60
Badbo’y muxomor.
Badbo’y muxomor archazorlar va qarag`ayzor o’rmonlarda
uchraydi. Qalpog`i sharsimon, qonus shaklida (tepasi uchli), oq, ba`zida
sariq
rangda, po’sti yomg`ir yoqqanda shilimshiq bo’lib qoladi. Quruq o’rmonda yaltirab
turadi. Plastinkalari oq. Poyasi oq, paxmoq, halqali bo’ladi.
Sariq shampinon.
Ko’pchilik shampinon iste`mol qiladi.
biroq uning zaharli,
sariq turi borligini ko’pchilik bilmaydi. Qo’ziqorinning qalpog`i qo’ng`iroqsimon,
xo’rakisiniki esa sharsimon bo’ladi. Qo’ziqorin go’shti qo’ng`ir-oqish rangda bo’ladi,
xo’rakisinikidan farqli ravishda, u ezilsa, sarg`ayadi. Qo’ziqorinda «dori hidi» bor.
Poyasi oq, g`ovak, asosi shishgan bo’ladi. Etilgan zaharli qo’ziqorinning plastinkasi
jigarrang.Xo’raki shampinonning go’shti doim oq bo’ladi, yosh qo’ziqorinning
plastinkalari och-pushti, etilganiniki -binafsha - pushti rangdan to’q binafsha ranggacha
bo’ladi.
Soxta tunka zamburug`i.
Soxta to’nka zamburug`i har xil bo’ladi. Qalpog`i
qizg`ish-sarg`ish rangda, dastlab dumaloq-do’mboq bo’lib, keyinchalik yarim yoyiladi,
qizil-qo’ng`ir,
sargish-qizil, och qizil-jigarrangga kiradi. Qalpog`ining` markazida
rang to’qroq bo’ladi, qalpog`ida (tangasimon) qoplama bo’lmaydi. Go’shti sarg`ish, hidi
yoqimsiz. Plastinkalari yopishib o’sgan, yosh qo’ziqorinda bo’g`iq
sariq rangda,
etilganlarida — qo’ng`ir-yashil rangda bo’ladi. Poyasi ostiga karab ingichkalashib ketadi,
quyisida qo’ng`ir rangga kiradi. Qung`ir qalqa qoldig`i sezilmay ketadi. Xo’rakiga
o’xshaydi-yu, undan kichikroq bo’ladi. Guruh-g`uruh bo’lib o’sadi.
Dojdevik.
Qo’ziqorin yig`uvchilar orasida eng mashhuri — dojdevikdir. Uni
soxga dojdevikdan farqlay olish lozim. Soxta dojdevik yoqimli hid taratadi. Mevali tanasi
sharsimon yoki tug`unaksimon shaklda bo’ladi, soxta poyasi bo’lmaydi. Qobig`i bir
qavat. Qo’ziqorin yo’g`on, po’sti qalin, buqog`li, kamdan-kam hollarda qoplamali,
oqish-sarg`ish, kamdan-kam hollarda sarg`ish-qizil rangda bo’ladi. YOsh qo’ziqorin
yorilsa, qobiq ostida dastlab sarg`ish-oqish go’shti ko’rinadi, so’ng
u binafsha qora
rangga kiradi, etilganida esa jigarrang-kulrang kasb etib, oqish yo’llari bo’ladi,
marmarsimon jilva qiladi, bu uni haqiqiy dojdevikdan farqlovchi asosiy jihatidir.
Dostları ilə paylaş: