O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

9.4. To’g’onli mini-GES lar 
GES to’g’onlari, aksariyat daryolarning quyi oqimlarida suv 
sathining farqini hosil qilish uchun quriladi. 
To’g’on – daryodagi 
massiv to’siq bo’lib, suv oqimini ushlab turish, suv sathining farqini 
paydo qilish va suv resurslaridan amaliy foydalanishda tengi yo’q 
vosita bo’lib xizmat qiladi.
To’g’onlarni qurish nazariyasi uzoq yillar mobaynida mavjud 
bo’lmagan. Faqatgina 1853 yilda franstuz muhandisi Sazilli to’g’on 
qurilishining ba’zi talablarini asoslab berdi [4]. To’g’on suv sathi 
ko’tarilishi va uni suv havzasidan chiqarishni ta’minlaydi. Undan erni 
sug’orish ishlarida ham foydalaniladi.
To’g’onlar tuzilishi bo’yicha birnecha turlarga va guruhga 
bo’linadi:
-
gravitastion to’g’on
– tosh yoki beton to’siqlari shaklida bo’lib, 
suv oqib ketishidan o’zining og’irligi bilan saqlab turadi;
-
arkasimon to’g’on
– o’z vazifasini konstrukstiyasining antiqiy 
tuzilishi hisobiga bajaradi.


219 
Arkali to’g’on faoliyati ishonchliligi ikki ko’rsatkichlariga bog’liq 
bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
-
qurilmaning vertikal elementlari qarshiliklari;
-
arka konstrukstiyasining massasi va qirg’oq mustahkamligiga 
tayanuvchi xususiyatlari.
To’g’on qurilishida bir qator tashqi omillarning ta’sirini e’tiborga 
olish zarur. Bular suv, shamol, to’lqinlar va haroratning keskin 
o’zgarib turishi ta’sirida hosil bo’luvchi «siljituvchi kuchlar» dir. GES 
quruvchilarining 
ushbu 
omillarni 
bajarishdagi 
e’tiborsizligi 
to’g’onning buzilishiga olib keladi. Shu sababli, ma’lum hisoblash 
ishlari bajarilib, siljituvchi kuchlarning negativ ta’sirini oldindan 
bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.
Masalan, suv bosimining gorizontal tashkil etuvchisi suv 
chuqurligi ortishi bilan ko’payadi va quyidagiga teng bo’ladi:
P
Gor 

w
*
h
,
(9.1)
bunda 
w
– suv birlik hajmining og’irligi; 
h
– suv chuqurligi.
To’g’on konstrukstiyasi tagi (to’g’on bilan uning tagidagi er 
qatlami orasi) ga suvning sizib o’tishi natijasida to’g’on tagiga ta’sir 
etuvchi filtrastion bosimni etarli darajada aniq hisoblash muhim 
bo’lishi bilan birga, juda murakkabdir. Bunday jarayonlar bo’lish 
ehtimoli darajasini aniqlash uchun tadqiqotlar o’tkazish zarur. Bunda 
ko’pgina omillar to’g’on poydevori o’rnatilishi lozim bo’lgan 
tuproqqa bog’liq. Agar to’g’on poydevori shag’al, daryo qumi va 
g’ovakli jins ustiga qurilsa, u holda to’g’on poydevori tagiga ta’sir 
etuvchi bosim to’la 
gidravlik bosimga teng 
bo’ladi.
Agar 
to’g’on 
poydevori tog’ jinslari 
bilan 
stement 
yordamida biriktirilsa 
(9.5-rasmda 

qatlam), 
ular 
orasida 
yoriq 
(teshik) 
lar 
deyarli 
bo’lmaydi, to’g’onga 
to’la 
gidrostatik 
bosimning 1040 foiziga 
teng bo’lgan bosimgina 
ta’sir etadi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin