4
Davolash vazifasi esa zaharlanishda kompleks davolash usullaridan keng
foydalanishdan iborat.
Profilaktik vazifa zaharlanish sabablari epidemiologiyasini o’rganish va
ularning oldini olishdan iborat.
Klinik toksikologiyaning asosiy uslubi.
Zaharlanishning klinik alomatlarini qo’shimcha
asbob-uskunalar usulida
nazorat qilishga asoslatgan.
Toksikologik kimyo o’ziga xos usul xisoblanib biologik muhitlarda (qon,
siydik, limfa, orqa miya suyuqligi va boshqalarda) toksik modda kontsentratsiyasini
aniqlashga asoslangan.
O’ziga xos bo’lmagan usullarga esa yurak qon-tomir tizimining (EKG,
reografiya), Markaziy nerv tizimining (EEG) va boshqa tizimlarning instrumental
(asbob-uskunalar yordamidagi) tashhislari kiradi.
Kimyoviy birikmalar odam organizmiga doimo ta`sir qiluvchi tashqi muhit
omillaridan xisoblanadi. Tashqi muhitning kimyoviy muhiti va organizmning
kimyoviy tarkibi doimo o’zaro teng munosabatda bo’lib, bu tenglikning buzilishi
gomeostazning patologik o’zgarishlariga sababchi bo’ladi.
Kimyoviy moddalar davo vositasi va zahar sifatida ishlatilishi qadimgi
davrlardan insoniyatga ma`lum.
Qadimgi
Rim
tarixida
zaharli
moddalardan
g`arazli
maqsadlarda
foydalanganlar qonun doirasida jazolanganlar.
O’rta asrlarda keng tarqalgan zaharlardan biri margimush (mishyak) bo’lib,
minglab odamlar hayotiga zomin bo’lgan. Mishyak bilan o’tkir yallig`lanish klinikasi
o’sha paytlarda keng tarqalgan ichak infektsiyalari (vabo, qorin tifi) klinikasiga
o’xshash bo’lganligi tufayli ham bu zaharlanishlar aniqlanmay qolgan.
Zaharlanish yoki intoksikatsiya deb tirik organizm va zaharning o’zaro
munosabatlari natijasida rivojlanadigan patologik jarayonga aytiladi. Zahar bo’lib
zaruriy hayot funktsiyalarining buzilishiga olib keladigan va organizm hayotiga havf
soladigan har qanday kimyoviy birikma xizmat qilishi mumkin. O’zbekiston
Respublikasida zaharlanish terminologiyasi deganda asosan tashqaridan tushadigan
zaharlar tufayli yuzaga keladigan intoksikatsiya tushuniladi.
Patogenetik aspektda o’tkir zaharlanish
organizmga begona kimyoviy
birikmaning toksik miqdorsi tushishi tufayli rivojlanadigan kimyoviy shikast deb
qarash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu patogen reaktsiya o’tkir zaharlanishning ilk
klinik bosqichi – toksikogen bosqichida, qachonki toksik agent organizmda alohida
membranalar, oqsillar va boshqa retseptorlar funktsiyalarining buzilishiga bog`liq
holda yuzaga chiqqanda namoyon bo’ladi.
Bir paytning o’zida zaharli moddalar ishga tushiradigan omil tufayli,
gomeostaz buzilishini yo’qotishga qaratilgan adaptatsiya reaktsiyasi rivojlanadi. Bu
gipofizar-adrenal («stress») reaktsiya, lizosom reaktsiya, qon tomir reaktsiyasi, qon
ivish tizimi reaktsiyasi va boshqalar kimyoviy shikastning
somatogen samarasi
bo’lib, «himoya» reaktsiyasining boshlanganligini bildiradi. Toksik agentning
parchalanishi yoki organizmdan chiqarib tashlanishi o’tkir zaharlanishning II klinik
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
bosqichida aniq namoyon bo’ladi va organizmning turli a`zo va tizimlarining to’la
tiklanishi yoki halokati bilan tugaydi.
Demak, umumiy toksik samara zaharning spetsifik toksik ta`siri va nospetsifik
kompensator-himoya reaktsiyasi natijasida yuzaga chiqadi.
Zaharnig organizm bilan o’zaro munosabatlarini o’rganishda toksikodinamika
va toksikokinetika jarayonlarini tushunish zarur hisoblanadi. Toksikodinamika
deganda zaharning organizmning turli to’zilmasi va funktsiyasiga ta`siri, spetsifik
ta`sir mexanizmlari, ma`lum bir hujayra yoki to’zilmalarning, ularning funktsiyalari
zararlanishi tushuniladi. Toksikokinetika esa zaharning organizmga tushishi,
tarqalishi, biotransformatsiyasi va organizmdan chiqarilishini ko’rsatib beradi.
Zaharli moddalarning organizmda tarqalishi 3 asosiy omilga : atrof,
vaqt va
kontsentratsiyaga bog`liq bo’ladi.
1.Atrof omili – organizmga zaharning tushishi va tarqalish yo’nalishi bo’lib,
zaharning miqdori - to’qima massasi birligida a`zodagi qon hajmiga bog`liq bo’ladi.
Zaharning vaqt birligidagi maksimal miqdori odatda o’pka, buyrak, jigar,
yurak, bosh miyada to’planadi. Toksik jarayon zaharning miqdori bilangina emas,
balki zaharda bo’ladigan retseptorlarning sezgirligi bilan ham o’lchanadi. Ayniqsa
orqaga qaytmaydigan jarayonlarni chaqiradigan toksik moddalar, misol uchun
to’qimaning kislota va ishqorlar tufayli kimyoviy quyish juda havflidir.
Funktsional o’zgarishlarni keltirib chiqaradigan moddalar, misol uchun narkoz,
ancha havfsiz xisoblanadi, chunki bu jarayonlar orqaga qaytadi.
2.Vaqt omili deb organizmga zaharning tushishi va undan chiqib ketish tezligi
ya`ni vaqt oralig`ida zaharning ta`siri va toksik effektini belgilab beradi.
3.Qontsentratsion omil zaharning biologik muhitda, shu jumladan qondagi
kontsentratsiyasini aniqlab beradi.
Zahar kontsentratsiyasini vaqt davomida o’rganish qonda toksik moddaning
maksimal kontsentratsiyasin aniqlash – rezorbtsiya davri,
zaharning organizmdan
chiqib, to’liq tozalanishi – eliminatsiya davrini aniqlash imkonini beradi.
XIX asr boshlarida ilmiy kimyoning yuzaga kelishi bilan kimyoviy
moddalarning biologik ta`siri uslublari kashf etildi. Zaharli o’simliklardan alkaloidlar
– zahar tashuvchilarini ajratib olish usullari yaratildi. 1803-yili - ko’knoridan morfin,
1818-yili kuchaladan sprixnin, 1820-yili xinin daraxtidan xinin, 1828-yili tamakidan
nikotin va 1831-yili belladonadan atropin ajratib olindi. YUqori toksik sintetik
moddalar yaratildi. Sanoatda, qishloq xo’jaligida, tibbiyotda va boshqa soxalarda
kimyoviy moddalardan foydalanish oshib borish bilan ularning inson hayotiga va
sog`lig`iga havf solish imkoniyati oshib bordi. Oxirgi o’n yilliklarda kuzatilgan
o’tkir va surunkali zaharlanishlarning sababi atrof muhitga ta`sir qiladigan turli
kimyoviy preparatlarning (5 milliondan ortiq) keng ishlatilishi
oqibati ekanligi xech
kimga sir emas, 60 mingdan ortiq preparatlar esa oziq moddalarga qo’shimcha
sifatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: