yaratish boyicha aniq masalalarlarni oz ichiga oladi. Didaktikada o’quvchilarning
individual qobiliyatlari hamda tafakkurini rivojlantirish har bir o’quvchining ijodiy
faolligi bilan bog’liq. Ayniqsa ustalik bilan tuzilgan topshiriqlar ijodiy
mustaqillikning namoyon bo’lishiga yuqori darajada ko’maklashadi. Bunda
o’quvchilar topshiriqni tayyor namunalar bo’yicha bajarmasdan, balki bu jarayonga
qandaydir yangilik qo’shib, qo’yilgan masalani yechishda zamonaviy metodikadan
foydalanib, o’z mulohazalarini bildirib, o’rganilayotgan hodisadagi o’zlari
uchun
yangi qirralarni ochadilar. Bunday sharoitda o’quvchi bilish faoliyatining yangi
metodlarini egallaydi. Ijodiy bilish o’rganilayotgan hodisaning yangi qirralarini
ochishni, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishni, o’quv materialini
o’rganishning yanada mukammal metodlaridan foydalanishni taqozo qiladi. Shu bilan
bir qatorda ijodkorlik ko’nikmasi taqlid orqali shakllanishini ham alohida qayd qilib
o’tish lozim. O’quvchilarning takrorlash, taqlid qilish kabi faoliyatlari ijodkorlik
qobiliyatlarining shakllanishiga ko’maklashadi. O’quvchining ijodkorligi uning taqlid
qilish uchun egallagan bilim va ko’nikmalariga tayanadi va uning masalalar yyechish,
topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligida namoyon bo’ladi.
Mustaqil individual ishlarning mustaqillik va ijodiy faollikni oshirishdagi o’rni
nimalardan iborat?
Talimning sinf-dars shaklini jamoaviy ko’rinishi va o’quvchilar
tomonidan
o’zlashtirishning individual xususiyati o’rtasida qarama-qarshiliklar mavjud. Bu
qarama-qarshiliklarni yechishga ko’maklashuvchi shartlardan biri o’quvchilarning
individual mustaqil ishlarini tashkil qilishdir. Individual mustaqil ishlardan maqsad
o’quvchilar bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularning qobiliyat va
iqtidorlarini rivojlantirish, hamda o’zlari tanlagan muammo va masalalar yuzasidan
ijodiy ishga yo’naltirishdan iborat. Texnologiya fani mashgulotlari faqat mahsulot
yaratishdan iborat emas. O’quvchi buyumlar yaratish, narsalar muhitini tashkil qilish
orqali o’zicha ularga malum funktsional va estetik hususiyatlar beradi, unda
buyumlarga nisbatan malum bir munosabat shakllanadi
va natijada kishilarga,
jamiyatga va mehnatga munosabati shakllanadi. O’quvchilarning individual
qobiliyatlari, layoqatlari turlicha bo’lganligi sababli ularning topshiriqni bajarishga
sarflaydigan vaqt miqdori ham har xil bo’ladi. Bu ayniqsa ijodiy topshiriqlar
bajarishda yaqqol namoyon bo’ladi. Shunday hollarda topshiriqning modulli bo’lishi
ilgarilab ketadigan o’quvchiga shu sohadan chuqurroq bilim beradigan, kengroq
hajmli topshiriq berishga, orqada qoladigan o’quvchiga esa, yengilroq topshiriq
berishga imkoniyat yaratiladi. Har ikkala holda ham ish jarayonida o’quvchi o’zi
uchun yangi xususiyatlar kashf etib, estetik zavq oladi. Bu masalaga o’quvchilarning
individual xususiyatlarini
hisobga olib yondashilsa, yaxshi natijalarga erishilishi
mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1168
O’qitishni individuallashtirishdan asosiy maqsad o’quvchilar bilimida yuzakilik
bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, ularning har birining iloji boricha sermahsul mehnatini
tashkil qilish, qobiliyatlarini kengroq namoyon bo’lishiga erishish kabilardan iborat.
Talimning hamma bosqichlarida o’quvchilarga individual yondashish, ayniqsa
bilimlarni nazorat va tahlil qilish jarayonida bunga ko’proq sharoit yaratiladi. Shu
sababli talim jarayonining amaliy ahamiyatiga ega bo’lishi, o’qituvchilar har bir
o’quvchining individual xususiyatlarini iloji boricha kengroq etiborga olishi kerak.
Bu, talim jarayonida o’quvchi o’qituvchining tasir ko’rsatish obekti sifatida emas,
balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisi bo’lishi zarur, demakdir. Har bir
o’quvchining individual xususiyatlarini namoyon qilishga ko’maklashadigan
mustaqil ishlarni to’g’ri tashkil qilish o’qituvchining mahoratiga bevosita bog’liq.
Mustaqil ishlarda o’quvchilarning individual xususiyatlari yorqin namoyon bo’ladi,
o’qish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklarni to’g’rilash imkoniyati ham katta.
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin
tutuvchi amaliy mehnat
faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni
egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz
Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik,
asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz.
Mahsulot ishlab chiqarish va uy ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lasiz. Bu maqolada o’quvchilarning turli materiallarga ishlov
berish usullarini egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga
doir jihatlar keltirib o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq
umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi.
Jamiyatimizning har bir a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga
qaratilgan bozor munosabatlarining rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning
zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik - bu yangi g‘oyaga asoslangan moddiy va
ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli
hayotimiz yanada qulay va
qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar
ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli
hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar,
katta imkoniyatlarga ega kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar
yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab,
bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalarni
uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Asosiy qism: Texnologiya darslarida
zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy
bo'limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik
asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga
olish kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika
ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1169
boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham
o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab
sohalarga oid kasb-hunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-
hunarlardan birini egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz
jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz.
Dostları ilə paylaş: