Reja: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi



Yüklə 276,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix22.08.2023
ölçüsü276,36 Kb.
#140151
  1   2   3   4   5   6   7
6. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I (1)



106 
6. 
QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
 
Reja: 
6
.1. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi. 
 
6
.2. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va soliqqa 
tortiladigan baza.
6
.3. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va soliq stavkalari. 
 
6
.4. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish, hisob
-kitoblarni taqdim etish va 
soliq to‘lash tartibi. 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
aksiz, qo’shilgan qiymat, tovar aylanmasi, yalpi tushum,
 
import, 
eksport, soliq to’lovchilar, soliq ob’ekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq davri, 
soliq hisob-kitobi, soliq hisobot
i, soliq to’lash muddatlari.
6
.1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
ning iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida 
undiriladigan ko‘p qirrali soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot yetkazib 
beruvchilardan tovar va xom ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar ishlab 
chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, 
sotilgan mahsulotlar, bajarilgan 
ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan 
tovarlar, xom ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishla

chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma’lum bir tovar bozorga olib 
chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu 
bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab 
XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya budjet amaliyotida joriy 
etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi. 
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta 
fransuz moliyachisi M. Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M. 
Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan 
shak
lda qo‘llanildi. Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1958 yildan boshlab joriy 
etildi.
Bugungi kunda dunyoning 140ga yaqin 
davlatlarida bor. Biroq, ba’zi davlatlarda, xususan, 
AQSh, Kanada va Yaponiyada bu soliq amal qilmaydi, uning 
o‘rniga sotishdan soliq
(sales 
tax) undiriladi. 
Shunonchi, 1991 yildagina amal qilgan sotishdan undiriladigan soliq o‘zini oqlamadi. 
Soliq summasining bevosita aholidan tovarlarni xarid qilish chog‘ida undirilishi uning qabul 
qilinmasligining asosiy sababc
hisi bo‘ldi. Aholining soliqlar borasidagi savodxonligi past bo‘lgan 
va o‘sha davrdagi nobar
-qaror ijtimoiy vaziyat sharoitida tushuntirish ishlari amalda olib 
borilmaganligi oqibatida bu soliq inflyatsiya sharoitida aholining daromadlarini kamaytirishga 
y
o‘naltirilgan degan fikr tug‘ildi.
Bu tajribadan kelib chiqqan holda 1992 yili O‘zbekistonda oborotdan undiriladigan 
soliqning yangi turi - 
ishlab chiqarish va muomalaning har bir bosqichida qo‘shilgan qiymat 
qismida undiriladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i
joriy etildi. 
QQSni tushunushning murakkabligi uning o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligida bo‘lib, 
xaridor nuqtai nazaridan olib qaralganda xuddi iste’mol solig‘iga o‘xshaydi. Ya’ni sotuvchi uni 
sotilgan tovarlar, ishlar yoki xizmatlar narxining ustiga 
qo‘shadi. Shu ma’noda QQSni iste’mol 
yoki oborot solig‘ining modifikatsiyalangan ko‘rinishi deb hisoblasak bo‘ladi.
Farqi 
shundaki, 
agar xaridor ham QQS to‘lovchisi bo‘lsa
(ya’ni boshqa tovarlar yoki xizmatlarni ishlab 
chiqarishda foydalanish uchun tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotib olsa), sotuvchi budjet oldidagi 
majburiyatlarining umumiy miqdorini hisoblashda xaridordan olingan soliq summasidan yetkazib 
beruvchilarga to‘lab bergan soliq summasini ushlab qolish huquqiga ega bo‘ladi.


107 
Shunday 
qilib, ushbu soliq bilvosita bo‘lib, uning yuki
oxir-oqibat ishlab chiqaruvchiga 
emas, balki tovarlar va xizmatlarning yakuniy iste’molchilariga tushadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad manbai sifatida qo‘shilgan qiymat 
solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Ushbu soliq 
budjet daromadlarining eng yuqori qismini tashkil etadigan soliq turi hisoblanadi.

Yüklə 276,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin