Toksikologiya asoslari doc


- BOB  UMUMIY ZAHARLASH TA`SIRIGA EGA BO’LGAN



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

4- BOB 
UMUMIY ZAHARLASH TA`SIRIGA EGA BO’LGAN 
ZAHARLOVCHI MODDALAR 
Umumiy zaharlash ta`siriga ega bo’lgan zaharlovchi moddalarga tsianid 
kislota va xlortsianlar kiradi. TSianid kislotani shvTB olimi Karl SHeele birinchi 
bo’lib 1782 yilda sintez qilgan. Aytishlaricha, u 4 yildan so’ng xuddi shu zaharli 
modda bilan tajriba o’tkazayotgan vaqtda zaharlanib halok bo’lgan. TSianid 
kislotaning zaharlash xususiyati qadim zamonlardan ma`lum. Masalan, YUnoniston 
kohinlar tabaqasi shaftoli daraxti bargidan zaharli essentsiya tayyorlab, aybdor 
kishilarni shu modda bilan o’ldirganlar.
Bundan tashqari, tsianid kislota va uning tuzlaridan sanoatda keng 
foydalaniladi: qishloq xo’jaligida mevali daraxt zararkunandalariga qarshi kaltsiy 
tsianamid, erkin tsianamidlar ishlatiladi. Kon sanoatida rudalardan oltin va kumush 
olishda, engil sanoatda gazlamalarga ishlov berishda va rang bilan bo’yashda keng 
ishlatiladi- SHu sababdan, tsianid kislota ko’p miqdorda ishlab chiqariladi va uni 
tashish, foydalanish, ishlatish jarayonida odamlar zaharlanishi mumkin.
2000 ga yaqin o’simlik va daraxtlarning mevasi tarkibida tsianid kislota 
birikkan geteroglikozidlar shaklida uchraydi. Achchiq bodom danagida 2,5—3,5%, 
shaftoli danagida 2—3%, o’rik va olxo’ri danagida 1—1,8% va olcha danagida 0,8% 
tsianid kislota amigdalin glikozidi sifatida uchraydi. Kishilar ko’pincha shu danak 
mag`zini iste`mol qilganda zaharlanib kolishlari mumkin.
TSianid kislota
(NSN). 
Kimyoviy nomlari
: tsianli vodorod, tsianli vodorod kislotasi; tsianid kislota. 
TSianid kislota rangsiz, uchuvchan, achchiq bodom hidiga ega bo’lgan 
suyuqlik. Qaynash harorati +25,7S, shu sababli havoda tezda bug`lanadi. Muzlash 
harorati — 13,4°S. Bug`ining zichligi havoga nisbatan 0,93 ni tashkil qiladi, ya`ni 
havodan engil. Bug`lari faollashgan ko’mir yordamida yomon shimiladi, g`ovakli 
materiallarga yaxshi shimiladi. Ishlatilgan joylarida yoz vaqtida 20—30 daqiqagacha 
saqlanib qolishi mumkin, noturg`un zaharlovchi modda bo’lib hisoblanadi. Suvda, 
organik erituvchilarda, fosgenda, ipritda va boshqa zaharlovchi moddalarda yaxshi 
eriydi.TSianid kislota kuchsiz kislota bo’lib hisoblanadi, chunki u tuzlar tarkibidan 
eng kuchsiz bo’lgan kislotalar yordamida siqib chiqariladi va tuzlari havoda 
oksidlanib zaharsiz karbonatlarga aylanadi. 
TSianid kislota tuzlari germetik idishlarda saqlanadi.TSianid kislota ishqorlar 
bilan reaktsiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Bular kristall modda bo’lib, kuchli 
zaharlovchi xossaga ega.TSianid kislota aldegidlar va ketonlar bilan oson birikadi va 
kam zaharli oksinitril (tsiangidrinlar) ni hosil qiladi; 
Ma`lumki, to’qimalarning nafas olishi, ya`ni uglevodlar, oqsillar va 
yog`larning fermentativ oksidlanishi faol guruh hisoblangan NADF (nikotinamid-
adenidinnukleotid) va NADF (nikotinamidadeninnukleotid -fosfat) degidrogenazalar 
fermenti ta`sirida oksidlanuvchi substratlardan vodorod ajralib chiqishi yo’li bilan 
boradi. Ajralib chiqqan elektronlar flavin fermentlarining faol koferment guruhlari 
www.ziyouz.com kutubxonasi


24 
bo’lgan FMN (flavinmononukleotid) va FAD (flavinadenindinukleotid) lar orqali 
o’tadi. So’ng elektronlar tsitoxromlar tarmog`i—tsitoxromlar b
1
;, s, c
1
va a
3
larga 
uzatiladi. 
TSitoxrom a
3
— tsitoxromoksidaza deb ataladi,u to’zilishi jihatidan murakkab 
bo’lib, gemoglobinga o’xshaydi, tarkibi oqsil qismdan va gemin guruhidan iborat 
bo’ladi. 
Ularning tarkibiga temir moddasi ham kiradi. Elektronlarning bir tsitoxromdan 
ikkinchi tsitoxromga ketma-ket o’tkazilishi tufayli tsitoxrom tarkibidagi temir 
oksidlangan va tiklangan holatga o’tib turadi. TSitoxromoksidaza qondan 
to’qimalarga keltirilgan kislorodni faollashtirish xususiyatiga ega: u temirning bitta 
elektronini kislorodga o’tkazib, temirni uch valentli holatga keltiradi- Natijada 
kislorodning faolligi ortadi va flavin fermentlaridan o’tgan vodorod bilan birikadi, 
keyinchalik 
esa 
ATF 
da 
to’planadigan 
energiya 
va 
suv 
hosil 
bo’ladi.TSitoxromoksidaza (tsitoxrom a
3
) ning qaytarilgan shakli molekulyar 
kislorod bilan to’g`ridan-to’g`ri elektronlarni berib, shu yo’l bilan kislorodning suvga 
qaytarilishi uchun shart-sharoit yaratadi. SHunday qilib, tsitoxromoksidaza 
tsitoxromlardan havo kislorodiga elektronlar o’tkazishga yordam beradigan zarur 
oxirgi halqa tariqasida juda muhim o’rin tutadi. 
TSian guruhi tsitoxromoksidaza (tsitoxrom a
3
) tarkibidagi oksidlangan uch 
valentli temir bilan juda oson birikadi. Natijada kislorodning faollanishi yo’qoladi, 
to’qimalarda nafas olish susayadi, to’qimalar gipoksiyasi paydo bo’ladi. 
To’qimalar gipoksiyasining o’ziga xos belgilari: venoz qonning arteriya qon
singari oksigemoglobinga boy bo’lishi, teri, og`iz shilliq pardalari va ichki a`zolarni 
pushti yoki qirmizi tusga kirishidir. 
Kishi tanasiga tushgan tsianidlar glyukoza va oltingugurt saqlaydigan 
birikmalar bilan reaktsiyaga kirishib, oksidlanish natijasida qisman parchalanadi. 
SHuning uchun oz miqdorda zaharlanishga sababchi bo’lmaydi, engil zaharlanish 
belgilari tezda o’tib ketadi. 
TSianid birikmalaridan zaharlanganda birinchi navbatda markaziy nerv 
tizimining shikastlanish alomatlari yuzaga keladi. hatto kichik miqdorda klinik 
simptomlar kuzatilmaganda ham shartli reflekslarning izdan chiqishi kuzatiladi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin