239
12.3-rasm. Gidrosupportli stanokda valni ishlash sxemasi. 1-kopir, 2- support,
3- zolotnik, 4- nasos, 5- gidrotsilindr, 6- shtok, 7- porshen, 8- detal.
Ko‘p keskichli stanoklarda pog‘onali vallarni ishlash uchun stanokni
o‘lchamlarga to‘g‘rilash ancha murakkabdir. Bunday holatlarda kopirlash (nusxa
olish) qurilmasi bo‘lgan stanoklarni ishlatish ko‘proq qulay bo‘ladi.
Gidrosupportli stanokda valning ishlash sxemasi, 12.3-rasmda keltirilgan.
Gidrosupport tokarlik stanogini ko‘ndalang supportining yo‘naltiruvchi qismiga
o‘rnatiladi.
Qo‘zg‘almas kopir 1 stanokni orqa tomoniga o‘rnatiladi, ishchi silindr 5 ikki
qismdan iborat bo‘lib, bu qismlar o‘zaro porshen korpusidagi teshik
orqali
bog‘lanib turadi. Stanok ishlab turganda suyuqlik (yog‘) nasos 4 orqali
gidrosupportning “A” qismiga uzatiladi. Agar porshenning ikkala qismida
gidrostatik kuchlarni ta’siridan bosim bir xil bo‘lsa, gidrosupport qo‘zgalmas
bo‘lib, bu holatda homashyoning silindrik shakl yuzasi ishlanadi. “B” bo‘shliqni
bak bilan bog‘lovchi kanalni 3 zolotnik bilan berkitilsa, suyuqlikni porshenga
bosimi bu bo‘shliqda ortadi, natijada silindr support bilan ishlanayotgan homashyo
markaziga tomon siljiydi. Agar zolotnik ochilsa, yog‘ “B” bo‘shliqdan bakka oqib
240
tushadi, bu bo‘shliqda suyuqlik bosimi kamayadi, natijada silindr support bilan
qarama-qarshi tomonga siljiydi.
Shunday qilib, zolotnik bilan boshqariladigan
gidrosupport qurilmasi keskich trayektoriyasini kerakli tomonga siljishini
ta’minlaydi.
Tashqi silindrik shakl yuzalarini frezerlash
- rotatsion frezerlash. Bu holatda
val homashyosiga aylanma surish harakati beriladi. Stanokning ikki shpindeliga
frezalar o‘rnatiladi, bu frezalar turli tomonlarga aylanadi. Homashyolar
aylanganda, ularni frezalar silindrik yuzalar bo‘yicha qirqib ishlaydi. Agar frezalar
bir xil bo‘lsa, homashyoni ishlash uning yarim aylanishida tugatiladi. Bu usul
yuqori ish unumdorligi bilan ajralib turadi.
Tashqi silindrik shakl yuzalarini protyajkalash (sidirish).
Bu
usulda
homashyo sekin aylanma harakat qiladi, protyajka esa to‘g‘ri chiziqli harakat
qiladi. Protyajkani har bir tishi (tangensial) urinma keskich sifatida ishlaydi.
Protyajka bilan ishlash kalta homashyo vallarining bo‘yinchasini qora va toza
yo‘nish bilan ishlash o‘rnini bosadi.
Tashqi silindrik shakl yuzalarini jilvirlash
- bu eng ko‘p ishlatiladigan
usuldir. Aviatsiya dvigatelsozligida vallar toblanadi va bo‘shatiladi,
xuddi
shuningdek ularga ximiyaviy - termik ishlov ham beriladi. Bunda ishlov berilgan
vallarning yuzalari yuqori qattiqlikka ega bo‘ladi. Bunday holatlarda val yuzalari
jilvirlab ishlanadi.
Tashqi silindrik shakl yuzalarini jilvirlashda juda kichkina qiytim qalinligi
olinadi.Qiytim qalinligi bir tomonga 0,2-0,5 mm qilib olinadi. Qiytimning
o‘lchami, oldingi bajarilgan operatsiyaning nuqsonlariga ya’ni yuza g‘adir-
budirligiga, nuqson qatlam qalinligiga va oldingi operatsiyadan hosil bo‘lgan
homashyo deformatsiyasiga bog‘liq.
Jilvirlash stanoklarida ishlanganda, kesuvchi
asbob sifatida abraziv
toshlardan va lentasimon jilvirlardan foydalaniladi. Ishlanuvchi materiallar
qattiqligiga qaraganda, jilvir materiallarning qattiqligi ancha yuqori bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda jilvir materiallar sifatida - donalar ko‘rinishida elektrokorunddan,
241
kremniy karbididan, bor karbididan,
sirkoniy karbididan, borsili karbididan,
borning kub nitrididan (elbor) va sintetik olmosdan foydalanilmoqda.
Standart abraziv toshlarida keramikali, bakelitli, vulkanitli, silikatli, grafitli
va metalli bog‘lovchilar ishlatiladi. Bularni ichida eng ko‘p ishlatiladigani
keramikali bog‘lovchidir. Uni o‘tga
chidamli loydan, dala shpatidan va kvarsdan
tayyorlanadi. Keramikali bog‘lovchini yutug‘i, uning suvga chidamliligi va katta
unumdorlikka egaligidir.
Metalli bog‘lovchilar volfram-kobaltli, temir-nikelli va mis-ruxli bo‘ladi.
Ulardan abraziv toshlarda, xuddi shuningdek olmos (krug) toshlardan ham
foydalaniladi. Olmos toshlari yuqori yeyilish turg‘unligiga va unumdorlikka
egadir. Jilvirlash asboblarining xususiyatini aniqlovchi
asosiy parametri uning
donalarini o‘lchamidir (GOST 3647-80). GOST 18118–79 da jilvir asboblarining
yettita qattiqlik sinfi ko‘zda tutilgan: yumshoq (M), o‘rtacha yumshoq (SM),
o‘rtacha (S), o‘rtacha qattiq (ST), qattiq (T), o‘ta qattiq( VT), haddan tashqari
qattiq (ChT).
Qattiq po‘latlarni jilvirlab ishlanganda yumshoq abraziv toshlardan
foydalaniladi, chunki abraziv toshning o‘tmaslashgan donachalari, bog‘lovchidan
oson yulinib chiqadi. Yumshoq po‘latlarni jilvirlab ishlaganda qattiq abraziv
toshlardan foydalaniladi, chunki ularning turg‘unligi yuqori bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: