichdan foydalaniladi. 
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli Makroiqtisodiy 
jarayonlarni agregat ko‗rsatkichlardan foydalangan holda Iqtisodiy 
matematik modellashtirishdir. 
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‗rsatkichlar va jarayonlar 
o‗rtasidagi miqdoriy, sabab- oqibat bog‗lanishlarini matematik formula, 
grafik va chizmalar ko‗rinishida ifodalaydi. 
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, 
Fillips egri chizigini, IS-LM modelini, Iqtisodiy o‗sishning Domar, 
Xarrod va Solou modellarini keltirish mumkin. Bu modellarni bir 
vaqtning o‗zida ham grafik ko‗rinishda, ham algebraik formula 
ko‗rinishida 
tasvirlash 
mumkin. 
Algebraik 
formulalar 
kabi 
makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan ko‗p o‗zgaruvchili 
bo‗lishi mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining 
baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta‘sirida o‗zgarishi va 
Makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‗rganilsa, Fillips egri 
chizigi yordamida ishsizlik va inflyatsiya ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi 
bog‗liqlik tadqiq qilinadi. 


12 
Yuqorida 
sanab 
o‗tilgan modellar barcha mamlakatlar 
iqtisodiyotini tahlil qilishda qo‗llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan 
empirik koeffisentlar, turli Iqtisodiy ko‗rsatkichlarning 
o‗zaro 
bog‗liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. 
Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab 
bo‗lmasin, ma‘lum darajada mavhumlikka yo‗l qo‗yiladi. Masalan, 
makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba‘zan yopiq iqtisodiy 
tizim, ya‘ni tashki iqtisodiy aloqalari mavjud bo‗lmagan ―yopiq 
iqtisodiyot‖ deb qaraladi. Amalda esa barcha mamlakatlar tashqi dunyo 
bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya‘ni ―ochiq Iqtisodiyot‖ga ega. Hech bir 
model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‗rtasidagi bog‗liqliklarni to‗la-
to‗kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy 
modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, 
qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo‗lgan 
ko‗p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy 
siyosatning turli yo‗nalishlarini muvofiklashtirish imkonini beradi. 
Makroiqtisodiy modellarda tashkaridan belgilanadigan, ya‘ni 
modelda 
tayyor 
kattalik 
sifatida 
qabul 
qilinadigan 
ekzogen 
o‗zgaruvchilar hamda modelni yechish natijasida topiladigan ichki 
endogen o‗zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda ekzogen hisoblangan 
o‗zgaruvchi (ko‗rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi 
mumkin. 
Makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlar 
ekzogen 
va 
endogen 
o‗zgaruvchilarga guruhlanibgina qolmasdan zaxiralarni tavsiflovchi va 
oqimlarni tavsiflovchi o‗zgaruvchilarga ajratiladi. Birinchi guruh 
ko‗rsatkichlar tadqiqot obyektining ma‘lum sanadagi holatini 
tavsiflaydi. Bularga kapital bilan qurollanganlik darajasi, ishsizlik 
darajasi, davlat qarzi kabi ko‗rsatkichlar misol bo‗ladi. Ikkinchi gurux 
ko‗rsatkichlar ma‘lum davr oraligida iqtisodiy jarayonlarning kechishini 
tavsiflaydi. Bularga yil davomida ishlab chiqilgan YaIM hajmi, iste‘mol 
va investitsiya xarajatlari miqdori, inflyatsiya sur‘ati kabi ko‗rsatkichlar 
misol bo‗ladi. Oqimlar ma‘lum davr mobaynida zaxiralarning 
o‗zgarishini keltirib chiqaradi. Masalan yil davomida qilingan 
investitsiyalar Iqtisodiyotda to‗plangan kapital hajmi, o‗z navbatida esa 


13 
Mehnatni kapital bilan qurollanganligi darajasining ham oshishiga olib 
keladi. 
Makroiqtisodiyot pozitiv va normativ yondashuvlarni ajratib 
turadi. 
Pozitiv yondashuv- bu iqtisodiy tizimning amaldagi faoliyatini 
tahlil qilishdir. 
Normativ yondashuv - tavsiyalar xarakteriga ega bo‗lib, qanday 
sharoitlar yoki jihatlar ma'qul yoki istalmaganligini belgilaydi. 
Pozitiv va normativ yondashuvlarning kombinatsiyasi yuqori 
darajadagi ilmiy mavhumlikka qaramay, makroiqtisodiy tadqiqotlar 
davlat iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‗lib 
xizmat qilishiga imkon beradi. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin