Toksikologiya asoslari doc



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

kontsentratsiyasi
deb biror hajm birligidagi 
mikdoriga aytiladi. Kontsentratsiya — litr (mg/l), (g/l), (g/m ) gramm yoki 
milligrammlarda ifodalanadi. Suvning va havoning qay darajada zararlanganligi shu 
tarifda belgilanadi. 
Zaharlovchi moddaning maydon birligiga to’g`ri keladigan miqdori zaharlanish 
tig`izligi deb ataladi. Bir metr kvadratdagi zaharlovchi modda grammlar bilan 
ifodalanadi (g/m ). Joylar, yo’llar va texnika buyumlarining zaharlanish darajasi ana 
shunday ifodalanadi. 
Toksikologiyada zaharlovchi moddalarning zaharlilik darajasini belgilash 
uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi: 
— 
yo’l qo’ysa bo’ladigan kontsentratsiyasi va miqdori 
bunda 
zaharlovchi modda uzoq muddat ichida ta`sir qilsa ham kishi organizmida hech 
qanday o’zgarish yuzaga kelmaydi; 
— 
bo’sag`a miqdori yoki kontsentratsiyasi
— bunda engil darajadagi klinik 
alomatlar paydo bo’ladi, ish qobiliyati pasayib ketadi; 
— o’rtacha safdan chiqaruvchi miqdori va kontsentratsiyasi
— kishilar va
50% i ish bajarish xususiyatini yo’qotadi va IC
50
va ID
50
belgilari bilan ifodalanadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi



Bu erda I — ingliz so’zining birinchi harfi bo’lib, Incapacitating — qobiliyatsiz, 
qobiliyati yo’q degan ma`noni bildiradi; 
— 
o’ldiradigan o’rtacha miqdor va kontsentratsiyasi
— bunda zaharlangan 
kishilarning 50% i halok bo’ladi va CL
50
, DL
50
lar bilan ifodalanadi; 
— 
absolyut o’ldiradigan miqdori yoki kontsentratsiyasi
— bunda 
zaharlanganlarning 90—100% i halok bo’ladi va SL
50
, DL
50
bilan ifodalanadi. 
Zaharlovchi moddaning organizmda qanday patologik jarayonlar rivojlanishiga 
olib 
kelishi 
ko’p 
jihatdan 
organizmda 
zaharlovchi 
moddaning 
qanday 
biotransformatsiyaga uchrashiga bog`liq Agar organizmga tushgan zaharlovchi 
modda miqdori ma`lum vaqt ichida kam miqdorda chiqarilsa, unda organizmda asta-
sekinlik bilan to’planib boradi. Buning natijasida zaharlovchi moddaning ta`sir kuchi 
va ta`sir muddati oshib boradi, ya`ni kumulyatsiya hosil bo’ladi. Kumulyatsiya ikki 
xilda bo’ladi: 
1. 
Moddiy kumulyatsiya
—bunda zaharlovchi modda organizmda sof holda 
to’planib boradi. 
2. 
Funktsional kumulyatsiya
— zaharlovchi modda organizmga ta`sir kuchini 
to’plab boradi. 
Zaharlovchi modda to’qimalarda to’planib borgani bilan ularda qaytmas 
o’zgarishlarni keltirib chiqarmaydi. lekin uning funktsiyasiga kuchli ta`sir ko’rsatadi. 
SHuning uchun organizmga tushadigan zaharlovchi moddalarning miqdorsi va 
kontsentratsiyasi hal kiluvchi ahamiyatga ega. 
www.ziyouz.com kutubxonasi




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin