Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati
to’g’risida» nomli asari bilan mashhur bo’lgan. Yashashdan maqsad, deb yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan
iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o’z qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan holda rivoj
topadi, deydi u. Uning falsafiy qarashlari o’z davri va o’rta asr falsafasiga o’z ta’sirini ko’rsatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib, shaklini o’zgartirib yashash — uning
xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga bo’linadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini
sanab o’tgan. Bular — narsaning og’irlikka ega bo’lgani uchun to’g’ri chiziqli harakati, narsaning o’zicha og’ish harakati,
narsaga turtki bo’lgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mohiyatan sodda bo’lsa-da, tabiatshunoslikka ulkan
ta’sir ko’rsatgan.
Biz xorijiy Sharq va antik dunyo falsafasi haqida juda qisqa ma’lumot berdik. Ularga mansub ayrim oqim va mashhur faylasuflar ta’limoti to’g’risida nihoyatda muxtasar fikr yuritdik. Aslida bu mavzular o’ta keng qamrovli bo’lib, ularning mohiyatiga etib borish uchun ko’p va xo’b o’qib-o’rganishga to’g’ri keladi. Ishonchimiz komilki, siz, aziz talabalar ularni mustaqil o’qib-o’rganish jarayonida to’liq o’zlashtirib olasiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, biz falsafa tarixini faqat mashhur nomlar va ular yaratgan ta’limotlarni bilib olish uchungina o’rganmaymiz, balki insoniyat tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk faylasuflarning ibratli hayoti, o’lmas g’oyalari mohiyatini chuqur anglash, ularga tayanib, bugungi kun falsafiy muammolarining qulay echimini topish, shu