Reja: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi



Yüklə 276,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix22.08.2023
ölçüsü276,36 Kb.
#140151
1   2   3   4   5   6   7
6. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I (1)

6
.2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
 
to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliqqa 
tortiladigan baza.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni 
(xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar 
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’t
irof 
etiladi: 
1) 
O‘zbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari; 
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir 
milliard so‘mdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tgan 
yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
3) O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el 
yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb O‘zbekiston 
Respublikasi e’tirof etilsa;
4) faoliyatni O‘zbekiston
Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi 
chet el yuridik shaxslari; 
5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) doirasida 
amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha 
- oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga 
yuklatilgan ishonchli shaxs - oddiy shirkatning ishtirokchisi; 
6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tuvchi shaxslar. 
Mazkur shaxslar bojxona to‘g‘risidagi 
qonunchilikka muvofiq 
qo‘shilgan qiymat solig‘ini 
to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq majburiyatlari soliq agentlari tomonidan 
bajariladi. 
Quyidagilar soliq to‘lovchilar deb hisoblanmaydi:
1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari - 
o’z
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 
amalga oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga 
asosan qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin;
2) aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi shaxslar.
Soliq to’lovchilar soliq organlarida qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchi sifatida maxsus 
ro’yxatdan o’tkazish hisobida turadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama
si tomonidan quyidagilarning tartibi 
belgilanadi: 
soliq organlarida soliq to’lovchi sifatida maxsus ro’yxatga olish hisobiga qo’yilganlik 
to’g’risidagi guvohnomani berish;
guvohnomaning amal qilishini to’xtatib turish, qayta tiklash, tugatish yoki uni beko
r qilish; 
guvohnoma o’z vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoxud 
guvohnomaning amal qilishi to’xtatib turilganligi, tugatilganligi yoki uning bekor qilinganligi
shuningdek o’z vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organi
ning qarori ustidan 
shikoyat qilish; 
soliq to’lovchi sifatida maxsus ro’yxatga olish hisobidan chiqarish.
Quyidagilar soliq solish ob’ektidir:
1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilish 
bo‘yicha aylanma;
2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.


108 
Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el 
yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani bunday d
oimiy 
muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. 
Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) 
mol-mulkni realizatsiya qilish; 
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy 
vorislarga) o‘tkazish;
3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga 
berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli 
boshqaruvchining o‘zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol
-mulkni qaytarishi; 
4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga 
oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno). 
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi 
soliq to‘lovchi tomonidan o‘zi 
ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning o‘ziga xos 
xususiyatlariga qarab aniqlanadi. 
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq to‘lovchi 
tomonidan va bojxona to‘g‘risidagi 
qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. 
Soliq bazasini aniqlash chog‘ida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
tushum soliq to‘lovchining ushb
u tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi 
to‘lov, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan haq to‘lash sifatida olingan barcha daromadlaridan 
kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Soliq bazasini aniqlash chog‘ida soliq to‘lovchining chet
el valyutasida ifodalangan 
tushumi (xarajatlari) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga 
oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha 
milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi. 
Agar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el 
valyutasida belgilangan summaga teng bo‘lgan summadagi milliy valyutada haq to‘lash nazarda 
tutilgan bo‘lsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘
langan sana 
ularni realizatsiya qilish bo‘yicha aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan sanaga to‘g‘ri 
kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushum 
summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy 
yoki salbiy farq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga 
olinishi lozim. 
O‘z ehtiyojlari uchun soliq solish ob’ekti deb e’tirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar 
ko‘rsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan aniqlanadi.
S
oliq bazasi aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, 
unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan (tarifdan) kelib 
chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi. 
Xaridorlarga realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar 
(boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq to‘lovchi soliq bazasini bunday chegirmala
r (tijorat 
bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi. 
Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan 
kelib chiqqan holda aniqlanadi: 
1) tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya 
qilishda; 
2) tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (ko‘rsatishda);
3) yuridik shaxsning mol-mulkidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishda. 
Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori 
bo‘lsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq to‘lovchi bunday qaror 


109 
yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvo
fiqligini va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga 
qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yo‘li bilan nizolashishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya 
qilish chog‘ida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chog‘ida budjetga haqiqatda 
to‘langan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas. 
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar 
ishlab chiqarish bo‘yicha xiz
matlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ularni qayta 
ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, unga soliqni kiritmagan holda, aksiz to‘lanadigan 
tovarlar bo‘yicha esa ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, hisoblab 
chiqa
rilgan aksiz solig‘i hisobga olingan holda aniqlanadi.
Ob’ektlarni qurishda, shu jumladan ob’ektlarni foydalanish uchun tayyor qilib qurishda, 
qurilish-
montaj, ta’mirlash
-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlarni, 
shuningdek uzoq texnologik (bir hisobot davridan ortiq) davriylikdagi boshqa uzoq muddatli 
shartnomalarni bajarishda soliq bazasi har bir kalendar oyning oxirida haqiqatda bajarilgan ishlar 
hajmining soliq bazasi kiritilmagan holda aniqlanadigan qiymati asosida aniqlanadi. Agar 
shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati buyurtmachining 
zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib 
qolgan taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymatidan kelib chiqqan 
va buyurtmachi materiallarining qiymatini soliq bazasiga kiritmagan holda aniqlanadi.
Jismoniy shaxslarga mehnat haqi hisobiga yoki dividendlar to‘lovlari hisobiga tovarlar 
berilganda (xizmatlar ko‘rsatilganda), shuningdek Soliq k
odeksning 239-moddasi 4-qismi 3-
bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) Soliq kodeksining 248-
moddasi birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan va soliqni hisobga 
olgan holda aniqlanadi. 
Erkin bojxona hududining bojxona rejimiga soliq to‘lamasdan joylashtirilgan tovar 
yo‘qotilganda soliq bazasi Soliq kodeksning 
254-moddasi birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi. 
Tovarlarni (xizmatlarni) olishga bo‘lgan huquqni beruvchi vaucherni realizatsiya 
qilish 
chog‘ida vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati soliq bazasi bo‘ladi.
Olib sotish uchun jismoniy shaxslardan olingan avtomobillar va uy-
joy ko‘chmas mulk 
ob’ektlari realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini o‘z ichiga o
ladigan, 
realizatsiya qilish narxi va sotib olish qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xarajatlari chegirilmaydigan soliq to‘lovchining o‘z 
ehtiyojlari uchun o‘zi ishlab chiqargan tovarlardan foydalanilganda (o‘z kuchi bilan xizmatlar 
ko‘rsatilganda), soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bunday soliq to‘lovchi tomonidan 
o‘tgan 90 kun davomida realizatsiya qilingan aynan shunday (ular mavjud bo‘lmaganda shunga 
o‘xshash) tovarlarning (xizmatlarning) o‘rtacha o‘lchangan narxidan kelib chiqqan holda hisoblab 
chiqarilgan qiymati sifatida, ko‘rsatilgan davrda bunday realizatsiya mavjud bo‘lmaganda esa 
aksizlar hisobga olingan (aksizosti tovarlar uchun) va soliq qo‘shilmagan bozor narxlaridan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi. 
R
ealizatsiya qilishga doir aylanmalari soliq solinmaydigan aylanmalar bo‘lgan chiptalar, 
abonementlar, yo‘llanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan hujjatlar) va xizmatlarni olish 
huquqini beruvchi boshqa hujjatlar realizatsiya qil
ingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini o‘z 
ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va ularni sotib olish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq sifatida 
aniqlanadi.
Tovarlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma quyidagilardan iborat:
1) tovarga 
bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan tovarning qarz shartnomasi 
bo‘yicha o‘tkazish;
2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan hollar 
mustasno; 
3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish; 
4) tova
rni bo‘lib
-
bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish.


110 
Tovarni realizatsiya qilishdan farq qiluvchi har qanday faoliyat, shu jumladan quyidagilar 
xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma deb e’tirof etiladi:
1) pullik asosda xizmatlar ko‘rsatish;
2) b
epul xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan mol
-
mulkni soliq to‘lovchining bepul 
foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmatlarni ko‘rsatish iqtisodiy jihatdan o‘zini 
oqlaydigan hollar mustasno. 
Tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar ko‘rsatish quyi
dagi shartlardan hech 
bo‘lmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi deb e’tirof etiladi:
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan 
bo‘lsa;
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki r
ivojlantirish uchun zarur bo‘lsa va 
xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liqligi asoslantirilgan bo‘lsa;
3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa. 
Q
uyidagilar ham tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmadir: 
1) yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida tovarlarni berish 
(xizmatlar ko‘rsatish);
2) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) ishtirokchilari 
o‘rtasida shunday shartnoma doirasida tovarlarni berish (xizmatlar ko‘rsatish);
3) quyidagilarga tovarlarni berish (xizmatlar ko‘rsatish):
a) yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan ishtirokchi chiqqanda (chiqarilganda) yoki uning 
yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoxud ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda 
ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) yuridik shaxs tomonidan qaytarib sotib olinganda, 
ishtirokchiga; 
b) emitent bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan 
aksiyalarni qaytarib sotib olishda, aksiyadorga; 
v) yuridik shaxs tugatilganda, aksiyadorga yoki ishtirokchiga; 
4) xarajatlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan, soliq to‘lovchining 
o‘z ehtiyojlari uchun soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqargan tovarlarni berish, o‘z kuchi bilan 
xizmatlar ko‘rsatish;
5) jismoniy shaxslarga mehnatga haq to‘lash yoki dividendlar to‘lash hisobiga tovarlarni 
berish (xizmatlar ko‘rsatish);
6) soliq to‘lovchi tomonidan o‘ziga tegishli mol
-mulkni (xizmatlarni), agar bunday mol-
mulk (xizma
tlar) bo‘yicha soliq summasi to‘liq yoki qisman hisobga o‘tkazilgan bo‘lsa, boshqaruv 
organi a’zolariga, xodimlarga, ularning oila a’zolariga yoxud boshqa shaxslarga soliq 
to‘lovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy maqsadlarda foy
dalanish 
uchun berish (xizmatlar ko‘rsatish);
7) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish, agar 
tovarlar va (yoki) mol-mulk qayta ishlash mahsuli shaklida shartnomada belgilangan muddatda 
qaytarilmagan bo‘lsa;
8) erkin bojxona hududining bojxona tartib-
taomiliga soliq to‘lamasdan joylashtirilgan 
tovarni yo‘qotish, boshqa holatlarda soliqni to‘lash zarur bo‘lgan taqdirda;
9) qaytarilishi lozim bo‘lgan, ko‘p marta muomalada bo‘ladigan idishlarning sotuvchi 
tomonidan berilishi, agar idish bunday idishdagi mahsulotni yetkazib berishga doir shartnomada 
belgilangan muddatda qaytarilmasa. 
Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini beruvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul 
berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsi
ya qilish bo‘yicha aylanma deb e’tirof etiladi.

Yüklə 276,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin