Modulidan o’quv-metodik majmua



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

Teskor savol: 
1.Talim vostalarining turlari? 
2.Zamonaviy talim vositalarining tavsifi? 
1-ilova. 
1. Ko‘rgazmalilik - didaktik tamoyillardan biri sifatida
Ta’lim vositalaridan foydalanishda ko‘rgazmalilik didaktik tamoyili muhim 
o‘rin tutadi.
Natural (tabiiy) obektlar. Tabiiy obektlarga sirasiga jonli va jonsiz tabiat 
obektlari kiradi, ta’lim oluvchilar ular bilan mashg‘ulotlarda tarqatma yoki 
namoyish qilinadigan materiallar shaklida tanishadilar. Ko‘rgazmalilik - tabiiy 
obektlarni tanlab olish yoki tabiiy obektlarni o‘z ichiga tarkibiy qism qilib 
kiritgan turli qo‘llanmalarni loyihalashga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri. 
Shu maqsadda o‘rganilayotgan tushunchalarning mazmunini ochib berish uchun 
kerak bo‘lgan ayrim tipik belgilarni aniq ifodalashga yordam beradigan obektlar 
ajratib olinadi. Natural obektlarning qo‘lyozmaligini kuchaytirish uchun turli 
kodlash usullari qo‘llaniladi: rangli, raqamli, harfli. Tabiiy obektlarni o‘qitish 
jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o‘tkazish 
hisoblanadi. Ko‘rgazmali qo‘llanmalar sifatida ishlatiladigan tabiiy obektlar 
avvalo uning jihoz va moslamalariga maxsus ishlov berish zarur.
O‘quv modellari, mulyajlar, maketlar. Modellar tabiiy obektlarning sun’iy 
ko‘rinishi bo‘lib, ularning muhim sifatlari, aloqalari va munosabatlarini qayta 
takrorlaydigan o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar hisoblanadn. Haqiqiy ob’skt 
(mikro va makro obektlar) xususiyatlarini ko‘rsatishda shartlilik (ramziylik)ka 
amal qilinadi, o‘lchamni kattalashtirish yoki kengaytirish orqali obekt qurilmasi 
sxema tarzida aks ettiriladi. Modellarning eng keng tarqalgan tipik turlari bu 


152 
moddiy (predmet) modellardir. Modellar o‘z hajmiga ega yoki tekis modellarga 
bo‘linadi. Ularning oralig‘ida relef jadvallar joylashgan. Hajmga ega modellar 
tarkibiy qismlarga bo‘linishi mumkin. Hajmga ega bo‘lgan modellar sirasiga 
mulyaj va maketlar kiradi. Mulyaj (maket)lar moddiy obektlarga aynan o‘xshatib 
yaratilgan qo‘llanmalardir. 
Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalarning tashqi belgi va xususiyatlarini 
o‘rganishda qo‘llaniladi. Modellar o‘rganilayotgan obektlarning ichki qurilmasi 
va harakatlanish tamoyili, mashina va mexanizmlarning kinematikasini 
o‘rganilayotgan vaziyatlarda boshqa aloqalar va munosabatlar mazmunining ham 
o‘rganilishiga imkoniyat beradi. 
Ta’lim oluvchilarga ta’lim etiladigan model va mulyaj (maketlar)lar ham 
xuddi tabiiy obektlar singari tarqatma qo‘llanmalarga bo‘linadi. Turli xil 
modellarni loyihalashtirishda bu turdagi o‘qitish vositalarining funksiya va 
didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy pedagogik-ergonomik 
talablarni ilgari surish mumkin, ya’ni axborotlashgan, o‘quv jadvalini 
faoliyatning aniq usullariga adekvantlik (o‘rganish, qabul qilish, plakat, sxema, 
diagramma, grafik va boshqalar) aniq bir tushuncha, ko‘nikma va bilimlarni 
shakllantirishda qo‘llaniladigan tekis moddiy o‘qitish vositasidir. O‘quv jadvali 
aniq va ko‘rgazmali holda o‘rganilayotgan obekt haqida ilmiy axborot beradi. 
Jadvallar turli xil bo‘ladi.
Kompozision - rasm va fotosuratlar;
Grafikli: (chizma, diagramma, sxema va boshqalar); 
Belgili - ramziy formula, harf va so‘zlar bilan ifodalanuvchi. So‘nggi paytda 
elektrlashgan jadvallar keng qo‘llanilmoqda, ya’ni, stendlar, xavfsizlikka oid 
texnikalar. 
O‘qitish vositalari orasida oxirgi paytda eng ko‘p qo‘llanilayotgan vositalar 
- bu plakatlardir. Plakatlar - quyidagi talablarga javob berishi shart. 
Plakatning mazmuni o‘rganilayotgan mavzuga oid bo‘lishi; plakatda ifoda 
etilgan chizma etarli darajada katta va uzoqdan ham ko‘ra olish imkonini berishi 
kerak; plakatdagi obektlar tabiiy holatlarida ko‘rsatishi shart; plakatda 
tasvirlangan chizmalarning qismlari masshtab asosida berilishi kerak; eng 
e’tiborga loyiq qismlar alohida (boshqa) rang bilan ajratib ko‘rsatilishi lozim. 
Ekran va ekran - tovushlik o‘qitish vositalari 
Hozirgi zamonda juda keng tarqalgan o‘qitish vositalaridandir. Bu o‘qitish 
vositalariga qo‘yilgan talablar eng avvalo ularning mavzuga oid, ikkinchidan
sifatli bo‘lishidir. 
Diopozitiv (slayd) - bu harakatlanmaydigan o‘qitish ekran vositasi. 
Diopozitiv aks etgan chizma va rasmlar odatda plakatdagidan yaxshi qabul 
qilinadi. 


153 
Diopozitiv bu juda qulay o‘qitish vositasi, chunki o‘qituvchi yordamida 
materialning qismini, yoki bir kadrni alohida ko‘rsatish mumkin. Har bir kadr 
to‘liq bir informasiyaga ega. Diofilm ham harakatlanmaydigan ekran vositasidir. 
Bu qo‘llanmalarning uslubiy g‘oyasi mualliflarining kadrlar ketma-ketligini 
taminlanishiga e’tibor berishlaridir. Kadrlarning ketma-ketligi o‘zgarsa 
informasiyaning qabul qilinishida mazmun buzilishi ro‘y beradi. Diafilmlarni 
qo‘llashdagi qiyinchilik - ulardagi axborotning ko‘pligi va ularning qabul qilib 
olish uchun vaqtning etmasligidir. Bu qiyinchilik darsda diafilmlarning ayrim 
fragmentlarini (bo‘laklarini) ko‘rsatish orqali engillashtiriladi. 
O‘quv binosi yaqindagina eng samarali o‘qitish vositasi deb etirof etilgandi. 
Uning ko‘rgazmalikligi quyidagi juda boy didaktik immoniyatlaridan kelib 
chiqadi; katta hajmli informasiyaning ixchamlantirilishi, fan va texnika tarixiga 
sayohat qilish, jarayonni tezlatish yoki sekinlashtirish, nihoyat, uni to‘xtatish, 
modellashtirish, moslama va apparatlarining ichki tuzilishini kuzatish, yangi 
texnologiyasini boshqarish bilan tanishtirish, fan arboblari faoliyati haqida 
ma’lumot berish, ilmiy-tekshirish laboratoriyasiga «kirish», turli vazifalarni 
qo‘yish, ularni ijobiy hal etish, hamda qiyoslash o‘quv filmlari yordamida amalga 
oshar edi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin