231
“Qora” texnologik bazalarni sifatiga qo‘yiladigan talablarni alohida
e’tiborga olish zarur. Qiyaliklari kichiklashtiriladi (1÷2
0
);
quymalarning,
pokovkalarning ajralish tekisligi bo‘yicha siljishi va qiyshayishi ham eng kichik
bo‘lishi lozim; bu bazalarda yuqoridagilardan tashqari kuyundilar, qirovlar,
g‘ovakliklar va qolip aralashmasi qoldiqlari bo‘lishi kerak emas. Zagotovka
aniqligini oshirish va uning shakl o‘lchamlarini detal shakl o‘lchamlariga
yaqinlashtirish, mexanikaviy ishlash hajmini ancha kamaytiradi. Lekin,
ikkinchi
tomondan, zagotovka olishni murakkablashtiradi va tannarxini oshirib uni
qimmatlashtiradi.
Avtomatik tizimlarda zagotovkalarni ishlash texnologik jarayonini tuzish
uch bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqichda har bir yuza uchun ishlash usuli tanlanadi va talab
qilinayotgan yuza aniqligi va g‘adir-budirligiga qarab texnologik o‘tishlar soni
aniqlanadi. Har bir texnologik o‘tish uchun texnologik bazalar belgilanadi. Har bir
o‘tish uchun, dastlabki, iloji boricha eng katta qirqish rejimlari belgilanadi (qirqish
chuqurligi, surish va qirqish tezligi). Qirqish tezligi keskich chidamliligiga qarab
aniqlanadi. Dastlab keskich chidamligini 100-150 min ga teng qilib olsa bo‘ladi.
Tanlangan surish kattaligi va tezliklar qiymatlari
asosida texnologik vaqt, hamda
qirqish kuchi va quvvati hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda barcha texnologik o‘tishlarni bajarish ketma-ketligi
belgilanadi. Bunda zagotovkani burilishi sonini kamaytirishni ko‘zda tutilgan
bo‘lishi lozim. Tekis yuzalarni va katta diametrli teshiklarni qora ishlashni
texnologik jarayonning
boshida olib boriladi, chunki bularda ko‘p issiqlik chiqib
zagotovka qiziydi va zagotovkada qoldiq kuchlanishlarni taqsimlanishi ro‘y beradi.
Jarayon oxirlarida yuzalarni toza ishlash usullari belgilanadi.
Yordamchi o‘tishlar, zagotovkani nazorati va qirindidan tozalash avtomatli
tizimda ishlab turish davrida, asosiy texnologik o‘tishlardek ahamiyatga ega.
Ishlash davrida qirindi keskichga o‘ralib qolsa, keskich sinishi mumkin.
Parmalangan qirindi teshikda qirindi qolsa, u rezba
ochuvchi asbob metchikni
sindiradi.
232
Uchinchi bosqichda texnologik o‘tishlarni stanoklar va shpindel karobkalari
bo‘yicha
guruhlashtiriladi,
ish
holatlari
tayinlanadi,
qirqish
rejimlari
oydinlashtiriladi. Bir stanokda qora va toza ishlov berish tavsiya qilinmaydi.
Chunki, qora ishlash davridagi vibratsiya va deformatsiyalar toza ishlashdagi
yuzalar aniqligiga va g‘adir-budirliligiga ta’sir qiladi.
Shulardan keyin qirqish rejimi oydinlashtiriladi. Bunda avtomatik tizimni
mehnat unumi hisobga olinadi. Bu holda eng uzoq davom etadigan o‘tishning
asosiy texnologik vaqtini hisoblashni, vaqt t
o
bilan taqqoslash kerak.
Hisoblash
vaqti t
0
quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
(17.1)
bu yerda,
t
0
-
asosiy vaqt,
t
v
-yordamchi vaqt (dastlab 0,15÷0,4 min olinadi;
avtomatik tizimning sikliga bog‘liq holda);
F
d
-avtomatik tizimning yillik vaqt
fondi (rejali ta’mirlash vaqtini chiqarib tashlagan holda): ikki smena ishlanganda
F
d
-3725 soat; uch smena ishlaganda
F
d
-5465 soat,
N
-
mahsulot ishlab chiqarish
yillik dasturi;
K
0
-tizimni umumiy ishlatish koeffitsienti, dastlabki
K
0
=0,7-0,8 qilib
olish mumkin. Agar kuchlanish kallaklari 10 gacha bo‘lsa,
K
0
=0.85-0,9; agar 10-25
bo‘lsa,
K
0
=0.8-0,85 agar 25-40 bo‘lsa,
K
0
=0,7-0,8; agar 40 dan ortiq bo‘lsa,
K
0
=0,6-0,7,
t
s
-tizimning ish sikli vaqti;
t
d
-mahsulot chiqarishni haqiqiy takti,
min/dona.
Agar
t
1
0
<
t
0
bo‘lsa, barcha stanoklarda qirqish rejimlari shunday
pasaytiradiki, eng uzoq davom etadigan o‘tish vaqti, ya’ni hisob vaqtiga teng
bo‘lishi kerak. Qolgan o‘tishlarning vaqti
t
0
ning 90-95 % ni tashkil etadi.
Qirqish rejimini pasaytirishni qirqish
tezligidan boshlash lozim, chunki u
surishga nisbatan keskich turg‘unligiga ko‘p ta’sir qiladi. Qirqish rejimlarini uzul-
kesil avtomatik tizimning siklogrammasi tuzilib bo‘lgach va umumiy foydalanish
koeffitsiyenti K
o
hisoblangandan so‘ng tanlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: