Kimyoviy zararlanish o’chog`i
deganda kimyoviy qurol ta`siriga uchragan
barcha odamlar, hayvonlar, ob`ektlar, inshootlar, texnikalar, atmosfera, o’simliklari
bo’lgan xudud tushuniladi. Kimyoviy zararlanish o’chog`ining o’ziga xos xususiyati
qaysi zaharlovchi modda qo’llanilganiga, shuningdek uni qo’llash usuliga, yil fasliga,
ob-havo sharoitiga va ba`zi bir boshqa omillarga bog`liq.
Kimyoviy zararlanish o’chog`ining barqarorligi qo’llanilgan zaharlovchi
moddalarning turi va uning qo’llash usuli bilan belgilanadi.
Havo
sovuq
bulutli
bo’lganda.
O’t-o’lanlar
kalin
joyda
yoki
o’rmonzorlarda suyuq-tomchi holida qo’llanilgan zaharlovchi moddalar ancha uzoq
vaqtga kadar saqlanib turishi mumkin. Zararlanish havfi bunday holda bir necha
kungacha, ba`zan esa bir necha haftagacha mavjud bo’ladi. Qish paytida zaharlovchi
moddalarning zararlash havfi u qo’llanilgan joyda ayniqsa uzoq vaqt turadi.
Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`ida
zararlanish simptomlari bir necha soat ichida, sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi
moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`ida zararlanish simptomlari esa, bir soatdan
oshikroq vaqt ichida rivojlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
18
3-BOB
ZAHARLI MODDALARNING ORGANIZMDA ZARARSIZLANISHI
Organizmning zaharli moddalardan tozalanishi, ya`ni detoksikatsiya
3 asosiy qismdan iborat:
1. Metabolik o’zgarishlar (biotransformatsiya)
2. Buyrak ekskretsiyasi (chiqarilishi)
3. Buyrakdan tashqari yo’l bilan tozalanish.
Organizmdan begona zaharli moddalarni yo’qotilishida metabolik o’zgarishlar
asosiy tayyorgarlik bosqichi bo’lib xizmat qiladi.
Biotransformatsiya asosan 2 yo’nalishda:
1. Energiya sarflanishi bilan kechadigan metabolik parchalanish reaktsiyalari
(oksidlanish, qaytarilish, gidroliz).
2. Hujayraning energetik resurslari sarflanmaydigan sintez reaktsiyalari
(oqsillar, aminokislotalar, glyukuron va oltingugurt kislotalari).
Bu reaktsiyalarning asosiy maqsadi – zaharli bo’lmagan gidrofil birikmalarni
hosil qilishdir, ular o’z o’tmishdoshlariga qaraganda metabolik o’zgarishlarga oson
uchraydi va ekskretor a`zolar orqali organizmdan osonroq chiqariladi.
YUqori fermentativ faollikka ega bo’lgan jigar hujayralari begona zaharli
moddalarning metabolizmida asosiy ahamiyatga ega. Gepatottsitlarning mikrosomal
fraktsiyalarida begona organik moddalarni faqatgina oksidlovchi emas, balki
qaytaruvchi fermentlar ham mavjud.
O’pka, buyrak va jigar gomogenatlari eruvchi frvktsiyalarida mavjud bo’lgan,
mikrosomal bo’lmagan ko’pgina ferment tizimlari ham spirt, aldegid va ketonlar
singari zaharli moddalar oksidlanishi, qaytarilishi va gidrolizida ishtirok etadi.
Metabolitlar o’z navbatida keyingi reaktsiyalarga kirishishlari, shuningdek
o’zgarmagan holda, yoki kon`yugat ko’rinishida ajralishi mumkin.
Kon`yugatsiya – biosintez bo’lib, begona birikma yoki uning metaboliti
glyukuron kislotasi, sulfat, atsetil, metil, glitsin bilan birikadi.
Toksik moddaning funktsional guruhiga birikishi natijasida molekula yog`ga
eruvchanlik xususiyatini o’zgartiradi va organizmdan oson chiqib ketadi.
Misol uchun, sulfanilamidlar, salitsilat kislotasi, meprobamat, anilin, antabus
glyukuron kislota bilan birikib detoksikatsiyaga uchraydi.
Klinik toksikologiyada zaharsiz yoki zaharli moddalarning metabolik
o’zgarishlar natijasida zaharli moddalar aylanish jarayonini o’rganish alohida o’rin
tutadi.
Parchalanish, shuningdek sintez jarayonida kuzatiladigan bu ko’rinish – letal
sintez deb ataladi.
Misol uchun metil spirti metabolizmini olish mumkin. Bu spirtning zaharliligi
oksidlanish jarayonida hosil bo’lgan o’ta zaharli formaldegid va chumoli kislotalariga
bog`liq.
Demak, organizmda begona birikmalarning aylanish jarayonini faqat
«detoksikatsiya» deb atash mumkin emas. Ko’pchilik xollarda organizmning o’zi
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
zaharni sintez qiladi va letal metabolik o’zgarishlarning blokadasigina (to’sig`i)
kimyoviy travmaning oldini oladi.
Organizmdan begona birikmalarning chiqarib yuborilishi yo’llari va usullari
har xil bo’lib, amaliy jihatdan ular quyidagi ko’rinishga ega: buyrak-ichak-o’pka-teri.
Agar ekskretsiya bir qancha yo’l bilan borsa, (buyrak va buyrakdan tashqari) ularning
yig`indisi quyidagiga bo’ladi.
L=l
1
+l
2
+l
3
+l
4
.
Buyrak orqali toksik moddalarning ajralishi filtratsiya va faol transport
yordamida amalga oshiriladi:
Siydik bilan organizmni tark etadigan moddalar miqdori filtratsiya jarayonida
qayta so’rilishi (reabsorbtsiya)tezligiga bog`liq bo’ladi.
Bundan tashqari buyrak kanalchalarida faol transport yordamida endogen
kuchli organik kislotalar va asoslar (misol uchun siydik kislotasi, xolin, gistamin va
boshqalar) va ekzogen birikmalar o’z tashuvchilari bilan (misol uchun, aminogruppa
saqlovchi birikmalar – benzidin, dimetilgidroza)zararsizlanadi.
Metallar buyraklar orqali nafaqat erkin holda, balki organik komplekslar hosil
qilib, hamda ultrafiltratsiyaga uchrab, kanalchalar orqali faol transport yo’li bilan
tashqariga chiqariladi.
Oshqozon-ichak yo’llaridan toksik moddalarning ajralishi og`iz bo’shlig`idan
boshlanadi. So’lakdagi og`ir metallar, elektrolitlar tashqariga chiqarilsada, ma`lum
miqdori oshqozonga tushadi.
Ko’pchilik organik zaharlar jigarda metabolitlar hosil qilib, o’t bilan ichakka
tushadi. Ularning bir qismi ichakdan qonga so’rilib, siydik bilan chiqariladi, bir qismi
yo’g`on ichak orqali tashqariga chiqariladi.
Uchuvchi noelektrolitlarning ko’pchiligi o’zgarmagan holda nafas yo’llari
orqali havoga chiqariladi. Bu moddalarning suvda erish tezligi qancha kam bo’lsa,
shunchalik tezlikda tashqariga chiqariladi.
YOg` to’qimasida to’plangan birikmalar u erda to’planib, asta-sekinlik bilan,
misol uchun ingalyatsion yo’l bilan xloroformning 50%i 8-12 soatda, qolganlari esa
bir necha sutkadan so’nggina tashqariga chiqariladi.
Ko’pchilik noelektrolitlar organizmda biotraisformatsiyaga juda sekinlik bilan
uchraydi va chiqarilgan nafas orqali suv va uglekislota ko’rinishida ajraladi.
Uglekislotalar ko’pchilik organik moddalar, shu jumladan benzol, stirol, atseton,
etilengikol metabolizmi oqibatida hosil bo’ladi. Teri, ter bezlari orqali noelektrolitlar
(etil spirti, atseton, fenol, xlorlangan uglevodorod) ajraladi. Lekin bu yo’l bilan
tashqariga chiqariladigan zaharli moddalar miqdori juda oz bo’lganlagi sababli
muhim ahamiyat kasb etmaydi.
Detoksikatsiya deganda organizmga tushgan toksik moddalar ta`sirini
to’xtatish va organizmdan chiqarib yuborish tushuniladi.
Detoksikatsiya usullari ta`sir qilish uslubiga ko’ra:
1. Organizmda tabiiy tozalanish jarayonlarini kuchaytirish;
2. Suniy detoksikatsiya;
3. Antidot (farmakologik) detoksikatsiya usullariga bo’linadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
20
Organizmning tabiiy tozalanish jarayonlarini kuchaytirish amaliy klinikada
anchadan beri qo’llaniladi. (Ichakni tozalash, siydik ajralishini kuchaytirish).
Ferment faolligini boshqarish usuli esa endigina takomillashmoqda.
Sun`iy detoksikatsiya usuli (suyultirish, o’rinbosar, dializ, filtratsiya, sorbtsiya)
organizmni tabiiy usullarda zahardan tozalashda qo’shimcha usul sifatida
foydalaniladi. Ayirish a`zolari funktsiyasi susayganda yoki buzilganda ularning
detoksitsion vazifalarini ham bajaradi.
Organizmning sun`iy detoksikatsiya usullari asosan suyultirish, dializ va
sorbtsiyadan iborat.
Suyultirish
–
bu
toksik
moddalarni
organizmdan
chiqarish
va
kontsentratsiyasini kamaytirish maqsadida toksik moddasi bo’lgan biologik
suyuqlikni shunga o’xshash boshqa biologik suyuqlik bilan aralashtirish yoki
almashtirishdir. Qon oqizish – organizmda toksik modda kontsentratsiyasini
kamaytirish va yo’qotilgan qon miqdorini donor qoni bilan almashtirishga qaratilgan
(qon almashtirish operattsiyasi).
Gemodilyutsiya – tsirkulyatsiyadagi qon hajmini oshirish yordamida ekzogen
va endogen toksik moddalar kontsentratsiyasini kamaytirishga qaratilgan.
Organizm detoksikatsiyasi maqsadida organizmdan limfa chiqarib yuboriladi
(davomli limforeya) va elektrolit, oqsilli eritmalar qo’shiladi, so’ngra limfa hosil
qilinishi kuchaytiriladi.
Dializ – yarim o’tkazuvchan membranalarning past molekulali moddalar va
ionlarni o’tkazish va kolloid zarra va makromolekulalarni tutib qolishga asoslangan
usul. YArim o’tkazuvchan membrana sifatida tabiiy seroz qobiqlar va sun`iy sintetik
plenkalar (tsellofan, kuprofan va boshqalar) ishlatiladi
Organizm detoksikatsiyasi usullari.
I. Organizmning tabiiy tozalanish jarayonlarini kuchaytirish usullari:
1. Oshqozon-ichak yo’lini tozalash:
A.Qustiruvchi moddalar (apomorfin, ipekakuana)
B. Oshqozonni yuvish (oddiy, zond orqali);
V. Ichakni yuvish (zond orqali, klizma-ho’qna);
G. Ichakni suruvchi vositalar (tuzli, yog`li, o’simlik)
D. Ichakning elektrostimulyatsiyasi.
2. Diurezni kuchaytirish.
A. Suv-elektrolit nagruzkasi (og`iz, tomir orqali)
B. Osmatik diurez (mochevina, mannital, trisamin)
V. Saluretik diurez (laziks)
3. Ferment faolligini boshqarish.
4. O’pkaning davoli gipervantilyatsiyasi
5. Giperbarik oksigenatsiya
6. Davoli giper – va gipotermiya
7. Antidot (farmokologik)oksigenatsiya usullari
A. Kimyoviy zaharga qarshi
B. Biokimyoviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
V. Farmakologik antogonistlar (simptomatik)
G. Antitoksik immunoterapiya
II. Sun`iy detoksikatsiya usullari:
1. Qon almashtirish va suyultirish (Limfa).
A. Info’zion vositalari, plazma o’rnini bosuvchilar, qon o’rnini bosuvchilar.
B. Limfani hosil bo’lishini kuchaytiruvchilar.
2. Qon-limfa dializi, filtratsiyasi
3. Sorbtsiya
4. Fiziogemoterapiya
A. Ultrafiolet nurlanish
B. Lazer nurlanishi
V. Rentgen nurlanishi
G. Elektromagnit ta`siri
D. Elektrokimyoviy ta`sir qilish
Sorbtsiya – gaz, bug` yoki eritma molekulalarini qattiq modda yoki suyuqlik
sirtiga yutilishi.
Antidot vositalari (farmakologik) detoksikatsiyada alohida ahamiyatga ega,
chunki toksik modda yoki uning retseptoriga to’g`ridan-to’g`ri ta`sir qiladi. Ziddi-
zaharlar (antidot vositalari) deb, organizmga ta`sir kiluvchi zaharlovchi moddalarning
ta`sirini yo’qotuvchi yoki ularning oldini oluvchi dori-darmonlarga aytiladi. Ta`sir
qilish mexanizmi bo’yicha hamma ziddi-zaharlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Zaharlovchi moddalarning fiziologik ziddi-zaharlari, bu moddalar
yuborilganda organizmning funktsional a`zolariga ta`sir kiluvchi zaharlovchi
moddalarga karshilik ko’rsatib, ularning ta`sirini yo’qqa chiqaradi. Masalan,
budaksim, atropin xolinergik nerv tizimi impulslari o’tkazuvchanlikni blokada qiladi,
shu sababli fosfororganik zaharlovchi moddalar keltirib chiqargan kuzgalishlar
yo’qoladi.
2. Konkurent ta`sirga ega bo’lgan ziddi-zaharlar. Bunda zaharlovchi moddalar
bioximik reaktsiyalar ta`sirida a`zolardan sio’ib chiqariladi. Fosfororganik
zaharlovchi moddalar bilan zaharlanganda xolinesteraza reaktivatorlari, izonitrozin
yoki dipiroksim yuborilganda, margimushli zaharlovchi moddalar, lyuizit va
boshqalarga qarshi unitiol qo’llanilganda zaharlovchi moddalarga qarshi nisbatan
qonkurent ta`sir ko’rsatadi.
3. Umumiy ta`sir ko’rsatuvchi ziddi-zaharlar. Bu moddalar qonga yuborilganda
zaharlovchi moddalar bilan birikib zaharsiz birikmalar hosil qiladi. Masalan, tsianid
kislota bilan zaharlanganda giposulfat natriy, glyukoza, antitsian va boshqalar
qo’llaniladi.
4. Mahalliy ta`sir ko’rsatuvchi ziddi-zaharlar, organizmga tushgan zaharlovchi
moddalarni adsorbtsiyalaydi yoki kimyoviy reaktsiyalar (oksidlanish, neytrallash)
tufayli zararsiz holga keltiradi. Masalan, me`daga tushgan zaharlovchi moddani
adsorbtsiya qilish uchun faollashtirilgan ko’mir qo’llaniladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
Bundan tashqari, hamma ziddi-zaharlar : profilaktik (zaharlanishning oldini
oluvchi) va davolash uchun qo’llanadiganlarga bo’linadi.
Lekin samarali antidatlar kamligi tufayli taxminan o’tkir zaharlanishlarning 5% ida
ishlatiladi.
Zararlangan kishilarga umumiy davolash ishlari o’tkazilishiga qarab .
etiologik, patogenetik, simptomatik va maxsus davolash ishlari o’tkaziladi. Etiologik
davolash bu organizmda kasallik yoki zararlanishni keltirib chiqaruvi etiologik
omillarni oldini olish yoki ularni yo’qotishga qaratilgan bo’ladi va quyidagi
tadbirlarni o’z ichiga oladi:
— zudlik bilan nafas yo’llari va terini himoyalovchi vositalar ishlatiladi.
— teriga tushgan zaharlovchi moddalarni tezlik bilan degazatsiya qilish zarur,
zararlangan ust-bosh iloji bo’lsa almashtiriladi;
— me`da-ichaklar orqali tushgan zaharlovchi moddalarni tezlik bilan me`dadan
chiqarib tashlash (me`dani zond bilan yuvish), adsorbentlar (faollangan ko’mir)
berish zarur;
— zaharlovchi moddalarning ziddi-zahari qo’llaniladi;
— organizmga tushgan zaharlovchi moddalarni zaharsiz holga keltirish uchun
boshqa vosita va usullarni (jadallashtirilgan diurez, gemodializ, peritonal dializ,
gemosorbtsiya, limfosorbtsiya, qon almashtirish va boshqa usullarni) qo’llash. Bu
usullar to’g`risida zaharlovchi moddalarga qarshi davolash usullari bobida misollar
keltirilgan. SHuni esda tutish kerakki, agarda zaharlovchi modda organizmdan to’liq
chiqarilmagan bo’lsa yoki uning organizmga kirishi to’xtatilmagan bo’lsa, olib
borilayotgan davolash ishlarining nafi bo’lmaydi.
Patogenetik va simptomatik davolash ishlari organizmning xayotiy muhim
a`zolari faoliyatini tiklashga qaratilgan bo’ladi. YOrdam ko’rsatish samaradorligi o’z
vaqtida tez va to’g`ri o’tkazish, shuningdek markaziy nerv tizimi funktsiyasi, nafas
hamda yurak faoliyatini tiklashga qaratilgan muolajalar majmuasiga bog`liq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|