Reja: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi


.3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliq stavkalari



Yüklə 276,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.08.2023
ölçüsü276,36 Kb.
#140151
1   2   3   4   5   6   7
6. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I (1)

6
.3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliq stavkalari. 
 
Quyidagilarni realizatsiya qilish 
bo‘yicha
aylanma soliq solishdan ozod etiladi: 
1) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga qarash bo‘yicha xizmatlarni;
2) bemorlar va keksalarni parvarish qilish 
bo‘yicha
xizmatlarni; 


111 
3) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy 
tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosim
larni o‘tkazishga doir 
xizmatlarni; 
4) protez-
ortopediya buyumlarini, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun inventarni, shu 
jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilinadigan 
buyumlar va inventarni, shuningdek nogir
onligi boʻlgan shaxslarga ortopedik protezlash, 
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan protez
-ortopediya buyumlarini va inventarni 
taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarni;
5) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining 
mahsulotlarini ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilish; 
6) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat 
bo‘lgan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatiga haq to‘
lash fondi umumiy mehnatga haq 
to‘lash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan 
shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan 
tovarlar va xizmatlarni; 
8) 
pensiyalar va nafaqalar to‘lashga doir xizmatlarni;
10) o‘qitish (ta’lim) sohasidagi xizmatlarni, shu jumladan test sinovlari va imtihonlar 
o‘tkazishni tashkil etish xizmatlarini, xususan:
boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus, texnik va kasb
-hunar, oliy 
ta’lim va oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim sohasidagi ta’lim xizmatlarini;
ta’lim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning 
malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha 
t
a’lim berish bo‘yicha xizmatlarni; 
maktabgacha ta’lim va tarbiya dasturlari doirasida ta’lim va tarbiyalash faoliyatini amalga 
oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash bo‘yicha xizmatlarni, 
to‘garaklarda, seksiyalarda (shu jumlad
an sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan 
bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni;
11) tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno). Ushbu bandning 
maqsadida tibbiy xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi: 
tibbiy yordamga va sanitariya xizmati ko‘rsatishga doir xizmatlar;
tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash bo‘yicha xizmatlar;
stomatologik xizmatlar, shu jumladan tishlarni protezlash bo‘yicha xizmatlar;
12) veterinariya xizmatlarini. Veterinariya xizmatlari jumlasiga, xususan, quyidagilar 
kiradi: 
veterinariyaga oid xizmatlar ko‘rsatish, hayvonlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash 
bo‘yicha xizmatlar;
hayvonlar va inson uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan aholini himoya qilish;
O‘zbekiston Respubl
ikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan 
himoya qilish; 
davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya va veterinariya-
sanitariya xavfsizligini ta’minlash;
13) dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun 
mo‘ljallangan buyumlarni;
14) sanatoriy-
kurort, sogʻlomlashtirish xizmatlarini, shuningdek byudjet tashkilotlari 
tomonidan koʻrsatiladigan jismoniy tarbiya va sportga doir xizmatlarni. Ushbu bandning 
maqsadida: 
a) sanatoriy-
kurort va sog‘lomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar, 
profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish 
oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida 
ko‘rsatiladigan, ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy bo‘linmalari tomonidan 
ko‘rsatilishidan qat’i nazar, yo‘llanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan 
rasmiylashtirilgan xizmatlar kiradi; 


112 
b) byudjet 
tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan jismoniy tarbiya va sport xizmatlari 
jumlasiga, xususan, sport inshootlarida, maktablarda, klublarda sport turlari boʻyicha oʻquv 
guruhlari hamda jamoalarida sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi jismoniy tarbiya va spor

mashgʻulotlarini oʻtkazishga oid xizmatlar, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari, sport 
musobaqalarini yoki bayramlarini, sport-
tomosha tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlar, 
shuningdek mazkur tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchu
n sport inshootlarini 
ijaraga berish kiradi; 
15) yo‘lovchilarni yagona tariflar bo‘yicha tashish xizmatlarini ko‘rsatish: 
a) umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi tashish shahar transportida va yo‘lovchi tashish 
avtomobil transportida (bundan taksi, shu 
jumladan yo‘nalishli taksi mustasno) mahalliy davlat 
hokimiyati organlari tomonidan belgilanadigan tariflar bo‘yicha;
b) shahar atrofidagi yo‘nalishda temir yo‘l transportida;
16) uy-
joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan aholiga koʻrsatilayotgan xizm
atlar. Uy-
joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift xoʻjaliklari, 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari 
palatasining hududiy boshqarmalari va boʻlimlari, u
y-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va 
taʼmirlash boshqarmalari hamda boʻlimlarining bevosita aholi tomonidan haq toʻlanadigan 
xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga uy-
joy mulkdorlari shirkatlari orqali haq toʻlash 
kiradi;
16-
1) boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan 
umumiy mol-
mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp 
kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻ
rsatilayotgan xizmatlar 
hamda bajarilayotgan ishlar;
17) tovarlarni (xizmatlarni), agar tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish) Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 
asosida bepul amalga oshirilsa; 
18) qimmatbaho metallardan ishlangan bank va oʻlchovli quymalarini, qimmatbaho 
metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun 
foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan 
tashqari), zargarlik buyumlarini, qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish jarayonida hosil 
boʻladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning oʻlchov plastinalari va 
granulalarini, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni, shuningdek qimmatbaho metallardan 
va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni;
19) bojsiz savdo bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni; 
20) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi 
boshqarish o
rganlari va vakolatli organlar, tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni, agar 
bunday xizmatlar koʻrsatish shart ekanligi qonunchilikda belgilangan boʻlsa, faoliyatning 
muayyan sohasida ushbu organlar va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan alohida vakolatlarni 
bajarish doirasida davlat boji yoki boshqa toʻlovlar undiriladi; 
21) budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan yer
-kadastr, yer tuzish, tuproqqa oid va 
geobotanika ishlarini; 
23) xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari 
hisobidan olinadigan tovarlarni (xizmatlarni), agar ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan 
bo‘lsa;
25) telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik 
vositalari, shuningdek mazkur vositala
rdan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir 
xizmatlar;
26) metsenatlik ko‘magi tarzida beriladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarni (xizmatlarni);
27) moliyaviy xizmatlarni; 
28) hayotni sug‘urta qilish xizmatlarini va boshqa sug‘urta xizmatlarini

S
anab o‘tilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma soliq 
to‘lovchilarda bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyalar va boshqa ruxsat 


113 
etuvchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, agar uning amalga oshirilishini lit
senziyalash lozim 
bo‘lsa yoki ruxsat etuvchi hujjatlar talab etsa, 
qonunchilikka muvofiq soliq solishdan ozod etiladi. 
Soliq solinadigan aylanmalarni va soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga 
oshiradigan soliq to‘lovchilar aylanmalarning alohi
da hisobini yuritishi shart. 
Quyidagi moliyaviy xizmatlar soliq solishdan ozod etiladi: 
1) bank operatsiyalari, bundan qiymati qatʼiy summada belgilangan xizmatlar mustasno, 
xususan:
yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini omonatlarga jalb etish;
yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablagʻlarini banklar nomidan hamda
ularning hisobidan joylashtirish; 
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari 
boʻyicha hisob
-kitoblar uchun xizmat qiluvchi bank hisobvaraqlarini yuritish, shuningdek bank 
kartalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq
operatsiyalar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirigʻiga koʻra 
ularning bank hisobvaraqlari boʻyicha hisob
-kitoblarni amalga oshirish; 
yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob-
uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali koʻrsatish;
chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan chet el 
valyutasining oldi-
sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari koʻrsatish);
bank k
afolatlarini bajarish (bank kafolati boʻyicha toʻlov); 
majburiyatlarning pul shaklida bajarilishini nazarda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun 
kafillik berish; 
akkreditivlar boʻyicha hisob
-
kitoblar va toʻlovlar; 
toʻlov tizimlari, dasturlaridan va uskunalar
dan foydalangan holda hisob-kitoblarni 
(toʻlovlarni) amalga oshirish;
2) hisob-
kitoblar ishtirokchilari o‘rtasida axborot va texnologik hamkorlikni, shu jumladan 
hisob-
kitoblar ishtirokchilariga bank kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yi
cha 
axborotni to‘plash, unga ishlov berish va uni taqdim etish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatilishini 
ta’minlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
3) yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning 
pay fondlaridagi va investitsiya pay jamg‘armalaridagi paylarni, qimmatli qog‘ozlarni hamda 
hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish, bundan soliq solinishi lozim bo‘lgan hosila 
moliyaviy vositalarning asos aktivini realizatsiya qilish musta
sno. Ushbu bo‘lim maqsadlarida 
hosila moliyaviy vositani realizatsiya qilish deganda uning asos aktivini realizatsiya qilish, 
shuningdek kontrakt bo‘yicha mukofotlar summalarini, variatsiyaga oid marja summalarini 
to‘lash, hosila moliyaviy vositalar shartlariga muvofiq asos aktiv to‘lovi bo‘lmagan hosila 
moliyaviy vosita taraflarining boshqa davriy yoki bir martalik to‘lovlari tushuniladi;
4) realizatsiya qilinishi ushbu qismning 3-bandiga binoan soliq solishdan ozod etiladigan 
hosila moliyaviy vositalar as
osida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha huquqlardan 
(talablardan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish); 
5) forfeyting va faktoring operatsiyalari; 
6) zayomlarni pul shaklida berishga doir shartnomalardan va (yoki) kredit 
shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzasidan kreditorning huquqlaridan 
(talablaridan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish, olish) bo‘yicha, 
shuningdek boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi asosida dastlabki shartnoma 
yuzasidan qarz oluvchining har bir yangi kreditor oldidagi majburiyatlarining bajarilishga doir 
operatsiyalar; 
7) kreditlarni, zayomlarni pul shaklida va qimmatli qog‘ozlar bilan berish, shu jumladan 
ular bo‘yicha foizlar bilan birga berish, shuningd
ek RYePO operatsiyalari, shu jumladan RYePO 
operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar berilganligi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pul 
summalari; 


114 
8) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishga doir xizmatlarning ushbu xizmatlar 
bo‘yicha foizli daromadlar olishga taalluqli qismi bo‘yicha;
9) qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar) bilan 
bog‘liq operatsiyalar. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli 
qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni 
o‘tkazish hamda ularning reyestrini yuritish, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bo‘yicha 
operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash bo‘yicha xizmatlar bundan mustasno;
10) tranzaksiyalarni bir vaqtnin
g o‘zida to‘lov ishtirokchilari o‘rtasida vositachilik 
haqlarini taqsimlagan holda amalga oshirish bilan bog‘liq to‘lov tizimlarining moliya xizmatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va qimmatli qog‘ozlarga 
taalluqli qism bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ bilan 
kelishilgan holda, shu jumladan ayrim aylanmalarni batafsil aniqlashtirish bo‘yicha
tushuntirishlar 
berishga haqli. 
Sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish xizmatlari bo‘yicha 
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta qilish 
bo‘yicha xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
1) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa:
sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha 
sug‘urta mukofotlari;
qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha vositachilik haqi va tantemalar;
sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer hamda sug‘urta bozorining 
boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
sug‘urta bozorining professional ishtirokchil
ari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, 
assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
qonunchilikka 
muvofiq sug‘urtalovchiga o‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf 
oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya 
qilishdan olinadigan mablag‘lar;
qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bo‘yicha 
sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari; 
bevosita sug‘urta
faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar; 
2) sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa:
sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni);
preventiv tadbirlar o‘tkazish uchun beriladigan mablag‘lar;
sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‘urtalovchi to‘laydigan 
mablag‘lar;
sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‘lar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‘mitasi bilan birgalikda, ayrim aylanmalarni batafsillashtirga
n xolda, tushuntirishlar berishga 
haqli. 
Quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi:
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar
2) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda 
insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar; 
3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek O‘zbekiston Re
spublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda - boshqa tashkilotlar va shaxslar 
yo‘nalishlari bo‘yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam ko‘rsatish 
(grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar; 
4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy 
foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma’muriy
-texnik 


115 
xodimlari, shu jumladan ularning o‘zlari bilan birga yashayotgan oila a’zolari shaxsiy foydalanish

uchun mo‘ljallangan tovarlar;
5) qonunchilikka 
muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros ob’ektlari jamoasiga 
kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovg‘aga 
olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan oz
od etish O‘zbekiston Respublikasi 
Madaniyat vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi;
6) o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiri
ladigan texnologik asbob-uskunalar; 
7) xalqaro kitob almashinuvi bo‘yicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan 
olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga 
oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan 
kinematografiya asarlari; 
8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy to‘lov vositalari bo‘lgan banknotlar (bundan 
kolleksiyalash uchun mo‘ljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qog‘ozlar;
9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari 
hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda 
nazarda tutilgan bo‘lsa;
10) vakolatli davlat organining yozma shakldag
i tasdig‘i mavjud bo‘lgan taqdirda, 
telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini 
sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor
-qidiruv tadbirlari 
tizimining texnik vositalari; 
11) d
ori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan 
buyumlar, shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya 
uchun mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan ro‘yxat 
bo‘yicha olib kiriladigan xom ashyo. Mazkur norma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ham ishlab 
chiqariladigan, olib kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va 
veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5.1-jadval 

Yüklə 276,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin