bo‘ladi.
Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: a)
tovarlarning
xizmatlari bo‘yicha bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat. Masalan, sport,
kitoblar, plastinkalar kishining madaniy dam olishiga qaratilgan. Shuning uchun ular
bir-biri bilan raqobatchi; b) bir xil tovarni har xil firmalar
ishlab chiqarishi orqali
bo‘ladigan raqobat yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyadan tovar ishlab
chiqarish; v) baholar orqali bo‘ladigan raqobat - bu eng ko‘p tarqalgan usullaridir.
Bahoni pasaytirib bozorni egallash. Tovarlarni iste’mol qilish (ishlatish) jarayonidagi
bahosini pasaytirishga elektr yoqilg‘i va material sarflarini kamaytirish va xizmat
qilish muddatini ko‘paytirish orqali erishish.
Jahon bozori tajribasida raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud:
1.
Agar raqobatchilar kuchi teng va strategiyalar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa
bozor
muvozanati uzoq saqlanmaydi, ular orasidagi kelishmovchilik susaymaydi.
2.
Raqobatchining g‘ashini keltiradigan harakatlar qilmang.
3.Sizning raqobatchingiz hamma narsadan xabardor deb biling.
4.Sizning harakatlaringiz o‘zingizning imkoniyatlaringizga mos ekanligiga
raqobatchingizni ishontiring.
Raqobatchilar strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga javob topiladi:
Dostları ilə paylaş: