151
davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini
kamaytirishga, inqiroziy xodisalarni yumshatishga va iqtisodiy
rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi.
Davlatning iqtisodiy funksiyalari ko‗p va xilma-xildir. Shuning
uchun tahlil imizda davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalarinigina ko‗rib
chiqamiz.
Davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalariga qo‗yidagilar kiradi:
1. Bozor tizimi samarali faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlaydigan
xuquqiy baza va ijtimoiy muhitni ta‘minlash;
2. Raqobat muhitini yaratish va uni himoya qilish.
3. Ijtimoiy ne‘matlar bilan ta‘minlash maqsadida resurslarni qayta
taqsimlash;
4. Atrof muhitni himoya qilish;
5. Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash;
6. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni, iqtisodiy kon‘yukturaning
o‗zgaruvchanligi natijasida paydo bo‗ladigan ishsizlik va inflyatsiya
darajalarini nazorat qilish hamda iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirish.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun
asos bo‗ladigan ayrim xizmatlarni va huquqiy bazani ta‘minlash
vazifalarini zimmasiga oladi. huquqiy bazani ta‘minlash asosan iqtisodiy
faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar ishlab chiqarishda va bu qonunlarni
bajarishni taminlash hamda nazorat qilishda namoyon bo‗ladi. Davlat,
shuningdek xalqaro munosabatlarni yo‗lga qo‗yib o‗z tadbirkorlaring
mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun qulay sharoit
yaratadi. Bunga ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to‗lovlari
bo‗yicha o‗zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi
masalalarda hukumatlararo kelishuvlar orqali erishiladi. Tashki savdoni
tartibga solish vositalari orqali ham davlat o‗z ishlab chiqaruvchilarini
himoya qiladi (bu masalalar o‗quv qo‗llanmaning tegishli mavzularida
ko‗rib chiqiladi).
IDTTS
Dostları ilə paylaş: