Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Klinik 
 
manzarasi. 
Zararlanish 
darajasi 
tsianid 
kislota 
bug`lari 
kontsentratsiyasi, ta`sir qilish vaqti, organizmning o’ziga xos xususiyatlariga bog`liq 
bo’lib, zaharlanish engil, o’rtacha va og`ir darajalarda o’tadi. 
Engil 
darajadagi 
zaharlanish 
zaharlovchi 
moddaning 
havodagi 
oz 
kontsentratsiyasi qisqa vaqt ekspozitsiya qilinganda sub`ektiv buzilishlar bilan 
ifodalanadi: og`izdan nohush, tahir, achchiq bodom ta`mi keladi, tinka-mador qurib, 
bosh aylanadi.Bir qancha vaqtdan so’ng shilliq qavatlarda uvishib qolishni his etish 
sezgisi, ko’p so’lak oqishi, ko’ngil aynishi paydo bo’ladi- Tomoqda, traxeyada va 
to’sh ortida timdalanish, hamda ko’krak qisilishi sezgilari kuzatiladi. 
Jismoniy ish bajarish kerak bo’lgan vaqtda tezda hansirash, mushaklarda 
kuchsizlik,quloqlarda shovqin eshitilishi, nutqning qiyinlashishi va ayrim hollarda 
qusish kuzatiladi. Ushbu belgilar bilan zaharlangan odam tsianid kislotadan 
zararlangan muhitdan tezda olib chiqib ketilsa yoki tezda unga protivogaz kiygizilsa 
www.ziyouz.com kutubxonasi


25 
bir necha daqiqadan so’ng asta-sekin yo’qola boshlaydi. Lekin umumiy lohaslik, 
bosh og`rishi, mushaklar kuchsizligi I—3 kun orasida saqlanib qolishi mumkin. 
SHundan so’ng zararlangan odam to’liq tuzalib ketadi. 
O’rta 
darajadagi 
zaharlanishda 
to’qimalarning 
kislorodga 
tanqisligi 
simptomlari yakqol ko’rinadi. YUqorida aytib o’tilgan klinik simptomlar zaharli havo 
bilan nafas olinganda tezda namoyon bo’ladi, zararlanganlarda qo’zg`alish paydo 
bo’ladi, odam o’lim vahimasiga tushib qoladi, CHakka arteriyalarining urishi, quloq 
shangillashi, bosh og`rishi paydo bo’ladi. To’sh orqasida, yurak sohasida og`riqlar 
paydo bo’ladi, nutq buziladi, so’lak oqishi kuchayib, mushaklarda zaiflik kuzatiladi. 
Ko’ngil aynaydi va qusish rivojlanadi. Zaharlanganlar tekshirib ko’rilganda shilliq 
qavat va teri qavatlari qirmizi rangda ekanligi aniqlanadi, puls kamayib ketadi 
(bradikardiya), arterial bosim birmuncha ko’tariladi. nafas olish yuzaki bo’ladi. 
Ayrim vaqtlarda zararlangan kishilarda klonik talvasalar kuzatiladi. O’z vaqtida 
yordam ko’rsatilib,zararlangan atmosferadan olib chiqib ketilsa, ular tezda hushiga 
keladi. Zaharlanish alomatlari kamayib. yo’qola boshlaydi, lekin ular umumiy 
lohaslik, bosh og`rishi,yurak sohasida yoqimsiz sezgi sezish, yurak urishidan 
shikoyat qiladilar, Bunday ahvol 6-kungacha saqlanib qolishi mumkin. 
Og`ir zaharlanish belgilari tezda rivojlanadi, talvasalar paydo bo’ladi, hatto 
o’lim kuzatilishi mumkin. Og`ir zaharlanish klinikasi sxema tarzida to’rt bosqichga 
bo’linadi; 
a) boshlangich bosqich — yashirin davrsiz yuzaga keladi, zaharlanganlar 
og`izda nohush, tahir, achchiq bodom ta`mini sezadi, tezda ko’krak qisilishi. quloq 
shangillashi, bosh aylanishi, behollik, chakka arteriyalar pulsatsiyasi, ko’ngil 
aynishini sezadilar. Besaranjomlik paydo bo’ladi, yurak tez uradi. Bu tezda hansirash 
bosqichiga o’tadi; 
b) hansirash bosqichi — kislorod tanqisligi keskin rivojlanganligi bilan 
ifodalanadi (to’qima gipoksiyasi): azobli hansirash paydo bo’ladi, teri qavatlari va 
shilliq qavatlar pushti rangga kiradi. Nafas olish tez-tez va chuqurlashgan bo’ladi, 
yurak sohasida xurujsimon og`riq paydo bo’lib, puls sekinlashadi. Zararlangan 
odamda o’lim vahimasi paydo bo’ladi, kuz qorachiqlari kattalashib ketadi. YUz 
mushaklari tortishib. ba`zi mushaklarning rigidligi paydo bo’ladi, es-hush 
xiralashadi, besaranjomlik paydo bo’ladi; 
v) talvasalar bosqichi -zararlangan odamning ahvoli keskin yomonlashib 
ketadi. Ekzoftalm paydo bo’ladi, nafas olish sekinlashadi va aritmiya rivojlanadi. 
Butun tanada tonik va klonik tortishishlar kuzatiladi. Kuz qorachigi kengayib, 
korneal reflekslar yo’qoladi, kishi hushidan ketadi. Og`izdan ko’p so’lak oqadi. Teri 
qavatlari va shilliq qavatlar och pushti rangga kiradi. Bexosdan siydik ajralishi hamda 
defekatsiya kuzatiladi. Talvasalar bosqichi bir necha daqiqadan bir necha soatgacha 
davom etishi mumkin. Agar shu bosqichda tibbiy yordam ko’rsatilmasa, tezda 
falajlanish bosqichiga o’tadi; 
g) falajlanish bosqichi — bu bosqichda mushaklar tortishishi yo’qoladi va 
ularning bo’shashishi kuzatiladi. Reflekslar yo’qolib ketishi tufayli adinamik holati 
yuzaga keladi. Nafas olish keskin pasayib ketadi, yuzaki bo’lib qoladi. Arterial bosim 
keskin tushib, puls ipsimon, tezlashgan bo’lib qoladi. Zararlanganlar og`ir komatoz 
www.ziyouz.com kutubxonasi


26 
holatga o’tadi. reflekslar qisman yoki to’liq yo’qoladi, o’z-o’zidan siydik ajralishi va 
defekatsiya kuzatiladi. SHundan so’ng nafas markazi falajlanishi tufayli nafas olish 
to’xtaydi. YUrak qisqarishi 3—5 daqiqa mobaynida kuzatilib turishi mumkin, keyin 
yurak urishi to’xtaydi. Agarda zaharlanganlarga shu vaqt ichida shoshilinch yordam 
ko’rsatilsa, ularning hayotini saqlab qolish mumkin. 
Zararlanish simptomlari uncha rivojlanmagan vaqtda talvasalar bosqichi bir 
necha soatgacha davom etadi, so’ngra zaharlanish simptomlari kamayganligi 
aniqlanadi. Tsri qavatlari va shilliq qavatlardan qirmizi rang yo’qoladi. Bu bosqichda 
qonda o’zgarishlar paydo bo’lganligi aniqlanadi: gemoglobin va eritrotsitlar miqdori 
oshadi, leykotsitoz aniqlanadi (formulasi chap tomonga siljigan bo’ladi –
limfopeniya). Anoeozinofiliya va giperglikemiya kuzatiladi. venoz qonda kislorod 
miqdori oshgan bo’ladi, EKG da ham mushak va toj arteriyalar etishmovchiligi 
kuzatiladi. Siydik tekshirib ko’rilganda proteinuriya va tsilindrlar soni ko’payib 
ketganligi aniqlanadi. 
Bu barcha buzilishlar to’qimalar nafas olishi tiklanishi bilan asta-sekin (3—6 
soat ichida) yo’qolib ketadi. 
Havo tarkibida tsianid kislota miqdori yuqori bo’lganda zararlanganlarda 
yashin tezligida rivojlanadigan klinik simptomlar paydo bo’ladi. Zararlanishning bu 
turi juda noqulay hisoblanadi, chunki zaharlanishning klinik simptomlarini tezda 
aniqlashga vaqt etmaydi va tibbiy yordam ham kechiktirib ko’rsatiladi. Bunday 
zararlanganlar tezda hushini yo’qotadi, nafas olish yuzaki bo’lib, tezlashib ketadi. 
Puls tezlashgan va aritmik holda bo’ladi, tezda talvasalar paydo bo’ladi. Talvasalar 
bosqichi bir necha daqiqagina davom etadi, zararlangan odam kuzi chaqchaygan 
holda nafas olishdan to’xtaydi va o’ladi. 
TSianid kislotadan og`ir zaharlangan odamga o’z vaqtida tibbiy yordam 
ko’rsatilganda klinik belgilar asta-sekin yo’qolsada ularda bir-ikki haftagacha 
ko’krakda og`irlik sezish, nutq buzilishi, bosh og`rishi, harakatlar buzilishi, ko’ngil 
aynishi, terlash, EKG da o’zgarishlar va behollik kabi alomatlar ularni bezovta qilib 
turadi. Zaharlanish og`ir asoratlar qoldirib ketishi mumkin, bo’lardan aspiratsion 
pnevmoniya, mushaklar falaji, psixikaning buzilishi uchrab turadi. 
Xlortsiandan zaharlanish xususiyatlari. Xlortsian ham xuddi tsianid kislotaga 
o’xshash to’qimalar oksidazalari bo’lmish tsitoxromoksidaza fermentini inaktivatsiya 
qiladi. Fizik va kimyoviy xossalari jihatidan farq qilmaydi, lekin zaharlanish 
klinikasida o’ziga xos xususiyatlarga ega. Xlortsian bilan zararlangan atmosferada 
nafas olinganda kuz va nafas yo’llari shilliq qavatlari ta`sirlanadi. Juda ham oz 
kontsentratsiyasi kuzda, burunda, halkumda achishish, qichishish simptomlarini 
keltirib chiqaradi. Ko’p miqdori kuzdan yosh oqizadi, yorug`likdan qo’rqish paydo 
bo’ladi. aksirish va yo’talish yuzaga keladi. 
Zaharlanishning og`ir darajasida nafas qisishi, teri qavatlari va shilliq 
qavatlarning yallig`lanishi va ularning pushti rangga kirishi kuzatiladi, ayrim hollarda 
o’pka shishi rivojlanishi mumkin. 
Xlortsianning yuqori kontsentratsiyasidan nafas olinganda zararlanganlar nafas 
markazi falajlanishi tufayli tezda o’ladilar. Ular sog`ayib ketgan taqdirlarida ham 
www.ziyouz.com kutubxonasi


27 
ancha vaqtgacha kuz va nafas a`zolarida hamda og`iz shilliq qavatida yallig`lanish 
alomatlari saqlanib qoladi. 
TSianid birikmalaridan zaharlanib o’lganlar murdasi yorib ko’rilganda teri 
qavatlarida och qizil rangdagi o’lik dog`lari bo’ladi, shilliq va teri qavatlari pushti 
rangda ekanligi aniqlanadi. Kuz olmasi chaqchaygan holatda, kuz qorachig`i 
kengaygan bo’ladi. Oqib chiqqan qon suyuq qirmizi rangda bo’ladi. Barcha ichki 
a`zolar (o’pka. yurak jigar, mushaklar va boshqalar) ham och qizil rangda bo’ladi. 
Ichki a`zolar tekshirib ko’rilganda, ayniqsa miya tekshirib ko’rilganda ulardan 
achchiq bodom hidi aniqlanadi. Zaharlanganlarga metilen ko’ki bilan davo qilingan 
bo’lsa. o’lganlarning ichki a`zolari, teri qavatlarida och qizil rang kuzatilmasligi 
mumkin. 
Ichki a`zolar tekshirilganda ularda qon dimlanishi kuzatiladi. YUrak shilliq 
qavatlarida, plevralarda qon quyilishlar kuzatiladi. Bu organizmda kislorod 
etishmovchiligidan dalolat beradi. YUrak mushaklari bo’shashgan, suyuq qon bilan 
to’lgan bo’ladi. Traxeya va bronxlarda shilimshiq pardalar borligi aniqlanadi. 
Miya va miya pardalari tekshirilganda ularning shishganligi kuzatiladi, ularda 
ham to’laqonli hamda nuqtali qon quyilishlar aniqlanadi. Ayniqsa, simmetrik 
joylashgan po’stloq osti tugunlarida nekroz o’choqlari rivojlanganligi kuzatilishi 
mumkin. O’limdan so’nggi tashhisni aniqlash maqsadida (baxtsiz hodisalar ro’y 
bergan vaqtda albatta sud tibbiy ekspertizasi o’tkazilishi kerak) miya to’qimasi, 
tsianid kislotaga (tsianidlarga) nisbatan tahlil qilinishi kerak 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin