Ilon chaqqanda birinchi yordam ko’rsatish:
1. Birinchi yordam ko’rsatishning asosiy qoidalariga amal qilish kerak.
2.Jabrlanuvchiga qulay o’rnashib olishiga yordam berib, hamda, agar imkon bo’lsa,
zahar so’rilishini sekinlashtirish uchun, tananing chaqilgan qismini yurak sathidan
pastroq tushirish.
3.CHaqilgan joyga muz qo’yish.
4.Jabrlanuvchini tinchlantirish hamda unga harakatsiz yotishni maslahat berish.
Ilon chaqishi kamdan-kam hollarda o’limga olib keladi. Biroq bemorga iloji
boricha tezroq vrach yordamini ko’rsatish kerak. Kichik bolalar, tana massasi kichik
bo’lgani uchun. havf-xatarda qolib ketishi mumkin.
Zaharni og`iz bilan so’rib olishga urinmaslik, jarohatni ishqalamaslik hamda jgut
bog`lamaslik zarur.
11-BOB
ZAHARLOVCHI MODDALAR BILAN ISHLASH QOIDALARI
Zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda yoki unga shubxa qilinganda
himoya choralariga qat`iy rioya qilish kerak. Dala sharoitida tortuvchi ventilyatsiya
moslamalari, gaz, suv tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarining yo’qligi kimyoviy
tekshirishlar o’tkazish uchun ma`lum qiyinchilik tug`diradi. SHuning uchun
tekshirish o’tkazilayotgan vaqtda quyidagi havfsizlik texnikasi qoidalariga rioya
qilish zarur:
1.namuna bilan qilinadigan barcha operatsiyalar, ya`ni ob`ektlardan olib kelingan
namunalar kuzdan kechirilayotganda, ularni boshqa idishlarga solish, aniq miqdorni
olish, qismlarga bo’lish va boshqa ishlar bajarilayotgan vaqtda protivogaz, himoya
qo’lqopi kiyilgan bo’lishi, fartuk taqilishi kerak;
2.tahlil o’tkazilayotgan joyda oziq-ovqat, suv iste`mol qilish va ularni saqlashga
ruxsat berilmaydi.
3 tahlil o’tkazilayotgan joyda begona kishilarning bo’lishi mumkin emas;
www.ziyouz.com kutubxonasi
65
4.berk joylarda, xandaqlarda, ish olib borilayotgan vaqtda vaqti-vaqti bilan shu
joylarni shamollatib turishga harakat qilish kerak, ma`lum vaqtdan so’ng ishlayotgan
joyning havosi tozaligi indikator naychalari yordamida tekshirib turilishi lozim;
5.juda ko’p namunalar bilan ishlashga to’g`ri kelib qolganda, ularni zich yopiladigan
maxsus yashiklarda yoki maxsus ajratilgan joylarda saqlash kerak;
6.ochiq joyda ishlayotgan vaqtda tekshirish ishlarini o’tkazayotgan kishi shamol
esadigan tarafda turib ishlashi kerakki, esgan shamol zaharlovchi modda bug`larini
boshqa tomonga olib ketishi uchun;
7.tahlil o’tkazib bo’lgandan so’ng namuna qoldiqlari, laboratoriya idishlari va
apparatlar ichida qolgan narsalar mahsus tayyorlangan joyga ko’milishi kerak;
8.asboblar, ishlatilgan maxsus jihozlar va boshqalar zaharlovchi moddaning turiga
qarab degazatsiya qilinadi;
9.tahlil ishlarini olib borgan kishi ish tugagandan so’ng sanitariya ishlovidan o’tishi
kerak.
Dala sharoitida suvni degazatsiya va dezaktivatsiya qilish uchun muhandislar
xizmati bo’limi tabelidagi filtrlar: MAFS-6000—bir soatda 6000 litr suvni
tozalaydigan mexanizatsiyalashgan avtofiltrlash stantsiyasi va TUF-200 — bir soatda
200 litr suvni tozalaydigan to’qima-ko’mir filtrdan foydalaniladi (5-jadval).
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
5-jadval.
Dostları ilə paylaş: |