Reja: Qo‘shilgan qiymat solig‘ining iqtisodiy mohiyati va joriy qilinishi



Yüklə 276,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix22.08.2023
ölçüsü276,36 Kb.
#140151
1   2   3   4   5   6   7
6. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I (1)

QQS
s.o

soliqqa tortiladigan oborotlar bo‘yicha hisoblangan qo‘shilgan qiymat solig‘i 
summasi 
(iste’molchilardan);
QQS
h.o

hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi (etkazib beruvchilardan).
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘idagi soliq summasi 
bojxona to‘g‘risidagi 
qonunchilikka 
muvofiq budjetga to‘lanadi. 
Hisoblab chiqarilgan, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi salbiy bo‘lsa, soliq 
to‘lovchi mazkur summaning o‘rnini qoplash huquqiga ega bo‘ladi. 
Soliq to‘lovchilar, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga 
o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim 
etishlari shart. 
Hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash soliq hisobida turilgan joy bo‘yicha har bir soliq 
davrining yakunlariga ko‘ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga 
oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘ida soliq ushbu bo‘lim 
qoidalari hisobga olingan holda, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va 
muddatlarda budjetga to‘lanadi.
Soliq agentlari soliqni o‘zi soliq hisobida turgan joy bo‘yicha to‘laydi. Soliq to‘lovchilar 
bo‘lmagan soliq agentlari o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli soliq 
hisobotini to‘lash amalga oshirilgan o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan 
kechiktirmay taqdim etishi shart. 
Soliq hisobotiga soliq to‘lovchining xaridlar reyestrida va sotuvlar reyestrida ko‘rsatilgan 
ma’lumotlar kiritiladi.
Soliq agentlari, shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi 
shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni ko‘zlab tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-
fakturalar daftarlaridagi ma’lumotlarni 
ham belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etishi shart. Agar bunday shaxslar soliq to‘lovchilar 
bo‘lmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida operatsiyalarni yok
i vositachilik 
(topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi 
shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni jo‘natuvchining) manfaatlarini ko‘zlab vositachilik 
operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida oling
an hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni 
hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan ma’lumotlarni kiritadi. 


119 
Xaridlar va sotuvlar reyestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-
fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish 
shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Nazorat savollari 
1.
Qo‘shilgan qiymat qanday tarkib topadi?
2.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i 
to

lovchilsri kimlar? 
3.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ob’yekti qanday aniqlanadi?
4.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalari va ularni qo‘llash tartibi qanday?
5.
Nol darajali stavka qaysi tovarlar (ish va xizmatlar)ga nisbatan qo‘llaniladi?
6.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash va hisobotni taqdim etish tartibi 
qanday? 
 

Yüklə 276,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin