8-BOB KUYDIRUVCHI MODDALAR BILAN O’TKIR ZAHARLANISH. Kuydiruvchi moddalar bilan o’tkir zaharlanish.
O’tkir maishiy zaharlanishlar orasida kuydiruvchi moddalar bilan zararlanish
asosiy o’rinlardan hisoblanadi. Organik moddalar: sirka(uksus), shavel kislotasi bilan
zaharlanishlar kuydiruvchi zaharlar bilan shikastlanishlarning 70% ni, noorganik
kislotalar bilan zaharlanish 7% ni, ishqorlar bilan zararlanish (nashatir spirti,
o’yuvchi kaliy va natriy) – 15% ni, oksidlovchilar (vodorod peroksidi, kaliy
permanganat) – 8% ni tashkil qiladi.
Sirka kislotasi teri va tekstil sanoatida organik bo’yoqlar bilan birga, plastit
massa, gerbitsid, kimyoviy reaktiv, xushbo’y moddalar, dori vositalari, organik
modda erituvchilari, eritmalar tayyorlashda ishlatiladi.
Vodorod peroksid. Fizik va kimyoviy xossalari . Vodorod peroksid
(N2O2)—rangsiz suyuqliq Molekulyar og`irligi 34,01. Qaynash harorati +15,.4°S,
erish harorati—0,46°S. Kam uchuvchan modda. SHuning uchun nafas yo’llari orqali
zararlanishlar kam uchraydi. Zararlanish asosan suyuqlik yoki aerozol ko’rinishidagi
moddaning ta`siri tufayli yuz berishi mumkin. Vodorod peroksid tarkibida kislorod
miqdori 90—93% ni tashkil qilib, kuchli oksidlovchi modda bo’lib hisoblanadi.
Ta`sir mexanizmi Vodorod peroksid organizmga tushganda asosan qon
gemolizi ro’y beradi va ko’p miqdorda metgemoglobin hosil bo’ladi. Organizmdan
moddalar almashinuvi natijasida ajralib chiqadi va uning organizmda ko’plab
yig`ilishiga va to’planishiga peroksidaza va katalaza fermentlari to’sqinlik qiladi.
Vodorod peroksiddan zaharlanganda ushbu fermentlar faolligi keskin pasayib ketadi,
shu bilan birga eritrotsitlar membranasi butunligini ushlab turuvchi qaytarilgan
glutation (G—5N) miqdori kamayib ketadi. Natijada gemoliz rivojlanadi. Qonga
tushgan vodorod peroksid gemoglobin tarkibidagi temirni uch valentli holga
o’tkazadi va u bilan birikib metgemoglobinni hosil qiladi.