1.1-
chizma.
Raqobatchi firmaning o‘z foydasini eng yuqori darajaga
yetkazish
18
Bu yerda, MS=MR=P - masofa; AV=R-AS - to‘g‘ri burchak yuzi bir- birlik
mahsulotdan olinadigan o‘rtacha foyda; AVSD - to‘g‘ri burchak yuzi firmaning eng ko‘p
yalpi daromadi. 1.1.1-chizmada ko‘rinib turganidek firmaga hamisha ham qisqa muddatli
davrda foydani eng yuqori darajaga kerak emas .
Chegaraviy daromad (MR) chegaraviy harajatlar (MS)ga teng bo‘ladigan va
chegaraviy harajatlar egri chizig‘i ko‘tarilib boradigan nuqtada foyda eng yuqori darajaga
yetadi: MR=MS (1). Raqobatli bozorda talab egri chizig‘i to‘g‘ri chiziqdan iborat
bo‘ladi, shu sababli MR=R, ya’ni (1) qoidani MS=R shaklida yozish mumkin. 1.1.2-
chizmada raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga tushirish AYE kesma -
R - AYEFD to‘g‘ri burchak yuzasi ishlab chiqarish xajmi q
1
bo‘lganida olinishi mumkin
bo‘lgan qo‘shimcha foyda; AS- AVC=AFC - kesma VE - doimiy o‘rtacha harajatlar;
SBEF yuza - hech qanday mahsulot chiqarmaydigan maqomdagi harajatlarga teng zarar.
1.2-
chizma.
Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga
tushirish
AS
19
1.2-
chizmaning avvalgisidan asosiy farqi ishlab chiqarish doimiy
harajatlarning ortib borishidir. Bu narsa umumiy o‘rtacha harajatlar (AS)ni
oshiradi, ammo o‘rtacha o‘zgaruvchan harajatlarni o‘zgartirmaydi. Natijada 1.2-
chizmada ko‘rinib turganidek baho (R) o‘rtacha harajatlar (AS)dan pasayib qoladi.
Shunga ko‘ra AV kesmasi ishlab chiqarishning o‘rtacha zararlariga teng bo‘ladi.
Monopolistik raqobat o‘z nomiga mos xolda ustun keladigan raqobatning
bir qadar monopol hukmronlik bilan aralashmasidan iborat. Raqobatchilardan
anchagina sonli bo‘lishi ulardan har birining bozor narxlarini nazorat qilish
imkoniyatini to‘liq bo‘lmasada, ammo sezilarli darajada cheklaydi. Monopolistik
raqobatga xos bo‘lgan muxim belgi sotuvchilarni tovarlarni tabaqalashtirishga
intilishidir.
Tabaqalashtirish, ya’ni tovarlarga aloxida uni o‘ziga o‘xshash tovarlardan
ajratib turadigan sifat berish sotuvchiga raqiblarining xudi shunday tovarlarga
qaraganda uning tovarini afzal ko‘ruvchi haridorlar haridorlar doirasini yaratish
imkoniyatini beradi.
Oligopoliya - tarmoqda bir necha firmaning o‘zaro bog‘lanib qolishi,
ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, va uni o‘zi
ham ularning ta’siridir. Bozorning oligopoliya tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash
20
ish deyarli bir xil yoki bo‘lmasa tabaqalangan mahsulotlar ishlab chiqarishdlari
AS
mumkin. Oligopolik bozorda narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p uchraydi. Bu
peshqadam tarmoqdagi eng yirik ish eng samarali ishlayotgan firma bo‘ladi.
Tarmoqdagi peshqadam o‘z mahsuloti narxini o‘zgartirish bilan boshqa hamma
firmalarni narxlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Oligopoliyada raqobatchi
firmalar sonini ko‘p bo‘lmasligi ularning narxlar yetkazib berish xajmlari, bozorni
bo‘lib olishni birgalikda boshqarish maqsadlarida til biriktirish ehtimoli
imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. Oligopoliya tarmoq sharoitlarida firmalar
hamkorlikni yuridik jixatdan rasmiylashtirilmasdan va bu haqida oshkora xabar
bermasdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni jiddiy
cheklashga olib keladigan noqonuniy kelishuvlariga yoki o‘zaro kelishilgan
faoliyatiga ko‘ra kurashish bozor iqtisodiyoti davlatlaridan monopoliyadanchiqish
qonuniy xujatlar yordamida xal qilinayotgan vazifalaridan biridir.
Mukammal (sof) monopoliya. Mukammal (sof) raqobatning butunlay aksi.
Bu modelda yaqinroq o‘rinbosar bo‘lmagan mahsulot taklif etadigan yagona ishlab
chiqaruvchi mukammal monopolist hisoblanadi. Bu modelda bozorda tanho sotuvchi
yoki ularning soni naqadar kamki ularning har biri raqiblari bilan kelishilgan xolda
mustaqil tovarlar va xizmatlar taklifi umumiy xajmiga va ularning narxiga ta’sir
ko‘rsatishga qodir. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda shu jumladan raqobat
mamlakatlarda darajasi yuqori bo‘lgan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarda kam
mavjud. Bu bir qancha sababalrni paydo qiladi.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko‘p xollarda kam chiqimli unumdor
ishlab chiqarishga erishish uchun uning miqyosini kengaytirishi ham mutloq
ma’noda kam harajat talab etadi. Shunday tarmoqlar ham borki ularda mahsulot yoki
xizatlar borligiga to‘g‘ri kekeladigan harajatlarni pasaytirish ayniqsa ishlab chiqarish
ko‘lamiga va raqibning bor yo‘qligiga bevosita bog‘liq.
Real bozor, mukammal raqobat - mukammal monopoliya o‘qi bo‘yicha turli
modelning qaysi biriga muvoqfiqroq kelishiga qarab shu bozorda tovarlar va
xizmatlar sotuvchisi bo‘lgan tadbirkorlar raqobat kurashining turli yo‘llaridan
foydalanadilar.
“Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida qonunlar reklama sohasidagi raqobat
kurashiga monelik qilmaydi. Tadbirkorlarga xususan faqat ularning tovar yoki
xizmatni sotib olish g‘oyani afzal ekanligiga haridorni ishontirishga urinishlarda
о
juda katta erkinliklar beradi”.
Raqobat vositalarining shakl va taomyili, uning namoyon bo‘lishi sohalari
g‘oyat ko‘p va keng . Uning tarmoq ichidagi kapitalning bir tarmoqdan ikinchi
tarmoqga oqib o‘tishiga olib keladigan tarmoqlararo, jahon bozorlarida turli
mamlakatlar xo‘jalik kompleks raqobati kabi turlari mavjud. Raqobatni amalda
tasavvur etish uchun shu ko‘rinishlarga mansub bo‘lgan hozirgi usullardan
ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz va jahondagi hamma mamlakatlarda qonuniy
hisoblanadigan va amalda keng qo‘laniladigan raqobat xulqining turli ishlarini
tavsiflaymiz. Narx bilan raqobatlashuv an’anaviy shakl. Uning an’anaviy va eng ko‘p
qo‘llaniladigan usullariga quyidagilar kiradi:
- “Narxlar jangi” - yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan surib
chiqarish uchun narxlarni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi.
“Narxlar jangi”ni boshlagan baquvvat firma tovarning sotish xajmi ko‘payganligi
hisobiga ko‘proq daromad ko‘rishni ko‘zlaydi. Yirik kompaniyalarning o‘zlari uchun
yangi bo‘lgan mamlakatlarda ochilgan korxonalari filiallari boshqa xorijiy va
mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozordan siqib chiqarish uchun aksariyat “narxlar
jangi”ni qo‘llaydi. Iste’molchilar dastlab tarmoqdagi “narxlar jangi”dan foyda
ko‘radi, ammo keyinchalik bunday monopoliyalashtirishning jabrini tortishlari
mumkin. Davlat mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tarmoqni o‘zlashtirishdan
manfatdor bo‘lib qudratli xorijy firmalar bilan kurashda mahalliy bozorda o‘rnashib
qolishga yordam berish uchun ularni aloxida imtiyozlar va afzalliklar tizimi bilan
qo‘llab-quuvatlashga harakat qiladi, u yoki bu tarmoqda xorijiy xo‘jalik yurituvchi
shakxsga tadbirokrlik faoliyati uchun mahalliy sherik ishtirokida qo‘shma korxona
barpo etish majburiy shart qilib qo‘yadi yoki boshqa cheklash va tartibga solish
choralarini ko‘radi;
-
demping - amal qilish va maqsadlarga ko‘ra “narxlar jangi”ga yaqin
bo‘lgan narx bilan raqobatlashuv usuli. Uning mohiyati shundaki yirik tovar ishlab
chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar xududida korxona qurmaydilar, ammo uning
AS
bozorlarida o‘z ichki bozordagi narxlardan, jahon narxlaridan arzon. Dempingning
ma’nosi tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatning ichki bozorida sotilayotgan ortiqcha
mahsulotni yo‘qotish va yangi bozorlarga kirib olishdan iborat. Rivojlangan
iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar rivojlanishi pastroq mamlakatlarga dempingni
eksportchi kompaniyalarga byudjetdan maxsus eksport mukofotlari va subsidiyalari
to‘lash bilan rag‘batlantiradi va bu to‘lovlar kompaniyalar ko‘radigan zararni qisman
qoplaydi. Bunday ishlardan davlatning manfaatdorligi boshqa malakat bozorida o‘z
ishtirokini kuchaytirish, iqtisodiy manosabatlarni yanada rivojlantirish uchun negiz
yaratishga intilish bilan izohlanadi.
Rivojlangan mamlakatlardan rivoji pastroq mamlakatlarga demping tovar
chiqarish amaliyotda doimiy xodisa. Demping narxlar iste’molchilarni so‘zsiz
qoniqtiradi, ammo “narxlar jangi”di bo‘lgani kabi bozorda bunday tovarlarning hozir
bo‘lishi mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini qiyinlashtiradigan
omilga aylanishi mumkin. Demping tovarlar kiritayotgan davlat - bu jarayonni savdo
cheklashlarini joriy etish, muayyan turdagi tovarlarni kiritish uchun bojlarni ko‘tarish
bilan nazorat qilish, shuningdek demping narxlarda sotilayotgan tovarlarga o‘xshash
tovarlar ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlarga yordam berish imkoniyatlariga
ega.
Halqaro amaliyotda mahsulot narxidan chalg‘itmaslik, tovarning qiymati va
sifati sohasida raqobatni qiyinlashtirmaslik uchun chegirma va saylovlarning eng
yuqori miqdorlarini belgilab qo‘yish kam uchraydi. Shuningdek narx bilan
raqobatlashuvga quyidagilarni kiritish mumkin:
-
muayyan toifadagi iste’molchilar uchun imtiyozli narxlar (masalan,
aviakompaniyalardan yo‘lovchilar guruxiga bir yo‘la olinadigan “Oilaviy” biletlar
yakka-yakka olishga qaraganda arzonroq) sotiladi;
-
vaqti va joyiga qarab narxlarni tushirish yoki ko‘tarish (kinoteatrga
ertala borish kechkidan ko‘ra, ish kunida borish dam olish kunidan ko‘ra arzonroq
turadi);
-
ko‘rasatiladigan xizmatlar xajmi ko‘paygan yoki tovarlar sifati
yaxshilangan sharoitlarda ham amaldagi narxlarni saqlab turish;
-
haridorlar uchun kredit muddatlarini uzaytirish va boshqalar.
Narx bilan raqobatlashuvga kirmaydigan raqobat usullarini “narxsiz raqobat”
deb ataladi. Bu atama garchi noaniq bo‘lsada amaliyot va ilmiy adabiyotda keng
qo‘llaniladi, raqobat kurashidagi turli usullarga yagona nom berishga imkoniyat
yaratadi.
|