117
Tovarlarni (xizmat
larni) realizatsiya qilish aylanmasi to‘langan soliqni qoplash (qaytarish)
yo‘li bilan nol darajali stavkasi bo‘yicha tortiladi, agar ushbu tovarlar (xizmatlar) quyidagicha
olinsa:
1) chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning
rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy
-texnik
xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a’zolarining) shaxsiy foydalanishi
uchun;
2) Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olayotgan soliq
to‘lovchilar tomonidan, agar bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa.
Agar tegishli chet davlatning qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik
vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu vakolatxonalarning
diplomatik hamda ma’muriy
-texnik xodimlariga (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila
a’zolariga) nisbatan xuddi shunday tartib belgilangan bo‘lsa yoxud bunday norma O‘zbekiston
Respublikasi
ning xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, nol darajali stavkani qo‘llash
amalga oshiriladi.
Suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik ta’minoti bo‘yicha
aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir ayl
anmaga, shu jumladan bunday
xizmatlarni uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan, shuningdek idoraviy uy-joy
fondi uylarida yashayotgan aholi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bo‘linmalari tomonidan olishga, nol darajali
stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Nol darajali stavka qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho
metallarni olish bo‘yicha vakolatli organga realizatsiya qilinadigan bunday metallarga nis
batan
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: