32
Organizmga
uglerod
oksidi
tushishi
to’xtasa
qon
tarkibidagi
karboksigemoglobin asta-sekin parchalana boshlaydi va o’pka orqali uglerod oksidi
tashqariga
chiqadi.
Agar
kislorod
organizmga
bosim
ostida
kiritilsa,
karboksigemoglobinning parchalanishi tezlashadi. Bunda kislorod raqobat yo’li bilan
uglerod oksidini gemoglobindan ajrata boshlaydi. SHuni e`tiborga olish kerakki, qon
tarkibidagi karboksigemoglobin oksigemoglobin dissotsiatsiyasini (parchalanishini)
kamaytirib yuboradi, buning natijasida to’qimalarga kislorod
tashilishi qiyinlashadi
va gipoksiya holati yanada kuchayadi (Xolden effekti). Ushbu qonuniy hodisani
Xolden 1895 yili sichqonlarda o’tkazgan tajribalarda aniqlagan. Kislorod
karboksigemoglobinning parchalanishini tezlashtirgani
va
Xolden effektini
kamaytirgani uchun ham uni uglerod oksidining ziddi-zahari deb hisoblash mumkin.
Karboksigemoglobinning organizmda tezda parchalanib ketishi va uglerod oksidi
tashqariga chiqib ketishi kislorod yuqori bosim ostida berilganda (giperbarik
oksigenoterapiya) tezlashadi.Qon tarkibida karbonat angidrid bo’lishi alohida
ahamiyatga ega. agar qon tarkibida karbonat angidridning portsial bosimi oshirilsa,
karboksigemoglobinning parchalanishi ortib ketadi, Xolden effekti kamayadi. Bunda
kislorod-gemoglobin bog`lanishi kamayganligi sababli to’qimalarga kislorod
tashilishi osonlashadi. Kislorod bilan karbonat angidrid aralashmasi karbogen deb
nomlanadi. bu aralashma nafas markazini Kuzgatish xususiyatiga ega, nafas olishni
tezlashtiradi, uglerod oksidining organizmdan chiqib ketishiga sharoit yaratadi.
Karbogen bilan nafas oldirish uglerod oksidi bilan zararlanishning og`ir
darajasida
buyuriladi.
Keyingi vaqtlarda ko’pgina tadqiqotchilarning aniqlashicha, uglerod oksidi
organizmga tushganida gemin fermentlari bilan reaktsiyaga kirishib,
ularning
faoliyatini susaytirib qo’yadi. Masalan, tsitoxromoksidaza fermenti (tsitoxromaz)
bilan birikishi tufayli to’qimalarning nafas olishi yomonlashadi. Katalaza
fermentining ish faoliyati buzilishi sababli organizmda ko’p miqdorda toksik vodorod
peroksidi hosil bo’ladi, eritrotsitlar gemolizi tufayli qon tarkibida gemoglobin
miqdori
keskin kamayib ketadi, jigardagi tsitoxrom R-450 bilan birikib. jigarning
zaharsizlantirish xususiyati keskin kamayib ketadi, adenozintrifosfataza fermenti
faolligi pasayib ketganligi sababli oksidlanish-fosforlanish reaktsiyasi susayadi»
natijada to’qimalarda ATF kamayib ketadi. SHunday qilib, organizmda paydo
bo’lgan gemik gipoksiya holatiga gipoksiyaning boshqa turlari qo’shiladi.
Mushaklar tarkibidagi mioglobin (mushaklar pigmenti)
organizmda kislorod
deposi bo’lib hisoblanadi, u jismoniy ish bajarilganda mushaklarni energiya bilan
ta`minlaydi. Uglerod oksidining mioglobin bilan birikishi xuddi gemoglobinni
uglerod oksidi bilan birikishiga o’xshaydi, bunda karboksimioglobin
birikmasi hosil
bo’ladi. Natijada ish bajaradigan mushaklarning kislorod bilan ta`minlanishi buziladi.
Kishining holsiz bo’lishi, kuch-kuvvati yo’qolishi, uglerod oksidi bilan
zaharlanganda kelib chiqadigan klinik simptomlar yuqorida ko’rsatilgan
o’zgarishlarga sababchi bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: