30
Snmptomatik davolash. Og`ir zaharlanish hollarida simptomatik vositalar keng
qo’llaniladi. Davolash va boshqa tadbirlar zaharlanish darajasi, gipertenziv sindrom
dinamikasi va darajasi, a`zolar (yurak va boshqalar) va tizimlar holatiga ko’ra bir
necha yo’nalishda olib boriladi.
Nafas markazini faollashtirish uchun 1 ml tsititon eritmasi yoki 1% li lobelii
gidroxlorid eritmasining 1 ml si glyukoza yoki izotonik eritmalarga qo’shilgan holda
venaga yuboriladi. Arterial bosim pasayib ketganda venaga 0.5—1 ml dan strofantin,
kordiamin, kofein yuboriladi, Puls kamayib ketganda 0,1 % li atropin eritmasi 1 ml.
dan teri ostiga yuboriladi. Puls tezlashgan vaqtda atropin yuborish tavsiya etilmaydi.
Metgemoglobin hosil qiluvchi ziddi-zaharlar yuborilgandan so’ng
kislorod
ingalyatsiyasi o’tkazish yaxshi natija beradi.
Zaharlanish sababli kelib chiqqan talvasalar simptomatikasida mushaklar
orasiga 1 gr. natriy tiopental eritmasi yuboriladi yoki 2% li xloralgidrat eritmasining
10 ml. ho’qna (klizma) qilinadi. Og`ir hollarda miorelaksantlar bilan efir-kislorod
narkozi beriladi.
Xlortsiandan zaharlanganda tezda kuz va og`iz shilliq pardasi 2% li natriy
gidrokarbonat eritmasi bilan yuviladi, kuzga og`riqsizlantiradigan dori-darmonlar
quyiladi. Agar zaharlovchi modda organizmga me`da-ichak yo’li
orqali tushgan
bo’lsa, u holda zudlik bilan me`da margantsovka eritmasi (1 : 1000) yoki 3% li natriy
gidrokarbonat eritmasi bilan yuviladi
— zararlanmagan joylarda bo’lganda «og`izdan-og`izga», «og`izdan-burunga»
yoki asboblar yordamida sun`iy nafas oldiriladi.
— yurak faoliyati susayib qolganda 1 ml 0,06% li korglyukon eritmasi, 0,5 ml
0,05% li strofantin eritmasi, analeptiklardan 1-2 ml 1,5% li etimizol eritmasi yoki 2
ml kordiamin eritmasi va boshqalar mushaklar orasiga yuboriladi.
SHifokor ko’rsatadigan birinchi va malakali tibbiy yordam tibbiy kechiktirib
bo’lmaydigan tadbirlar:
— zaharlanganlarga ziddi-zaharlar bilan davo qilish uchun 20—50 ml 30% li
natriy sulfat eritmasi va glyukoza eritmasi venaga yuboriladi;
— nafas olish buzilganda analeptiklardan 2—3 ml 1,5% li etimizol eritmasi, 1
ml tsititon eritmasi yoki 2 ml kordiamin eritmasi venaga yuboriladi;
— nafas olish jarayoni buzilganda «og`izdan-og`izga», «og`izdan-burunga»
yoki asboblar yordamida sun`iy nafas oldiriladi;
— yurak faoliyati susayib ketganda yurak glikozidlaridan 1 ml 0,05% li
strofantin eritmasi, 1 ml 0,06% li korglikon eritmasi yoki 1 ml 0,025% li digoksin
eritmasi venaga, analeptiklardan 1—2 ml kordiamin teri ostiga yuboriladi. Kollaps
holati rivojlanganda 1 ml 0,1% li adrenalin eritmasi 1 ml 5% li efTBrin, 2 ml 0,2% li
noradrenalin eritmasi bilan teri ostiga yuboriladi;
— puls juda sekinlashib ketganda atropin yuborilmaydi;
— antibiotiklar qo’llanilmaydi;
— infuzion terapiya vaqtincha o’tkazilmaydi;
— desensibilizatsiya qiluvchi preparatlardan dimTBrol, suprastin, tsimetidin va
boshqalar davolash maqsadida vaqtincha buyurilmaydi;
— vitaminlar vaqtincha buyurilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
Kechiktirib bo’lmaydigan tadbirlar kerak bo’lganda zararlanganlarga ziddi-
zaharlar bilan (natriy tiosulfat,
glyukoza, vitamin V
6
) davolash ishlari qaytadan
o’tkaziladi;
— yurak-qon tomirlar faoliyatini yaxshilovchi vositalar hamda analeptiklardan
va boshqa vositalardan simptomatik davolash ishlarini olib borish uchun
foydalaniladi;
I— reanimatsiya tadbirlaridan: nafas olish to’xtashi yoki buzilishi ro’y
berganda tezlik bilan sun`iy nafas oldirish kerak buning uchun avval og`iz bo’shligi,
halqum surgich yordamida suyuqliklardan tozalanadi va 5 shaklli yutqin naycha yoki
nafas oluvchi naycha TD-1 yordamida yoki bo’lmasa asboblar bilan nafas oldiriladi;
— yurak faoliyati buzilganda yurak glikozidlari, analeptiklar va boshqa dori-
darmonlardan
foydalaniladi, yurak to’xtab qolganida yurak ko’krak qafasi ustidan
yoki ochiq usulda massaj qilinadi Uglerod oksidi organizmga faqat nafas yo’llari
bilan tushadi va chiqib ketadi. Uglerod oksidi shunday xususiyatga egaki, uning
gemoglobinga yaqinligi kislorodning gemoglobinga yaqinligiga qaraganda 250—300
marta ortiqdir. SHu sababli atmosfera havosiga uglerod oksidi salgina aralashganda
ham gemoglobinning bir qismi karboksigemoglobinga aylanadi. Karboksigemoglobin
kislorod bilan reaktsiyaga kirisha olmaydi, shuningdek
sekinlik bilan parchalanish
xususiyatiga ega.
Uglerod
oksidning
zaharlash
xususiyati
uning
havo
tarkibidagi
kontsentratsiyasiga, kishini qancha vaqt zaharli havodan nafas olganligiga,
zaharlangan joyda jismoniy ish bajarganligiga bog`liq bo’ladi. Jismoniy ish
bajarilayotgan vaqtda o’pka ventilyatsiyasi kuchayadi. Masalan, o’pka ventilyatsiyasi
tinch holatda 5 l/min ni, me`yordagi jismoniy ish bajarilgan vaqtda 20 l/min ni, og`ir
jismoniy ish bajarilgan vaqtda 30 l/min ni tashkil etadi (18- rasm).
Uglerod oksidining ish zonasi havosida yo’l quyiladigan eng katta
kontsentratsiyasi 0,002% (0,03 mg/l hajmi) ga teng.
Dostları ilə paylaş: