Aktiv schyot (A) - bu aktivlarni aks ettirishga mo‘ljallangan schyot bo‘lib,
unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish
esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi.
Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan
schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining
krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi.
Kontr-aktiv schyot (KA) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan
aktiv schyotning
saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi
schyotdir.
Kontr-passiv schyot (KP) - bu u bilan bog‘lik bo‘lgan passiv schyotning
saldosidan chegiraladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki sarmoyaning sof
qiymatini aks ettiruvchi schyotdir.
Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan hisobot davri oxiriga
qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir.
Balans schyotlari deb, balansda qatnashadigan
schyotlarga aytilib, ular
bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin
vaqtinchalik tasarrufida bo‘lgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli
huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan
schyotlardir. Bu schyotlar boshqa schyotlar bilan o‘zaro bog‘lanmaydi va
korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi.
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va
qiymat ko‘rinishidagi ma’lumotlarni olish maqsadida hisob yuritishga
mo‘ljallangan.
Analitik schyotlar ma’lumotlari xo‘jalik mablag‘lari va ularni manbalarini
nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat o‘lchovi
birliklarida yuritishga
mo‘ljallangandir. Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga
oshirilmaydi.
Korxona ba’zi xo‘jalik mablag‘lari hisobini yuritishda bir necha bahodan
foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari
hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi.
To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari
hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyot ma’lumotlarini to‘ldirish uchun
mo‘ljallangan.
Taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar korxonaning ba’zi
bir xarajatlarini
hisobga olish va ularni kalkulyatsiya obyektlari yoki hisobot davrlari o‘rtasida
to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi
Yig‘ib taqsimlovchi schyotlar. Bu schyotlar ma’lum xo‘jalik jarayonidagi
xarajatlarni bir oy davomida hisobga olish, bu xarajatlarni iqtsiodiy mazmuniga
qarab, guruxlashtirish va ularni kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida oldindan qabul
qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi.
Kalkulyatsiya schyotlari korxona
faoliyatida mahsulotlar, sotilgan tovarlar,
bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini
yuritishga mo‘ljallangan.
Taqqoslovchi schyotlar ayni bir muomalalar yoki korxonaning butun bir
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Xo‘jalik mablag‘lari turi va joylanishini ko‘rsatuvchi aktiv schyotlarning
xususiyati shundaki, mablag‘larning ko‘payishi debet, mablag‘larning
kamayishi
esa schyotning kredit tomonida aks ettiriladi.
Aktiv schyot xususiyatini quyidagi chizmada yaqqol ko‘rishimiz mumkin:
Dostları ilə paylaş: