gemodializ, gcmosorbsiya, parenteral oziqlantirish va hokazo).
Ikkinchi xususiyati sindromologik harakter kasb etib, davo
muolajalari birinchi navbatda bem or hayotiga xavf solayotgan
sindromni bartaraf etishga qaratilgan.
Pnevmoniya, bronxospazm ,
nafas yo‘llaridagi yot jism , . tiafasning markaziy boshqaruvi
buzilishlari va hokazolar natijasida rivojlangan gipoksiya,
giperkapniya va o ‘tkir nafas yetishm ovchiligini
birinchi navbatda
zudlik bilan bartaraf etish o ‘ta muhim. Faqat bemor og‘ir holatdan
chiqazilgandan so ‘ng patogenctik terapiya o ‘tkazishga kirishiladi.
Tabiiy, bunda bemomi og‘ir holatdan chiqarish uchun qo ‘llanilgan
usullar gohi patogenctik terapiyaga mos b o ‘lishi mumkin. K o ‘p
y o ‘nalishli davo muolajalari intensiv terapiyaning uchinchi o ‘ziga
xos xususiyati hisoblanadi. M a’lumki, yuzaga kelgan har qanday
og ‘ir patologik sindrom «nuqsonli doira» natijasida yana ham
chuqurlashadi. Misol: o ‘tkir nafas yctishmovchiligi natijasida
q o ‘rquv va qo‘zg ‘alish yuzaga kcladi va kateholaminlar,
gistamin
ajralishi ko‘payadi, yalligManish jarayonlari kuchayadi va o ‘z
navbatida nafas y o ‘llari obstruksiyasiga va kislorodga talabni orti-
shiga sabab bo ‘ladi, nafas yctishm ovchiligi yanada chuqurlashadi.
Boshqa patologik sindromlarda ham shunday «nuqsonli doira»
kuzatiladi. Shuning uchun davo m uolajalari og ‘ir sindromlarda
yuzaga kelgan patologik zanjirning har bir zvenosiga qaratilishi
kerak.
Intensiv kuzatuv
yoki nazorat amaliy rcanim atologiyaning
bir qismi bo‘lib, bemor intensiv
usullarga ehtiyoj sezmasada,
doimiy nazorat va parvarishga muhtoj b o ‘lishi tushuniladi. Bunda
intensiv kuzatuv ayniqsa
kichik yoshdagi bem or bolalar va
chaqaloqlarni intensiv terapiya va opcrativ muolaja jarayonida
organizm hayotiy muhim
tizim lar faoliyati nazorati, monitoring
k o ‘rsatkichlarini doimiy kuzatuvi, ulam i to ‘g ‘ri tahlil etish
va
o ‘zgarishlarni o ‘z vaqtida adckvat bartaraf etish bem or xavf-
sizligini ta ’minlashda alohida aham iyatga ega.