Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


 Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. - T.: «Mehnat», 2009, 58-59-b



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix25.08.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#140493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Hozirgi zamon sharoitida xalqaro raqobat va uning namoyon bo‘lishi

4
 Abdullayev Yo. Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob. - T.: «Mehnat», 2009, 58-59-b. 


11 
ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‘zlarining iqtisodiy 
mavqeini mustahkamlashga haraqat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan 
chegirma qilish, asosiy harid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, 
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida 
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z 
mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday haraqat qilishini 
taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‘yicha 
foydani kamaytiradi. 
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili 
tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqaruvchi 
firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‘lishi 
mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining 
yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y berishi keraq. Hozirgi 
davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning sotishni rag‘batlantiruvchi 
reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. 
Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali haridorlarni o‘ziga jalb 
qilish keng tarqalmoqda. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, 
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin turli-
tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin. 
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar 
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. 
Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa 
shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning 
eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan 
biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar haridorlarni 


12 
jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli 
va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter 
ishlab chiqaruvchi firma, o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, 
korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan 
keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; 
mahsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan 
iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va iste’molchilar 
ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib 
chiqadi. 
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. 
Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha qolaveradi. 
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim 
o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, 
iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan sotiladigan tovar hajmini 
ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy 


jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta 
jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar 
Har qanday ijtimoiy tuzumda raqobat muayyan ijtimoiy vazifalarni bajaradi. 
Keng ma’noda raqobat deganda, bir maqsad sari intilayotgan sub’ektlarning faol 
musobaqadagi o‘zaro munosabatlari tushuniladi. Shunga ko‘ra raqobat: 
-
musobaqa ishtirokchilari o‘rtasida maqsadga yetishning eng yaxshi 
vositalariga ega bo‘lganlarni va boshqalarga qaraganda ulardan mahorat ila foydalana 
oladiganlarni ro‘yobga chiqaradi (tanlash vositasi); 
-
muayyan vazifani (oqilona) hal etish yo‘lini rag‘batlantiradi va yo‘lni 
musobaqa ishtirokchilari faoliyatining natijalarini qiyoslash, tekshirish va sinash asosida 
topishga yordam beradi; 
-
bellashuv ishtirokchilari intilayotgan maqsadga erishish yoki mavjud 
sharoitlarda unga imkoni bor darajada yaqinlashishni rag‘batlantiradi. 
“Raqobatsiz bozor iqtisodiyotini bo‘lishi mumkin emas va bunday iqtisodiyot 
mavjud bo‘la olmaydi ham”.
5
Raqobat ijtimoiy nuqtai nazardan maqbul narsa, yakka tartibda esa tadbirkorga 
imkoniyati bo‘lganda raqiblar sonini cheklash yoki birgalikda raqobatni susaytirish 
uchun raqiblar bilan kelishishga intilish xos bo‘ladi. 
Biron-bir yakka shaxslarni irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda raqobatni 
susaytiradigan omlilar ham mavjud. Masalan, murakab ishlab chiqarishda zamonaviy 
texnologiyalarni qo‘llash katta moliyaviy sarflar, barqaror xomashyo manbaalari, ishlab 
chiqarilgan mahsulotni sotish uchun yirik bozorlarni talab etadi. Bularning barchasini 
kattaligi bozor miqyoslari bilan qiyoslanganda sezilarli bo‘lgan ulkan korxonalarni barpo 
etish zarurati talab qilinadi. Shunday qilib, murakkab va qimmatbaho zamoanyi 
texnologiyalarning joriy etilishi tarmoqda soni ko‘p mayda korxonalarning emas, balki 
bir necha yirik korxonaning bo‘lishini taqozo etadi. 
Nihoyat, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar raqobatni istisno etadigan yoki 
cheklaydigan tarmoqlar - temir yo‘l transporti, aloqa, energetika tarmoqlari va boshqalar 
mavjud. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin