Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
700
w
www.oriens.uz
May
2022
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O‘yin texnikasi – harakatni aniq, tez, engil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf
etib yuqori samarada bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
“Texnika” atamasi yunoncha (tehnus) so‘z bo‘lib, juda keng ma’noda
foydalaniladi va o‘zbek tilida «san’at» tushunchasini anglatadi.
Miloddan avvalgi
776-yildan boshlab har 4 yilda Yunonistondagi Olimp tog‘larining etagida joylashgan
Olimp qishlog‘ida Xudo Zevs sharafiga o‘tkaziladigan umumyunon bayram
musobaqalari ishtirokchilari 2 g‘ildirakli aravachada poyga, mushtlashish, beshkurash
sporti bo‘yicha o‘z san’atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qizig‘i shundaki, har
bir ishtirokchi musobaqadan oldin o‘z qaddi-qomatini, mushaklarini shakllanganligi
va boshqa shu sportga oid xislatlarni namoyish qilishi mazkur musobaqaning
shartlaridan biri bo‘lgan. Demak, muayyan sport turi bilan shug‘ullanish
natijasida
odamning qaddi-qomati, mushaklari va organizmning jamiyki barcha organlari
shakllanadi, binobarin
sportchining texnik mahorati, san’atini takomillashishi
ta’minlanadi.
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa,
televizor,
sovutgich, soat va hokazo), ularning texnik pasporti mavjud bo‘lib, unda mazkur
vositaning texnik ko‘rsatkichlari va o‘lchamlari berilgan bo‘ladi. Sportda ham
muayyan harakat malakasining o‘ziga xos texnik ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va uni
ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir.
Voleybol o‘yini texnikasi o‘yinni olib borish uchun zarur bo‘lgan
harakat
usullari majmuasidan iboratdir. Harakatlar texnikasi turli vaziyatlarda maqsadga
muvofiq, samarali harakat qilish bilan baholanadi. O‘yindagi har bir texnik usulni
bajarish bir-biri bilan uzviy bog‘langan harakatlanish tizimidan tashkil topadi.
Harakat texnikasi harakat vazifalarini muayyan usul bilan
hal qilish uchun zarur va
yetarli bo‘lgan harakatning dinamik va kinematik xususiyatlaridir (kuchlarning
muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o‘rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar).
Texnikaning asosiy qismi – ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng
muhim va hal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan qisqa
vaqt oralig‘ida katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi.
Texnikaning detallari – harakatning asosiy mexanizmini buzmaydigan ikkinchi
darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda turlicha bo‘lib, bu ularning
morfologik va funksional imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Texnik harakatlarni bajarishda harakatlarning vaqt jihatidan ma’lum bir
fazalari farqlanadi. Odatda, harakatlarning uch fazasi: tayyorgarlik, asosiy va
yakunlovchi fazalarini belgilab qo‘yish mumkin.