116
1999 yili respublikada soliqning uchta stavkasi: 20, 15 va 0 foiz amal qilardi. 2000 yildan
2019 yilgacha 20% va 0 darajali soliq stavkalari qo‘llanilgan. Soliq stavkasi 2019 yildan 15%ga,
2023 yildan esa 12%ga pasaytirilgan va 0 darajali soliq stavkalari amal qilmoqda .
Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya
qilinganda amalga
oshiriladi:
1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib
-taomiliga olib chiqilgan
tovarlar;
2
) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib
-taomiliga
joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston
Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan
tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari,
chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
3) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g‘amlab qo‘yilgan narsalar, havo
kemalaridan
risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i
-
moylash materiallari g‘amlab qo‘yilgan narsalar deb e’tirof etiladi;
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib
-
taomiliga joylash
tirilgan tovarlarni bevosita O‘zbekiston Respublikasi
hududiga yetib kelish
joyidagi bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona
organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar;
5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar.
Nol darajali stavkani qo‘llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga
taqdim etiladi.
Bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikka
muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona
hudu
dida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha
xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan
tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekist
on Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga
joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarga qayta
ishlash mahsulotlarini
keyinchalik bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikka muvofiq erkin muomalaga chiqarish rejimiga
joylas
htirgan holda belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim.
Nol stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilarni realizatsiya qilish chog‘ida amalga
oshiriladi:
1) tovarlarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlarni. Tovarlarni xalqaro tashish deganda
t
ovarlarning jo‘natish punkti yoki belgilangan punkti O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida joylashgan taqdirda tovarlarni havo kemalari, temir yo‘l transporti va (yoki)
avtotransport vositalari
orqali tashish tushuniladi;
2) chet eldan keltirilgan
tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib
-
taomiliga joylashtirilgan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi
bojxona organidan to O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona
organigacha tash
ish yoki transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni;
3) tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda,
basharti
yo‘lovchilarni, pochtani va bagajni jo‘natish punkti yoki belgilangan punkti O‘zbekiston
Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan bo‘lsa, yo‘lovchilarni, pochtani va bagajni tashish
bo‘yicha xizmatlarni;
4) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilinadigan tovarlarni tashish
yoki transportda tashish, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi qayta ishlash
mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining yuridik shaxslari bo‘lgan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni.
Basharti tashish hujjatlarida bojxona o
rganlarining belgilari qo‘yilgan bo‘lsa, qo‘llaniladi;
5) havo kemalariga bevosita O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida va O‘zbekiston
Respublikasining havo hududida ko‘rsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan aeronavigatsiya
xizmatini.
117
Tovarlarni (xizmat
larni) realizatsiya qilish aylanmasi to‘langan soliqni qoplash (qaytarish)
yo‘li bilan nol darajali stavkasi bo‘yicha
tortiladi, agar ushbu tovarlar (xizmatlar) quyidagicha
olinsa:
1) chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning
rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy
-texnik
xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila a’zolarining) shaxsiy foydalanishi
uchun;
2) Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olayotgan soliq
to‘lovchilar tomonidan, agar bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa.
Agar tegishli chet davlatning qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining diplomatik
vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga,
ushbu vakolatxonalarning
diplomatik hamda ma’muriy
-texnik xodimlariga (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila
a’zolariga) nisbatan xuddi shunday tartib belgilangan bo‘lsa yoxud bunday norma O‘zbekiston
Respublikasi
ning xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, nol darajali stavkani qo‘llash
amalga oshiriladi.
Suv ta’minoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik ta’minoti bo‘yicha
aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir ayl
anmaga, shu jumladan bunday
xizmatlarni uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan, shuningdek idoraviy uy-joy
fondi uylarida yashayotgan aholi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bo‘linmalari
tomonidan olishga, nol darajali
stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Nol darajali stavka qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho
metallarni olish bo‘yicha vakolatli organga realizatsiya qilinadigan bunday metallarga nis
batan
qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: