9. GIDROELEKTR VA OKEAN ENERGIYASI
Gidravlik energiya – harakat qilayotgan suv massasi oqimi hosil
qilgan «suv bosimi» energiyasidir. Insoniyat suv energiyasini
ishlatganda,
aksariyat,
pastga
tushayotgan
suv
bosimidan
foydalaniladi. Buning uchun XIX asr o’rtalarigacha bo’lgan
o’tmishda, harakatdagi suv energiyasini, qurilma valini aylantiruvchi
mexanik energiyaga o’zgartiruvchi suv g’ildigidan foydalanilgan.
Keyinroq, undan tezkor va samarali bo’lgan gidro turbina paydo
bo’ldi. XIX asrning oxirigacha bo’lgan davrda aylanuvchi val
energiyasidan masalan, faqat suv tegirmonlarida donni unga
aylantirish va temirchilik bolg’asini harakatga keltirish uchun
foydalanilgan.
Elektrlashtirish, deb nomlangan «oltin asr» kelishi bilan suv
g’ildiragining qayta tug’ilishi nishonlandi, biroq endi u boshqa
ko’rinishda (suv turbinasi yoki gidroturbina shaklida) qayta vujudga
keldi. Shu davrda mexanik energiyani elektr energiyaga o’zgartib
beruvchi generatorlarning valini aylantirish zarur edi. Bu esa, ko’p
yillik sinovlarda o’z o’rnini topgan suv energiyasi yordamida
bajarilishi mumkin, natijada zamonaviy gidro-energetika sohasi
tug’ildi.
Hozirgi kunda gidroturbinalar hosil qilayotgan barcha mexanik
energiya elektr energiyasiga aylantirilmoqda. Butun dun’yoda
muqobil energiya manbalariga ehtiyoj baland bo’lgan hozirgi zamon
elektr energetikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sifatida
gidro elektr stanstiya (GES) birinchi galda ahamiyatli, deb hisobnadi.
Bunda GESlarni IES o’rnida ishlatish qimmat baho yoqilg’ini sotib
olish ehtiyojini bartaraf etadi.
210
9.1. GES qurilishi tarixi
Suv bosimi energiyasini hosil qilish uchun, aksariyat
daryolarning quyi oqimida, suv to’g’onlaridan foydalanadilar.
1913 yilda O’zbekiston hududida joylashgan dizel elektr
stanstiyalar umumiy quvvati 3000
kWt
bo’lib, o’sha davrda ishlab
turgan paxtani tozalash korxonalari uchun 3 million
kWt·s
elektr
energiya ishlab chiqarilgan. Yurtimizda birinchi gidro elektr stanstiya
1926 yil 1 may oyida quvvati 4000
kWt
bo’lgan Bo’zsuv GESi qurib
ishga tushirildi. 1940 yilgacha bo’lgan davrda Qodiriya (13600
kWt
),
Bo’rjar (6400
kWt
), Tovoqsoy (birinchi navbati) GESlari ishga
tushirildi. I Jahon urushi davrida dushman bosib olingan hududlardan
O’zbekistonga evakuastiya qilingan korxonalarni elektr energiyasi
bilan ta’minlash maqsadida Oqtepa (1943, 15
MWt
), Qibray (1943,
11, 2
MWt
), Salar (1944, 11,2
MWt
), 1Oqqovoq (1943, 26,1
MWt
)
GESlari ishga tushirildi. Farxod GESi qurila boshlandi. Urishdan
keyingi davrda Namangan GES lar kaskadi (1,2+2, 1+2, 4+2,4)
MWt
li,
Chirchiq-Bo’zsuv
kaskadi kabi o’sha davrning yirik
gidroenergetika tizimlari bunyod etildi. Respublikamizda gaz
zahiralari aniqlangandan so’nggi 1960-80 yillarda xalq xo’jaligini
elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Angren (600
MWt
),
Toshkent (1920
MWt
) Navoi (830
MWt
), Sirdaryo (3000
MWt
),
issiqlik elektr stanstiyalari va Farg’ona issiqlik elektr markazi (230
MWt
) qurildi.
O’zbekistonda 2017 yilga kelib amalda elektr energiya ishlab
chiqaruvchi GES lar umumiy o’rnatilgan quvvati 1611 MVt ni va bir
yilda ishlab chiqarilgan elektr energiya miqdori 7,93 mlrd kVt·s ni
tashkil etdi; bu miqdor umumiy ishlab chiqilga elektr energiyaning
13,06 % ni tashkil etadi.
Chirchiq-Bo’zsuv GESlari tashkiliy tuzilmasiga ko’ra besh GES
lar kaskadidan iborat: O’rta-Chirchiq GES lar kaskadi (o’rnatilgan
quvvati 885 MVt), Chirchiq (190,7 MVt), Qodiriya (44,6 MVt),
Toshkent (29 MVt) va Quyi-Bo’zsuv GES lar kaskadi (50,9 MVt).
Chirchiq-Bo’zsuv GES kaskadlarining umumiy quvvati - 1200,2 MVt,
o’rtacha yillik elektr energiya ishlab chiqarishi - 4,67 mlrd.kVt·s ni
tashkil etadi. O’rta-Chirchiq GES lar kaskadi Chirchiq daryosida
joylashgan bo’lib, qolgan GES lar Chirchiq daryosining o’zanlarida,
derivastion (suvni GES turbinasiga olib keluvchi) kanalli va Bo’zsuv
211
(Bo’zsuv GES lar kaskadining ba’zi GES lari joylashgan hudud
mustaqil kanal, deb qaralishi mumkin) kanalida joylashgan.
Kaskadning yuqori pog’onasi - quvvati kaskadlar quvvatining yarmini
tashkil etuvchi (600 MVt) Chorbog’ GES idir. Stanstiyaning baland
to’kma (beton va shag’alli) to’g’oni mavjud bщlib, daryo oqimidagi
kaskadlarni rostlash va qishloq xo’jaligi sug’orish ishlarini boshqarish
uchun yirik Chorbog’ suv omborini hosil qilgan. GES ning quyi
oqimida to’kma to’g’on turidagi Xojikent va G’azalkent stanstiyalari
joylashgan bo’lib, ular elektr energiya ishlab chiqarish bilan birga,
quvvatli Chorbog’ GESi «tashlagan» suvni «tekislash» vazifasini ham
bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: |