yuborilgan ilohiy
kitob ekani, qiyomat kunida barcha birdek tirilishi, jannat va do’zaxning mavjudligi, gunohkorlar
jazosiz
qolmasligi, savobli ishlarni qilganlar u dunyoda rag’batlantirilishlari haqidagi qarashlar ilgari surilgan.
Ko’p yillik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yahudiylik Sharq xalqlaridan biri — yahudiylarning milliy dini bo’lgani
bois, ana shu qit’ada yashovchi boshqa xalqlarga xos bo’lgan ko’pgina diniy qarashlari bilan ham bir qadar
mushtarakliklarga ega. Chunonchi, uning zardo’shtiylik bilan o’xshash jihatlari ham yo’q emas. Masalan, «Tavrot» va
«Avesto»dagi aksariyat qonunlar, diniy-falsafiy kategoriyalar o’rtasida yaqinlik ko’zga tashlanadi. Umuman olganda
esa, barcha dinlar orasida ilohiy qadriyatlarni mutloqlashtirish, xudo g’oyasini muqaddaslashtirish, bu
dunyo va u
dunyo bilan bog’liq qarashlarga ko’proq e’tibor berish kabi o’xshash jihatlar uchraydi.
Hindiston falsafasi.
Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki
ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o’z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan
bo’lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma
tomonidan aytilgan so’zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi,
iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va
nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to’rtta to’plam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular —
«Rigveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo’lgan manbalarda ham o’z aksini topgan.
«Upanishadalar» sirli bilim degan ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi. «Upanishadalar»
yaxlit kitob yoki falsafiy risola bo’lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning
matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir.
«Upanishadalar»dagi falsafiy mavzular, asosan, insonni o’rab turgan borliq, uning hayotdagi o’rni va vazifasi, tashqi
olam va
inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari
haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo’linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb
ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu
maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina
ifodalangan, deyishadi.
Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan
olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi.
Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo’lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan.
Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo’lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti)
modda va ruh
(purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo’nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda
(proportsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda
uchta sabab mavjud, deyiladi.
Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, aloqador bo’lmagan sabab. Bu falsafiy maktab haqida buyuk
bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» asarida atroflicha fikr yuritgan.
Dostları ilə paylaş: