O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Qadimgi Misr va Bobil falsafasi.
Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida 
qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, 
matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy-falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki 
yo’nalishda borgan. Birinchi yo’nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan 
bog’liq ekanini, ikkinchi yo’nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog’liq bo’lganini ko’rsatadi. 
Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar 
asosida tahlil etilgan, o’rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu – o’sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u – 
davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol 
tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo’lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab 
bo’lgan. 
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo’lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi 
voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam 
qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko’nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o’sha qadim zamonlarda, afsona hamda 
rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo’q edi. Bu – o’sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, 
xususan, «Xo’jayinning o’z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo’shig’i», «O’z hayotidan 
hafsalasi pir bo’lgan kishining o’z joni bilan suhbati» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo’lgan. ularda hayotning, 
umrning mazmuni, o’sha davrdagi odamlarga xos tuyg’ular bayon qilingan. 
Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, 
xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko’rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustuvor 
bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo’lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-
sekin shakllana boshlagan. umuman, bunday xususiyatni, qadim zamondagi barcha tsivilizatsiyalarga xos deyish 
mumkin. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin