O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


 O’zbekistonda kichik GES lar istiqbollari. GES ishlash



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

9.2. O’zbekistonda kichik GES lar istiqbollari. GES ishlash 
prinstipi 
GES larning ahamiyatini e’tiborga olib, mamlakat rahbariyati 
qarorlariga muvofiq O’zbekistonning gidroenergetik potenstiali 
o’rganib chiqildi. Yaqin kelajakda daryo va kanallarda yangi GES lar 
qurilishi va amaldagi stanstiyani modernizastiya qilish rejasi 
tasdiqlandi. Shular qatorida, Pskem daryosida qurilishi mo’ljallangan 
gidro elektr stanstiya va kelajakda qurilishi ko’zda tutilgan GES lar 
kaskadi (chunki bu daryoning potenstiali katta) alohida ahamiyatli 
ekanligi shundaki, bu GES lar kaskadi xalqimiz va mutaxassislarning 
uzoq yillar mobaynidagi orzusi edi.
Davlatimiz hududida ko’plab kichik daryolar va kanallar 
mavjudki, ularning potenstiali, ba’zi hisoblarga ko’ra 4 ming MVt dan 
ko’proqdir. Ularni xalqimizga xizmat qildirishda kichik GES larning 
ahamiyati katta. O’zbekiston olimlarining keyingi yillardagi olib 
borgan tadqiqotlari natijalariga ko’ra, ushbu daryolarga yuzlab va 
minglab kichik GES lar o’rnatib, amaldagi elektr tarmog’iga arzon 
elektr energiya uzatish maqsadida, nisbatan arzon, ishlatish jarayonida 
qulay, tuzilishi bo’yicha sodda, eng ahamiyatli ekani - davlat 
kompaniyalari tomonidan kapital qurilish uchun biror mablag’i sarf 
etmasdan - o’zimizda ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan mini- va 
mikro-GES larni o’rnatish taklif etilmoqda.
Gidro elektr stanstiya sodda jihozlar majmuasi bo’lganligi sababli 
uning ishlash prinstipi juda oson. Gidrotexnik qurilma elektr energiya 
ishlab chiqaruvchi generator (9.1-rasm) valini harakatga keltiruvchi 
turbina parragiga kelayotgan suvning zarur bo’lgan bosimda bo’lishini 
ta’minlab beradi. Zarur bo’lgan bosim suvning ma’lum joyda - 
to’g’onda konstentrastiyasi yoki derivastiya - suvning tabiiy oqishi 
natijasida hosil bo’ladi. Ba’zi holatlarda zarur bo’lgan bosimni hosil 
qilish uchun to’g’on va derivastiyadan birgalikda foydalaniladi.


214 
Gidro elektr stanstiyaning bevosita binosi (mashina zali) da (MZ) 
barcha energetik jihozlar joylashtirilgan bo’ladi. Bajarayotgan 
vazifasi, GES quvvatiga ko’ra, MZ o’zlarining bo’linmalariga ega. 
MZ da suv oqimi energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi 
gidroagregat joylashtirilgan. Bundan tashqari GES ishlashini 
boshqarish va nazorat qilish, transformator stanstiyasi, taqsimlash 
uskunalari va ko’pgina qo’shimcha qurilmalar ham mavjud.
Shunday qilib, gidro elektr stanstiyada suvning pastga 
tushayotgandagi kinetik energiyasidan elektr energiya ishlab chiqarish 
uchun foydalaniladi. Turbina va generator suvning energiyasini 
mexanik energiyaga, undan so’ng - elektr energiyasiga o’zgartiradilar. 
Turbina va generator to’g’onli GES larda yoki to’g’onning ichida, 
yoki uning yonida o’rnatiladi. Aksariyat to’g’onsiz mini- va mikro-
GES larda bosim ostidagi suvni turbinaga etkazib berish uchun 
quvurlardan foydalaniladi (9.3-rasm).
GES larning quvvati, birinchi galda, ikki o’zgaruvchi 
funkstiyalaridan aniqlanadi:
- vaqt birligi (sekund) da necha kub metr (m
3
/s) sarf etilayotgan 
suv miqdori;
- harakatdagi suv sathi balandliklarining boshlang’ich va keyingi 
tushish nuqtalari orasidagi farqi bilan aniqlanadigan gidrostatik bosim. 
Stanstiyani loyihalash ishlari shu o’zgaruvchilardan biri yoki ikkalasi 
asosida 
amalga 
oshirilishi 
mumkin.
Elektr 
energiya 
ishlab 
chiqarish jarayoni bo’yicha 
gidroenergetika - yuqori foydali 
ish koeffistienti (f.i.k.) ga ega 
bo’lgan 
texnologiyadir, 
ko’pincha 
issiqlik 
elektr 
stanstiyalariga 
nisbatan 
ikki 
martadan ko’proq f.i.k. ga ega 
[4]. Buning sababi shundaki, 
yuqoridan 
pastga 
vertikal 
tushuvchi suv hajmi, o’zida katta 
kinetik energiya zaryadi
ni olib 
keladi. Uni elektr energiya ishlab 
chiqarish uchun zarur bo’lgan 

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin