Toksikologiya asoslari doc


Qo’ziqorindan zaharlanish belgilari va alomatlari



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/42
tarix08.08.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#138905
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Qo’ziqorindan zaharlanish belgilari va alomatlari. 
Siroejka, shampinon va 
hokazo qo’ziqorinlarga o’xshashligi tufayli yanglishib ovqatga ishlatiladigan oq 
poganka va unga yaqin turdagi qo’ziqorinlardan zaharlanish juda havfli. Zaharlanish 
belgilari 3-24 soatdan so’ng kuzga tashlanadi: to’satdan qorin og`riydi, qayt qilinadi, 
ich ketishi kuchayadi, umumiy madorsizlik, tortishish, tana harorati pasayishi 
kuzatiladi. Muxomor bilan zaharlanganda ham oq poganka bilan zaharlangandagi kabi 
alomatlar kuzatiladi, biroq ular qo’ziqorin iste`mol qilingandan keyin darhol yuzaga 
chiqadi: so’lak ko’p ajraladi, kuz qattiq yoshlanadi, bosh aylanadi, asabiy harakat 
qilinadi, miya chalg`iydi, kuzga yo’q narsalar ko’rinadi, alahsirash boshlanadi. Soxta 
to’nka zamburug`idan zaharlanishda 30 minutdan so’ng ichning qattiq buzilganligi 
belgilari ko’rinadi. 
Qo’ziqorindan zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish: 
1.Og`iz orqali zaharlangandagi kabi, umumiy ko’rsatmalarga rioya qilish. 

Qo’ziqorinning qolganini tashlab yubormay, balki laboratoriyada tadqiq qilish 
uchun saqlab qo’yish. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


61 
 
O’simliklar. 
O’simliklardan kuchli zaharlanish tez-tez uchrab turadi. Bu holat 
ko’pincha issiq kunlarda noma`lum o’simliklarni ziravor sifatida ovqatga qo’shib 
eydigan turistlar hamda yozgi ta`tilda lagerga va dala-hovlilarga ketadigan bolalar 
orasida uchraydi. Ba`zan odamlar «bilag`onlar» maslahatiga ko’ra giyoh ekstraktlari va 
qaynatmalarini ichib, o’zlarini davolamoqchi bo’lganlarida o’simlikdan qattiq 
zaharlanish sodir bo’ladi. Ayrim zaharli o’simliklarga tegilsa, ular terini hamda og`iz 
shilliq pardasini qattiq kuydirib, allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. 
Tabiatda beladonna, oddiy zirk, bangidevona, mingdevona, kanakunjut, qarg`a 
kuz mevasi, taflon, it uzum uchraydi.
Profilaktikasi.
O’simlikdan zaharlanishning oldini olish. Kishi o’zida va 
farzandlarida noma`lum o’simliklarni chetlab o’tishdek yaxshi odat hosil qilishi 
kerak. 
1.Noma`lum o’simliklarni ovqatga ishlatmaslik. 
2.Bolalarga mevani o’zlari terishlariga ruxsat bermaslik. 
3.Uy sharoitida, vrach maslahatisiz tayyorlangan giyoh ekstraktlarini ichmaslik. 
4.Giyoh ekstraktlari va qaynatmalarining vrach tayinlagan miqdorni o’zicha 
oshirmaslik. 
5.Sayohatga ketayotganda, birinchi yordam dori qutisini o’zi bilan olishni hamda 
zaharlanish hollarining oldini qanday olishni bilib olishni unutmaslik.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin