Collection b



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/126
tarix15.08.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#139448
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126
VOL 2.5 2023 B

MAY 
2023
ISSN: 2181-3558
 
118 
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI 
JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH
ALIBEK RUSTAMIY - MANBASHUNOS OLIM 
Nizomiddinov Abbosxon Abdukarim o‘g‘li 
TerDU O‘zbek adabiyotshunosligi yo‘nalishi magistranti 
 
Annotatsiya
. Ushbu maqolada manbashunos, matnshunos, tilshunos Alibek 
Rustamov ilmiy faoliyati, nazariy qarashlari, oʻzbek manbashunosligi va 
matnshunosligi, navoiyshunoslik sohalari taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi haqida 
ma’lumot beriladi.
Tayanch 
soʻzlar:
Alibek 
Rustamov, 
manbashunoslik, 
tilshunos, 
navoiyshunos, tarjimachilik, mumtoz soʻz.
Abstract
. This article provides information about the scientific activity, 
theoretical views, contribution to the development of Uzbek source studies and 
textual studies, and the development of the fields of linguist Alibek Rustamov. 
Keywords:
Alibek Rustamov, source studies, linguist, linguist, translation, 
classic word 
Абстрактный
. В данной статье представлены сведения о научной 
деятельности, теоретических воззрениях, вкладе в развитие узбекского 
источниковедения и текстологии, развитии направлений языковеда Алибека 
Рустамова. 
Ключевые слова:
Алибек Рустамов, источниковедение, лингвист, 
языковед, перевод, классическое слово. 
Inson o‘zining ma’naviy dunyosi bilan boshqa mavjudodlardan ajralib turadi. 
Har bir kishining insoniylik darajasi ham uning ma’naviy boyligi bilan belgilanadi. 
Ma’naviy yetuklik insonni xayrli amallarni qilishga undaydi. Shunday ekan, 
hamma davrda ham xayrli amallar qilgan, o‘zidan foydali ilm qoldirgan insonlar 
doimo barhayot. Ezgulikni hamma har xil olim ilmi bilan, ona yaxshi tarbiyasi 
orqali qiladi. Ana shunday ezgu amallar qilib, yashab ijod etgan olimlar sirasi 
navoiyshunos, tilshunos, manbashunos Alibek Rustamovni ham kiritsak xato 
bo‘lmaydi.
Bo‘lajak olim 1931-yil Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida xizmatchi 
oilasida dunyoga keladi. 1955-yil O‘rta Osiyo davlat universitetining eron-afg‘on 
filologiyasi tamomlab, ilm yo‘liga kirib keladi. Turli yillarda yurtimizning nufuzli 
oliygohlarida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib, 1995-yili xizmatlariga munosib 
ravishda O‘zbekiston Republikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib 
saylanadi. A.Rustamov qariyib 60 yil davomida ilmiy-pedagogik faoliyat olib 
bordi. Taniqli olimning o‘zbek tili, matnshunoslik, tarjimashunoslikka oid 
monogrfiya va risolalari, ilmiy-publististik maqolalari ilm ahliga ma’lum. 
Tadqiqotlariga e’tibor bersak Hazrat Navoiy ijodiga bo‘lgan qarashlari, mehri 
o‘zgacha edi. Buyuk shoir va mutafakkirning bebaho merosini chuqur o‘rganishi 
alohida o‘rin tutadi. Jumladan, “Navoiy tilining Grammatik xususiyatlari”, 
“Navoiyning badiiy mahorati”, “So‘z haqida so‘z” kabi kitoblarni yozib, Hazrat 
Navoiy ijodining yangi qirralarini kashf etdi. Alibek Rustamov ijodiga nazar 



Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin