35
— zararlanishning klinik manzarasini tez yuzaga chiqaruvchi zaharlovchi
moddalar;
— zararlanishning klinik manzarasini sekin rivojlantiruvchi zaharlovchi
moddalar.
Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalarga: zarin, zoman.
V- gazlari, tsianid
kislota, xlortsian, shuningdek kuz va yuqori nafas yo’llari
shilliq pardasini
ta`sirlovchi zaharlovchi moddalar kiradi. Bu moddalar organizmga ta`sir qilganda
zararlanish manzarasi bir necha daqiqa ichida rivojlanib (fosfororganik zaharlovchi
moddalar, tsianid kislota) 1-10 daqiqa ichida o’lim ro’y beradi.
Sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalarga ipritlar va fosgenlar kiradi. V-
gazlari teriga ta`sir qilganda klinik alomatlari sekin rivojlanadi.
Bu moddalar
organizmga ta`sir qilganda zararlanish alomatlari mutlaqo yuzaga chismasdan
yashirin davr kuzatilishi mumkin. Bu davr bir necha daqiqadan (V- gazlari) bir necha
soatgacha (iprit, fosgen) cho’zilishi mumkin.
Kimyoviy qurol qollanilgan rayonda kimyoviy
moddalardan zaharlanish
o’chog`i hosil bo’ladi, uning kattaligi ishlatilgan zaharlovchi modda miqdoriga, uning
turiga, ishlatish usuliga hamda ob-havo sharoitlariga bog`lik bo’ladi. Zaharlovchi
moddalar o’zining zaharlash xususiyatini qancha vaqt saqlay olishiga qarab chidamli
va chidamsiz zaharlovchi zaharlovchi moddalarga ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: