Toksikologiya asoslari doc


-BOB  PSIXOTROP TA`SIRGA EGA BO’LGAN PREPARATLAR BILAN



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

7-BOB 
PSIXOTROP TA`SIRGA EGA BO’LGAN PREPARATLAR BILAN 
ZARARLANISH 
Hozirgi kunda tibbiyotda dori vositalarining keng ko’lamda ishlatilishi 
oqibatida o’tkir zaharlanish holatlari tez-tez uchramoqda. Ayniqsa o’z-o’zini 
davolash maqsadida psixotrop preparatlarini ishlatilishi maishiy «kimyo» 
kasalligiga» sababchi bo’lmoqda.
Oxirgi yillarda barbituratlar, tritsiklik antidepressantlar (amitriptilin), 
narkotiklar bilan o’tkir va surunkali zaharlanish holatlar ko’paymoqda. O’z-o’zini 
davolash, o’z-o’zini o’ldirish maqsadida ishlatilgan bu preparatlar xorij 
mamlakatlarida barcha maishiy zaharlanishlarning 
¾
qismini tashkil qiladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


42 
Barbituratlar bilan o’tkir zaharlanish birinchi marta Germaniyada, ular klinik 
amaliyotga kiritilganidan so’ng XX asr boshlarida qayd qilina boshlandi. 
Barbituratlar - oq yoki sariq kristallar bo’lib, suvda oz eriydi, yog`da esa yaxshi 
eriydi. Barbituratlarning natriyli tuzi esa aksincha. 
Barbituratlar oshqozon-ichak yo’lida passiv diffuz yo’li bilan so’riladi, alkogol 
ishtirokida esa yana tezlashadi. 
Plazmada barbitalning eng yuqori kontsentratsiyasi 4-8 soatdan so’ng, 
fenobarbitalniki esa 12-18 soatdan so’ng yuzaga chiqadi. Koma holatida ichak 
peristaltikasi susayganligi sababli oshqozonda bir necha kungacha qolib ketishi 
mumkin. 
Barbituratlar bilan zaharlangandagi tabiiy detoksikatsiya jarayonlariga kiradi:
1. Preparatni organizmda yog`ga eruvchanligiga qarab teng taqsimlanishi va 
oqsillar bilan bog`lanishi. 
2. Jigardagi metabolitik o’zgarishlar natijasida faol va nofaol moddalarga 
aylanishi.
3. Preparatlarning metabolitlari bilan siydik orqali ajralishi. 
4. Preparatlarga o’tkir va surunkali tolerantlikning (o’rganib qolish) 
rivojlanishi.
Barbituratlar plazma oqsillari bilan qanchalik kam bog`lansa, shuncha ko’proq 
miqdorda siydik bilan ajraladi. 
Barbituratlarni organizmga qayta tushishi tolerantlikka sababchi bo’ladi, 
chunki jigarning mikrosomal fermentlari faolligiga bog`liq bo’ladi.
Barbituratlarning o’limga olib boradigan miqdori induvidial bo’lib, MNS 
sezgirligiga bog`liq. Odamda o’limga olib keladigan miqdori 10ta terapevtik miqdor 
yoki ularning aralashmasi xisoblanadi. (fenobarbital 2gr., etaminal natriy – 1gr.).
Har qanday psixotrop vositalaridan zaharlanish bir qancha klinik bosqichlardan 
iborat bo’ladi: 
I. Bosqich - uyqu bosqichi 
II. Bosqich – yuzaki koma 
III. Bosqich - chuqur koma 
IV. Bosqich - qo’zg`alish
Psixotrop vositalar bilan zaharlanganda reanimatsion va simptomatik davo 
usullarini qo’llash, bemor ahvolining og`irligiga qarab organizmni faol ravishda 
zaharlangan preparatlardan holi qilish usullaridan foydalanish zarur.
Surunkali zaharlanishda esa zaharli preparatlarning organizmga tushishini 
to’xtatish, vitaminlar bilan davolash (V
1
, V
6
va V
12
vitaminlari bilan), psixoterapiya 
usulini qo’llash.
Organizmga vena orqali glyukoza – tuz eritmalarini V
1
, V
6
vitaminlari bilan 
yuborish, gemosorbtsiya, neyroleptiklar (galoperidol) yaxshi samara beradi. 
Alkogol va uning surrogatlari bilan zaharlanish. 
Alkogol bilan o’tkir zaharlanish odatda tarkibida 12% yuqori etil spirti bo’lgan 
ichimlik yoki etil spirti qabul qilinganda kuzatiladi. O’lim bilan tugovchi zaharlanish 
holatlarining 60% alkogol bilan zaharlanishga to’g`ri keladi. 
Etanol toksikokinetikasida taqsimlanishning 2 bosqichi farq qilinadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi


43 
Rezorbtsiya - so’rilish va eliminatsiya - ajralish. 
Birinchi bosqichda a`zo va to’qimalarning etanol bilan to’lishi, uning 
biotransformattsiyasi ajralishiga qaraganda tezroq boradi, buning natijasida qondagi 
etil spirti miqdori oshadi. Etanol to’qima membranasidan oson o’tib, oshqozonda 
(20%) va ichakda (80%) tezda so’riladi. Tahminan 1,5 soatdan so’ng qondagi 
miqdori maksimal darajaga etadi. Qon va to’qimalardagi etanol kontsentratsiyasi qon 
yaxshi ta`minlanadigan a`zolar (miya, jigar, buyrak) dagi spirt kontsentratsiyasi bir 
necha daqiqa davomida muvozanatlashadi. 
30% gacha etil spirti bo’lgan ichimlmklar juda tez so’riladi. Oshqozondagi 
ozuqa massalari alkogolning so’rilishini sekinlashtiradi, chunki adsarbtsiyaga 
uchraydi.
Och qoringa ichilganda, oshqozon kasallari bo’lgan bemorlarda (gastrit, 
oshqozon yarasi) rezorbtsiya tezligi yuqori bo’ladi. Organizmga tushgan etapolning 
90% jigarda alkogoldegidrogenaza fermenti ishtirokida quyidagi sxema bo’yicha 
oksidlanadi: etanol – atsetaldegid – sirka kislotasi – karbonad angidrid va suv.
1-2% etanol esa oddiy holatlarda barcha to’qimalarda (mushak va boshqalar) 
bo’ladigan katalaza fermenti ta`sirida atsetaldegidgacha oksidlanadi.
Alkogolning 10% esa o’zgarmagan holda o’pka va siydik orqali 7-12 soat 
ichida tashqari chiqariladi. Bu holat sud-tibbiyot mTBitsinasida va tashhis qo’yishda 
katta ahamiyatga ega. 
Etanol markaziy nerv tizimining tormozlanish jarayonini susaytiruvchi 
narkotik xususiyatga ega bo’lib, psixotrop ta`sir ko’rsatadi. Og`ir zaharlanish 
hollarida esa miya hujayralari metabolizmining o’zgarishi, mTBiator tizimi 
funktsiyasini buzilishi, kislorod almashinuvining pasayishi tufayli qo’zg`alish 
jarayoni ham kamayadi.
Etanolning narkotik ta`siri rezorbtsiya tezligiga (alkogol kontsentratsiyasi 
qanchalik tez o’ssa, narkotik ta`siri shunchalik yuqori bo’ladi), intoksikatsiya 
bosqichiga (qonda etanol kontsentratsiyasi bir xil bo’lganda, rezorbtsiya bosqichida 
narkotik effekt elimenatsiya bosqichiga qaraganda yuqori bo’ladi), alkogolga 
o’rganib qolishga (tolerantlikka) bog`liq bo’ladi. 
Etil spirtining o’limga olib keladigan bir martalik miqdori 4-12gr/kg (o’rtacha 
300ml 96% etanol-tolerantlik bo’lmaganda) ni tashkil qiladi. Alkogol komasi qonda 
etanol kontsentratsiyasi 3g/l, o’lim kontsentratsiyasi esa 5-6g/l.bo’lganda yuzaga 
chiqadi. 
Alkogol surrogatlari etil spirti asosida tayyorlangan, turli qo’shimchali 
ichimliklarga va etil spirti bo’lmagan, bir yoki ko’p atomli spirtlarga bo’linadi. 
Birinchi guruhga gidroliz va sulfitli spirtlar (yog`ochdan olingan gidrolizli 
spirt), denaturat (tarkibida ozgina metil spirt iva aldegidlar bo’lgan texnik spirt), 
odekolon va losonlar (60%gacha etil spirti va efir moylari bo’lgan) va boshqalar 
kiradi. YUqoridagi moddalar ichilganda alkogol bilan zaharlanishga o’xshash 
alomatlar kuzatiladi. 
Ikkinchi guruhga esa metil spirti va etilenglikol kiradi. Metanolning toksik 
ta`siri MNSning ishdan chiqishi, og`ir metabolik atsTBozning rivojlanishi, kuz to’r 
pardasining buzilishi va ko’ruv nervining distrofiyasi bilan bog`liq. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


44 
O’limga olib keladigan miqdori-100ml. 100ml metanolni ichish oqibatida 
o’lim yuz beradi. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin