Bank tizimini iqtisodiyotda tutgan o’rni (mlrd. so’mda)
9
Ko’rsatkichlar nomi
01.01.2019 y.
01.01.2020 y.
YaIM
406 648,5
511 838,1
Bank aktivlari
214 419,6
272 726,9
Aktivlarning YaIMga nisbati, foizda
52,7
53,3
Kredit qo’yilmalari
167 390,6
211 580,5
Kredit qo’yilmalarining YaIMga nisbati,
foizda
41,2
41,3
Depozitlar
70 001,4
91 009,0
Depozitlarning YaIMga nisbati, foizda
17,2
17,8
Kapital
26 678,9
51 030,7
Kapitalning YaIMga nisbati, foizda
6,6
10,0
Banklarning
mohiyati
va
funksiyalari,
shuningdek,
bajaradigan
operatsiyalari va ko’rsatadigan xizmatlari ularning iqtisodiyotdagi rolini belgilab
beradi. Banklarning iqtisodiyotdagi roli deganda asosiy e’tiborni ularning vujudga
kelish omillari, rivojlanish jarayonlari va bajaradigan operatsiyalariga qaratish
lozim. Banklarning roli ularning funksiyalari kabi ma’lum darajadagi
xususiyatlarga egadir. Banklar mulkiy jihatdan qanday shaklda tashkil topgan
bo’lishidan qa’tiy nazar, iqtisodiyotda umum ahamiyatga ega bo’lgan
9
“O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni”, 2019 yil, Toshkent, 48-bet
18
operatsiyalarni bajaradi. Shu bois ham banklar qanday mulkiy shaklda yoki
ixtisoslikda tashkil topgan bo’lishidan qa’tiy nazar, ular iqtisodiyotda alohida
ahamiyat kasb etadi.
Albatta, banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko’pqirrali bo’lib,
ularning asosiylari quyidagilardan iborat
10
:
- jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida
o’ziga jalb etadi;
- qo’shimcha moliyaviy mablag’larga ehtiyoji mavjud xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to’lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida
mablag’lar beradi;
- milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini
ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;
- pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;
- iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o’rtasida hisob – kitob va
to’lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;
- bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini
amalga oshiradi;
- aholiga va mijozlarga trast va depozitar xizmatlarini taklif etadi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, jamiyatda
faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga
qaratilgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha
bo’lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo’shimcha moliyaviy mablag’larga
ehtiyoj tug’ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish
siklining turli – tumanligi (qishloq xo’jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish
jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot
10
Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. - T.: "Moliya", 2004 yil. 63 bet
19
tarmoqlarida qo’shimcha moliyaviy mablag’larga nisbatan qo’shimcha ehtiyojni
keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag’larning ishlab
chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Ta’kidlab o’tilganidek, banklarning asosiy faoliatlaridan biri bu olingan
deposit mablag’larni iqtisodiyotning turli sohalarida qayta taqsimlash hisblanadi.
20
2-jadval
Dostları ilə paylaş: |