218
mumkin. Davlatimizning bunday katta gidroenergetik potenstiali
tog’li viloyatlarning kichik daryolarida minglab mini- va mikro-
GESlarni o’rnatish imkoniyatini beradi. O’zbekiston olimlari
tomonidan yaratilgan arzon va amaldagi elektr tarmog’iga ulashning
oson usulini qo’llab ishlatiladigan mini- va mikro-GESlarni xalq
xo’jaligi va tadbirkorlarning korxonalarida ishlab chiqarilishni va
sotishni yo’lga qo’yish taklif etildi.
Ushbu masalaning mohiyati shundaki, hozirgi kungacha mini- va
mikro-GES lar, aksariyat, avtonom rejimda ishlash uchun
mo’ljallangan bo’lib, taklif etilayotgan qurilmalar esa, zarur bo’lganda
avtonom rejimda ishlatilishi mumkin, GES egasida elektr energiyaga
bo’lgan ehtiyoj kamayishi bilan uni oson yo’l bilan tarmoqqa ulash
mumkin. Natijada xususiy tadbirkorlar mini- va mikro-GES larni sotib
olib, o’z xususiy korxonalarida o’rnatib, elektr energiyasiga bo’lgan
o’z ehtiyojlarini qondiradilar, qolgan elektr energiyani esa tarmoqqa
uzatib, elektr energiyani taqsimlovchi korxonalarga sotishni yo’lga
qo’yish ishlari yuqori samara berishi aniq.
Kichik GES lar to’g’onli va tez oqar suvlarda to’g’onsiz usulida
qurilishi (o’rnatilishi) mumkin.
Dostları ilə paylaş: