AS
17
erishish moddiy texnika, moliya va mehnat resurslaridan samarali foydalanish esa
umuman jamiyat manfaatlariga mos keladi, chunki resurslar har qanday jamiyatda
cheklangan. Raqobat mahsulot birligiga mehnat sarfini kamaytirishga eng mukammal
texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishga, mahsulot sifatini yaxshilash va narxini
pasaytirishga rag‘zbat beradi.
Bozorning raqobatchilik tarkibiy tuzilishining turli modellari ajratib berilgan.
Uning turli modeli keng e’tirof etilib, mukammal (sof) raqobat; monopolistik raqobat,
oligopoliya, mukammal monopoliya kabilarga bo‘linadi. Mukammal (sof) raqobat -
bozorga kirib keladigan va undan chiqib ketadigan, haridor va sotuvchilarning ko‘pligi
bilan tavsiflanadigan, sotuvchilar bir xil ish turidagi tovarlar va xizmatlarni taklif
etadigan raqobat turidir. Bunda haridor va sotuvchilarning birontasi ham aloxida bir o‘zi
bozor narxlariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lmaydi. Bu modelga ko‘ra mukammal
raqobatchi mavjud bozor narxlarida sotish uchun mo‘ljallangan jami mahsulot yoki
xizmatni bozorda sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki tovarlarni
sotuvchi hisoblanadi. U umumbozor narxlariga uni ko‘tarish yoki pasaytirish tomoniga
qarab hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi, chunki bir xil yoki turdosh tovarlar va
xizmatlar savdosining umumiy xajmida uning hissasi bir ishlab chiqaruvchi bozorni o‘z
ichiga oladigan bo‘sag‘asidan past ijtimoiy manfaatlar nuqtai nazaridan xuddi shunday
raqobatli bozor eng foydali hisoblanadi. Bunday bozorda yakka bir ishlab chiqaruvchi va
sotuvchi narxga ta’sir ko‘rasat olmaydi, jamiyat esa haridor qiyofasida tekshirib, sinab,
tanlab olib ayni paytda ishlab chiqarishni nazorat qiladi va boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: