O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

9.1-rasm. Chorbog’ GES 
G’azalkent GESidan quyida Chirchiq daryosida G’azalkent 
gidrouzeli joylashgan bo’lib, unda Chirchik GESlar kaskadi 
derivastion kanalini ta’minlash uchun suv oluvchi inshoot (vodozabor) 
va Bo’zsuv kanali mavjud. Undan quyida joylashgan ko’pchilik GES 
lar dirivastion kanalli bo’lib, dirivastion kanallar sxemasi asosida 
qurilgan. Ularning har biri elektr energiya ishlab chiqarish bilan birga, 
qishloq xo’jaligi erlarini sug’orish ishlarida va suv ta’minoti 
manbalari sifatida katta ahamiyatli hisoblanadilar.
Farxad gidro elektr stanstiyasi Tojikiston Respublikasining 
Xo’jan shahri yaqinida va O’zbekiston Respublikasining Sirdaryo 
viloyatida joylashgan bo’lib, qurilish davrida O’zbekistonning eng 


212 
yirik GES laridan hisoblangan. Elektr stanstiya derivastion turda 
qurilgan bo’lib, 22 km li hududda joylashgan murakkab inshootlar 
kompleksini tashkil etadi. Elektr energiya ishlab chiqarishdan 
tashqari, Farxod GESi bir qator sug’orish kanallari uchun suv manbai 
hisoblanadi.
9.2-rasm. Farxod GES mashina zali va BSQ 
Farxod GESining quvvati 126 MVt bo’lib, yillik o’rtacha elektr 
energiya ishlab chiqarishi 830 mln kVt·s ni tashkil etadi. 
Stanstiyaning to’g’oni rostlanuvchi suv hajmi 350 mln m
3
va maydoni 
48 km
2
bo’lgan Farxod suv omborini hosil qiladi.
Andijon GES lar kompleksi bir to’g’ondan foydalanuvchi ikki 
GES (Andijon GES va Andijon GES-2) dan iborat. Gidrouzel 
Qoradaryoning Farg’ona vodiydan chiqishidagi Xonobod hududida 
joylashgan. Gidrouzelning asosiy vazifasi, asosan, sug’orish-
ekinchilik manfaatlari uchun suv oqimini boshqarish bilan birga, 
elektr energiya ishlab chiqarishdir.
Gidrouzel tarkibiga quvvatlari 190 MVt va 50 MVt bo’lgan 
stanstiyalar kiradi. Yillik o’rtacha elektr energiya ishlab ishlab 
chiqarish 171,1 mln kVt·s tashkil etadi.


213 
G’uzor GESi 1988 yilda sug’orish ishlariga mo’ljallangan suvni 
yig’ish uchun qurilgan G’uzor gidrouzeli to’g’oni yonida 2011 yilda 
ishga tushirilgan. Quvvati 45 MVt, yillik o’rtacha elektr energiya 
ishlab ishlab chiqarish 80,9 mln kVt·s tashkil etadi.
Ushbu stanstiyalar jihozlari o’z resurslarini allaqachon ishlatib 
bo’lgan va ham jismonan, ham ma’nan eskirgandir.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin