154
Bundan tashqari sinf doskasi, doska — stend, doska — bloknot, kodoskoplar ham
texnik vositalarga kiradi. CHop etilgan o‘quv materiallarlarga chop etilgan
o‘tkazilgan barcha o‘quv va ko‘rgazmali materiallar kiradi.
YUqoridagi ta’lim vositalari o‘qituvchi uchun, o‘quvchi uchun, hamda dars
o‘tkazish uchun alohida variantlarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
1.O‘qituvchi uchun vositalar: o‘quv predmetini o‘qitish metodikasi bo‘yicha
qo‘llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab masalalar bo‘yicha metodik
tavsiyalar, o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy
struktura.
2.O‘quvchi
uchun vosita darslik, o‘quv qo‘llanma yoki o‘qituvchining
ma’ruza matnlar jadvallar yo‘l-yo‘riq xaritalar,topshiriq kartochkalar va
hokazolar.
Z. Dars o‘tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar
etalonlar, namoyish qilish jihozlari laboratoriya amaliy ishlarni o‘tkazish
uchun
jihozlar, audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopoztivlar.
Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to‘ldirishi ya’ni
uyg‘unlashuvi kerak.
CHop etilgan o‘quv materiallarlarga ta’lim oluvchilarga mustaqil ishlashga
va ularning faollashuviga ko‘maklashadi. Ularga: tarqatma materiallar, ishchi
varaqalari, nazorat (test) varaqalari, matnlar, o‘quv qo‘llanmalari va shu kabilar
kiradi.
Sinf doskasi — o‘quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va
qulay vositasidir. Undan o‘quv materialining
asosiy tayanch nuqtalarini
belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda foydalanish juda
qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o‘quv
xonasida mavjuddir.
Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni
o‘chirishga to‘g‘ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko‘rsatish imkoni
bo‘lmaydi. Bundan tashqari o‘qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga
nisbatan teskari holatda bo‘ladi va uni eshitish qiyin bo‘ladi.
Doska-stend mashg‘ulotlarda o‘quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari
va boshqa muhokamalar natijalarini hujjatlashtirishda foydalaniladigan
o‘qitishning texnika vositasidir. Bunda stendga o‘sha kattalikdagi qog‘oz
qo‘yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi kartochkalar yopishtiriladi.
Mashg‘ulot vaqtida stendda mazkur kartochkalar yordamida sxemalar,
tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar (sxemalar,
tuzilmalar, sharhlar va h.k.) joylashuvini xohlagan vaqtda o‘zgartirish imkoniyati
mavjud. SHuningdek doska-stend bilan ishlaganda
qisqa vaqt ichida barcha
155
ta’lim oluvchilarning fikr-mulohazalari va g‘oyalarini qamrab olish va qayd etish
imkoniga ega bo‘linadi.
Doska-bloknot - bu varaqlanadigan qog‘ozli doska bo‘lib, unga marker bilan
yoziladi. U turli muhokamalar yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda
hamda eng muhim axborotlarni qayd etishda qo‘llaniladi. Uning afzalligi
shundaki, xohlagan vaqtda oldingi yozilgan materiallarga qaytish mumkin va
hatto o‘quv xonasiga osib qo‘yish ham mumkin.
Kodoskop (grafoproektor) — shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni
ekranga proeksiyalash uchun qo‘llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza
vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari
taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish
uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta
tayyorlangan plenkadan
ko‘p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo‘lmagan hollarda
asosiy tushunchalar, g‘oyalar va natijalarni o‘qituvchi plyonkaga flomaster
yordamida to‘ppadan-to‘g‘ri yozib ko‘rsatishi ham mumkin.
YUqorida sanab o‘tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun
o‘qituvchi qaysi vositani qachon qo‘llashini mashg‘ulot maqsadi va mazmunidan
kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.
Tarqatma materiallar — ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga
oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1 — 2
varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar mashg‘ulotni
qiziqarli
qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil
ravishda o‘qib chiqib muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Tarqatma
materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
ta’lim oluvchilarga haddan tashqari ko‘p tarqatma materiallar bermang;
sarlavhalarni bosh harflar bilan yozing, bir mashg‘ulot uchun ikkita tarqatma
material zarur bo‘lsa, ularga kod-nom berib ularni ajratishni osonlashtiring; matn
shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi kerak; bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs,
undov belgisi va h.k.) ishlatmang ;
matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi
varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi kerak.
Ishchi varaqalar - guruhlarda, juft bo‘lib va individual mashqlar bajarishda
qo‘llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo‘lib, ta’lim oluvchilar tomonidan
to‘ldirish talab qilinadi.
Nazorat varaqalari - mashg‘ulot yakunida ta’lim
oluvchilarning
o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo‘llanilib, ular test savollari, masalalar va
shu kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Matnlar - dars mavzusi bo‘yicha mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rishda,
mashg‘ulot davomida, shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish
uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: