216
Ushbu rasmdan
shuni
anglash
mumkinki,
iste’molchini
uzluksiz
elektr
energiya
bilan
ta’minlash uchun
elektr
stanstiyalarda
doimiy
zahira
generatorlari
bo’lishi shart va
bu
zahira
har
onda
ishga
tushirishga shay bo’lishini ta’minlash shart. Elektr energetika
tizimlarida bunday zahiralar sifatida, aksariyat, gidro elektr stanstiya
generatoridan foydalaniladi. Chunki issiqlik elektr stanstiyasidagi
(IES) generatorni ishga tushirish, GES lar generatorini ishga
tushirishga nisbatan vaqt bo’yicha ancha muddat talab etadi.
Biroq, bizning hududda GES lar vegitastion rejimda ishlashi
zarur, chunki sug’orishga mo’ljallangan to’g’onlar suvini har onda
chiqarib yuborish, qishloq xo’jaligiga negativ ta’sir ko’rsatadi. Shu
sababli, zahira generatorlari IES larida bo’lishi zarurligi qabul
qilingan. IES da generator zahirasining ikki rejimlari mavjud.
Birinchisi - «sovuq zahira», ya’ni IES qozonxona va turbinasi ishga
tushirishga tayyor, ammo o’txona yoqimagan va turbina generator
valini aylantirmayapti. Ularni ishga tushirish uchun birnecha soatlar
ketadi. Ikkinchisi - «issiq zahira» bo’lib, IES qozonxonasi ishga
tushirilgan
va
turbina
generator
valini
nominal
tezlikda
aylantirayotgan bo’ladi. Tarmoq quvvatini oshirish zarur bo’lgan
ondayoq, generator chulg’amlari ishga tushirilib, tarmoqqa elektr
energiya uzatila boshlaydi.
Demak, sutka davomida bir xil tezlikda oqadigan tog’ zonasi
daryolarida o’rnatilgan kichik GES lar yuklanish grafigining baza
rejimida ishlatilgani ko’proq samara berishi ayon.
Dostları ilə paylaş: