36
o’choqda bo’lish havfi juda kamayadi. Protivogazni (gazniqob) signal bilan yoki
tegishli xabar berilgandan keyin echish mumkin.
Ba rqa ror kimyoviy za rarla nis h o’c hog`i dushman tomonidan chidamli
zaharlovchi moddalarni suyuq-tomchi holida yoki yopishqoq suyuqlik holida
qo’llanilgan takdirda hosil bo’ladi. Yil fasliga, ob-havo sharoitiga va joyning relefiga
qarab zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatini
bir necha soatdan bir necha
haftagacha va hatto oylargacha saqlab turishi mumkin.
Zaharlovchi moddalar havo ochiq, issik kunda, o’t-o’lanlar bo’lmagan joydan
tezroq bug`lanadi. Hatto V-gazlar guruhidagi juda chidamli zaharlovchi moddalar
ham bunday sharoitlarda zararlash xususiyatini 1—3 sutka mobaynida ushlab turadi.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, zo’r berib bug`lanish natijasida zararlangan
xudud ustidagi havoda zaharlovchi moddalar bug`ining miqdori juda ko’payib ketishi
mumkin. Havo sovuq bulutli bo’lganda, o’t-o’lanlar qalin joyda yoki o’rmonzorlarda
suyuq-tomchi holida qo’llanilgan zaharlovchi moddalar
ancha uzoq vaqtga qadar
saqlanib turishi mumkin. Zararlanish havfi bunday holda bir necha kungacha, ba`zan
esa bir necha haftagacha mavjud bo’ladi. Qish paytida zaharlovchi moddalarning
zararlash havfi u qo’llanilgan joyda ayniqsa uzoq vaqt turadi.
Kimyoviy zararlanish o’chog`ida zararlangan harbiy xizmatchilarga tibbiy
yordam o’tkazishda zaharlovchi moddaning ularga ta`sir qilish vaqtini bilishdan
tashqari, ularda zaharlanish simptomlarining tez rivojlanishini ham xisobga olish
kerak.
Zaharlovchi moddalar tez ta`sir qiladigan va sekin ta`sir qiladigan turlarga
bo’linadi.
Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`ida
zararlanish simptomlari bir necha soat ichida, sekin ta`sir
qiladigan zaharlovchi
moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`ida zararlanish simptomlari esa, bir soatdan
oshikroq vaqt ichida rivojlanadi. Bu bo’linish amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega,
chunki zararlanish o’chog`ida zararlanish simptomlarining rivojlanish vaqtini
bilganimiz tufayli, ixtiyorimizdagi vaqtdan foydalanib zararlanganlarga tegishli
tibbiy yordam miqdorini (hajmini) ko’rsatishni aniqlagan bo’lamiz.
Hozirgi vaqtda kimyoviy zararlanish o’chog`i to’rt turga bo’linadi (3- jadval).
Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan kimyoviy zararlanish
o’chog`i birinchi daqiqalarda ko’p kishilarni zararlashi, klinik simptomlarning
jadallik bilan rivojlanishi va ular orasida ko’p sanitar yo’qotishlar (nobud bo’lishlar)
vujudga kelishi bilan ta`riflanadi- Bu sharoitda shaxsiy himoya vositalarini o’z
vaqtida kiyish, zararlanish o’chog`ida ziddi-zaharlar va
kimyoga qarshi individual
paketlar yordamida o’ziga va bir-biriga tibbiy yordam ko’rsatish tadbirlari katta
ahamiyatga ega.
Zararlanish alomatlarining tezlik bilan rivojlanishi, ko’pchilik kishilarning
og`ir darajada (60—70%) zararlanishi, shifokor ko’rsatadigan birinchi tibbiy yordam
va malakali tibbiy yordam ko’rsatish vaqtlari keskin cheklanganligi zararlanish
o’chog`ida ularni tezlik bilai evakuatsiya qilishni talab qiladi.
Sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan kimyoviy zararlanish
o’chog`i asta-sekinlik bilan sanitar yo’qotishlarning (4—12 soat ichida) jang
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
maydonida rivojlanishi bilan ifodalanadi. Bu sharoitda tibbiy xizmat kuchlari va
vositalarini
tashkil qilishda, tibbiy saralash o’tkazish va zararlangan kishilarga
birinchi shifokorgacha bo’lgan tibbiy yordam ko’rsatish hamda evakuatsiya
tadbirlarini shoshilmasdan o’tkazishga imkoniyat yaratilgan bo’ladi.
CHidamli zaharlovchi moddalar zarar etkazish xossasini bir necha soatgacha
saqlab qoladi, shu sababli zararlanish o’chog`ida kishilarning ust-boshlari, yara
bog`lamlari zaharlovchi moddalarni o’ziga singdirib olish (desorbtsiya) xususiyatiga
ega. Bunday zararlanganlar yoki zararlanish o’chog`idan kelgan harbiy transport,
tibbiy vositalar bilan o’zaro aloqda bo’lishi (kontakt)
tibbiyot xodimlari va
yaradorlarni zararlanishga olib kelishi mumkin.
Zararlanish o’chog`idagi harbiy xizmatchilar va zararlangan kishilarga qisqa
vaqt ichida sanitar ishlovini o’tkazish kerak bo’ladi. Ular shaxsiy himoya
vositalaridan tezlik bilan foydalanishini bilishlari kerak Paydo bo’lgan zararlanish
o’chog`iga qutqaruvchi komandalar yuborilishidan oldin ularga zaharlanishning
oldini oladigan vositalar (tabletkalar) berilishi lozim va himoya vositalaridan
foydalanishlari shart bo’lib xisoblanadi. Zararlangan kishilarga tibbiy evakuatsiya
bosqichlarida takror qisman sanitariya ishlovini o’tkazish va u kerakli vositalar bilan
ta`minlangan bo’lishi kerak.
Bundan tashqari, texnika va tibbiyot vositalariga ham
sanitariya ishlovi o’tkaziladi. Tibbiyot xodimlari zararlangan kishilarga tibbiy
yordam ko’rsatishni tugatmagunicha va ularga sanitariya ishlovini o’tkazmaguncha
himoya vositalarida bo’lishlari kerak
Dostları ilə paylaş: